maslikka olib keladi. Shu sababli, yarim o‘tkazgichlar uchun chiqish gacha bo‘lgan energetik masofaga teng deb hisoblanadi. Bu metallarda electron gazi quyidagi kimyoviy potensiallar bilan xarakterlanadi μ1 va μ2 . χ1 vа χ2 ga tengdir. Metallar d masofagacha yaqinlashtirilganda termoelektron emissiya hodisasiga asosan elektronlarning samarali o’zaro almashishi kuzatiladi.
Kontakt o’rnatilishi bilan, μ2 kimyoviy potensiali katta bo’lgan ikkinchi metalldan birinchi metallga elektronlarning o’tishi ustunlik qiladi.
Elektronlarning o’tishi sababli birinchi metallning μ1 kimyoviy potensiali orta boradi, elektronlarning ketishi oqibatida ikkinchi metallning μ2 kimyoviy potensiali pasaya boradi. Bu ikkala kimyoviy potensiallar bir xil balandliklarda bo’lganida elektronlarning bir metalldan ikkinchisiga oqishi to‘xtaydi va doimiy potentsiallar farqiga ega bo‘lgan dinamik muvozanqat o‘rnatiladi.
Bu potensiallar farqi tashqi kontakt potensiallar farqi deb ataladi.
χ 1 , χ 2 1- vа 2- metallning termodinamik chiqish ishlaridir.
tashqi kontakt potensiallar farqi kontaktda bo’lgan metallar chiqish ishlarining farqi hisobiga paydo bo’ladi: elektronlar chiqish ishi kam bo’lgan metalldan chiqish ishi katta bo’lgan metallga o’tadilar.
Хimiyaviy potensiallar sathlari tenglashgandan so‘ng, Fermi sathidagi elektronlar kinetik energiyalari har xil bo’ladi: 1 - metallda ЕF1 ga teng bo‘ladi , 2 – metallda esa ЕF2 ga teng bo‘ladi: (ЕF2 > ЕF1). Kontakt o‘rnatilgandan so‘ng, ichki kontakt potensiallar farqi xisobiga ikkinchi metalldan birinchi metallga elektronlarning diffuziyasi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |