Galvanik elementlarning xalq xo'jaligidagi o'rni Reja
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Galvanik elementlarning xalq xo\'jaligidagi o\'rni Reja
Galvanik elementlarning xalq xo'jaligidagi o'rni Reja: 1. Elektrod potensial haqida tushuncha. 2. Gazli elektrodlar. 3. Galvanik elementlar nazariyasi. 4. Elektroliz. 5. Faradey qonunlari. 6. Xulosa. 7. Foydalangan adabiyotlar. Elektr toki ta’sirida yoki o‘zi elektr toki hosil qilib boradigan ximiyaviy protsesslar elektroximiyaviy protsesslar deyiladi. Bunday protsesslarni ximiyaning elektroximiya bo‘limi o‘rganadi. A.V. Pisarjevskiy ta’limotiga ko‘ra metall suvga yoki shu metall ioni bilan bo‘lgan eritmaga tushirilsa, metall bilan suyuqlik chegarasida elektrod potensial hosil bo‘ladi, chunki metall sirtidagi ionlar suvning qutblangan molekulalariga tortiladi va metalldan suyuqlikka o‘ta boshlaydi va nixoyat muvozanat qaror topadi. Me ⇔ Mn n+ +ne Ionlarning suvga o‘tishi natijasida, metallda ortiqcha erkin elektronlar yig‘ilib koladi: metall manfiy zaryadlanadi, suyuqlik esa musbat zaryadlanadi. Metalldan eritmaga utib, gidratlangan ionlar metallga tortiladi va metall sirtiga yaqin joylashib kush elektr qavat hosil qiladi, natijada metall bilan eritma orasida potensiallar ayirmasi vujudga keladi. Bu qiymat metallning elektrod potensiali deb ataladi. Turli metallar suvga botirilganda vujudga keladigan potensiallarning qiymati turlicha bo‘ladi. Metall qancha aktiv bo‘lsa, uni kurshab turuvchi suv muhitiga shuncha ko‘p ion o‘tadi, natijada metall plastinkada paydo bo‘ladigan manfiy zaryadning qiymati yuqori bo‘ladi. Bu esa ayrim metallarning kristall panjaralarida kationlarning bir xil bog‘lanish energiyaga ega emasligi va bu kationlarning bir xilda gidratlanmasligi natijasidir. Bu erda kationlarning effektiv radiusi katta rol o‘ynaydi. Agar metall (masalan, Zn) o‘z tuzining (masalan, rux sulfat) eritmasiga tushirilsa, metall-suyuqlik sirtidagi muvozanat siljiydi va yangi potensiallar ayirmasi hosil bo‘ladi. Oddiy moddalarni qaytaruvchi-oksidlovchi xossasi o‘zgacha bo‘ladi. Elektrod potensiallar uchun eritmalardagi oddiy moddalar reaksiyada kristall panjaradagi atomlararo bog‘lanishni o‘zishga sarf bo‘lgan energiyani hamda ionlarni eritmaga o‘tishdagi gidratlanish energiyasini xisobga olish kerak. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling