Электродинамика к. P. Abduraxmanov
Download 1.91 Mb.
|
mm2-7аб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interferensiya manzarasini tirqishlar orasidagi masofaga bog‘liq o‘zgarishi
- Difraksiyaviy panjaraning aniqlash kuchi
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- 4. Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. 2004 USA ISBN-13 978-0-321-62592-2.
ЭЛЕКТРОДИНАМИКАК.P.Abduraxmanov,V.S.Xamidov, M.F.Raxmatullaeva7 – ma’ruza FIZIKA KAFEDRASI 2019 Optika Fizika II Ma’ruza rejasi
Yorug‘likning to‘siqlarni aylanib o‘tish hodisasi yorug‘likning difraksiyasi deb ataladi. Optikada bu hodisa yorug‘likni geometrik soya sohalariga kirishini bildiradi. Guygens prinspi Guygens prinsipiga asosan, to‘lqin yetib borgan ikki muhit chegarasidagi har bir nuqta ikkilamchi to‘lqinlar manbaiga aylanadi, manbani o‘rab oluvchi egri chiziq keyingi ondagi to‘lqin fronti holatini belgilaydi. Guygens – Frenel prinspi To‘lqin fronti sirtida yotgan barcha ikkilamchi manba’lar bir- biriga nisbatan kogerentdir. Fazoning istalgan nuqtasidagi to‘lqinlar amplituda va fazasi – bu ikkilamchi manba’lar nurlagan to‘lqinlar interferensiyasi natijasidir. Qandaydir S sirtda yotgan M nuqtadagi tebranishning natijaviy amplitudasini aniqlash uchun S sirtdagi barcha dS elementlaridan shu nuqtaga kelayotgan barcha tebranishlar amplitudasini topish zarur, keyin ularning amplituda va fazalarini hisobga olgan holda qo‘shish kerak. S sirtning barcha dS elementlari kogerent deb hisoblanadi. Еm dЕ1 dЕn dЕi Diagrammada Em vektor – S sirtadagi barcha dS elementlaridan М nuqtaga kelayotgan dE tebranishlar amplitudalarining vektor yig‘indisidan iborat natijaviy amplitudadir. Parallel yorug‘lik nurlarining dumaloq to‘siqda hosil qilgan dikraksiyaviy manzarasi Parallel yorug‘lik nurlari dastasining chiziqli to‘siqda hosil qilgan difraksiyaviy manzarasi to‘lqin uzunligi vа l to‘siq o‘lchamlari nisbati natijaviy to‘lqinning ko‘rinishini aniqlaydiTo‘siqlar o‘lchamlari 10–6–10–7 m tartibda bo‘lganda yorug‘lik to‘lqinlari difraksiyasini kuzatish mumkin. To‘siqlar o‘lchamlari to‘lqin uzunligi tartibida bo‘lganida, to‘siqlar ikkilamchi sferik to‘lqinlar manbaiga aylanadilar, yorug‘lik to‘siq orqasidagi soyani egallaydi va bu to‘lqinlarning interferensiyasi to‘siqlar orqasidagi jadallik taqsimoti manzarasini belgilaydi. Frenel sohalariS to‘lqin sirtini halqali sohalarga ajratamiz. Halqalarning o‘lchamlari xalqalar chegarasidan М nuqtagacha bo‘lgan masofa yarim to‘lqin uzunligiga farq qilish shartini qanoatlantirishi kerak. m – sohaning tashqi chegarasidan М nuqtagacha bo‘lgan masofa 1-, 2-, ... m –sohalardagi tebranishlar amplitudalari Natijaviy tebranish amplitudasi m - Frenel sohasidagi tebranish amplitudasi shu sohaga yondoshgan sohadagi tebranishlar amplitudalarining arifmetik yig‘indisiga teng М nuqtadi tebranishning natijaviy amplitudasi Barcha Frenel sohalarining yuzasi m - Frenel sohasining tashqi chegarasi radiusi To‘lqin frontining yo‘liga dumaloq teshikli ekran joylashtiramiz. Dumaloq teshikli ekran faqat Frenelning birinchi sohasini ochganda M nuqtadagi jadallik, to‘lqin sirtidagi sohalar to‘la ochilgandagiga nisbatan 4 marta katta bo‘ladi. Ikkinchi soha ochilishi boshlanishi bilan M nuqtadagi jadallik to‘la ochilgandagiga nisbatan kamaya boradi va ikkinchi soha to‘la ochilganda deyarli nolga teng bo‘ladi. Yig‘iladigan nurlar difraksiyasi (Frenel difraksiyasi) – to‘siqdan chegaralangan masofada sferik to‘lqinlarning difraksiya manzarasini kuzatish. Parallel nurlarning difraksiyasi Fraungofer difraksiyasi bo’lib, difraksiyani qo‘zg‘atuvchi to‘siqdan yorug‘lik manbai va kuzatish nuqtasi katta masofaga uzoqlashtirilganda kuzatiladi. Parallel nurlar – nuqtaviy yorug‘lik manbai yig‘uvchi linza fokusiga joylashtirilganda hosil bo‘ladi. To‘siqdan keyin o‘rnatilgan ikkinchi yig‘uvchi linza orqali ekranda difraksiyaviy manzara kuzatish uchun fokuslanadi Dumaloq teshikdagi Frenel difraksiyasi E ekranning В nuqtasida yorug‘lik amplitudasi: Toq Frenel sohalarining ochilganda “+” ishora bilan, juft soha ochilganda “-” ishora bilan belgilanadi Difraksiyaviy manzara B nuqta markazida takrorlanadigan yorug‘ va qorong‘I xalqalar ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Dumaloq diskdagi Frenel difraksiyasi E ekranning В nuqtasidagi yorug‘likning amplitudasi quyidagicha bo‘ladi В nuqtada doimo, birinchi ochilgan Frenel sohasi yarmining ta’siriga tegishli interferensiya maksimumi kuzatiladi. Markaziy maksimum atrofida konsentrik yorug‘ va qorong‘I xalqalar kuzatiladi Cheksiz uzun teshikdagi Fraungofer difraksiyasi. Frenel sohalari soni juft bo‘lganda Frenel sohalari soni toq bo‘lganda Difraksiya minimumini kuzatilishi sharti Difraksiya maksimumini kuzatish sharti Difraksiyaviy spektr Tirqish oq nur bilan yoritilganda markaziy maksimum oq yo‘l ko‘rinishda kuzatiladi. Yondoshgan maksimumlar rangbarang bo‘lib, difraksiya manzarasi markazida binafsha rangida bo‘ladi. Amplituda maksimal bo‘ladigan yo‘nalishlar Amplituda nolga teng bo‘ladigan yo‘nalishlar Difraksiya natijasida ekranda olinadigan jadalliklar taqsimoti dikraksiyaviy spektr deb ataladi. Difraksiyaviy panjarada Fraungofer difraksiyasi. Bir o‘lchamli difraksiyaviy panjara – bir tekislikda yotgan va bir xil qalinlikdagi tiniq bo‘lmagan oralqilar bilan bo‘lingan, teng qalinlikli parallel tirqishlardir. a —har bir tirqishning kengligi b—tirqishlar orasidagi tiniq bo‘lmagan sohalar kengligi No— birlik uzunlikka to‘g‘ri keluvchi tirqishlar soni N – tirqishlar soni Difraksiyaviy panjarada barcha tirqishlardan chiquvchi difraksiyalangan kogerent nurlar dastasining ko‘p nurli interferensiyasi amalga oshiriladi. Difraksiyaviy panjara doimiysi Asosiy maksimumlar kuzatiladigan shart Asosiy minimumlar kuzatiladigan shart Bosh maksimum amplitudasi har bir tirqishdan chiqayotgan tebranishlar amplitudalarining yig‘indisidir. Bosh maksimumning jadalligi shu yo‘nalishdagi bitta tirqish hosil qiladigan tebranish jadalligidan katta. To‘rtta tirqishdagi difraksiyaviy manzara (N=4) Difraksiyaviy panjara hosil qiladigan asosiy maksimumlar soni Qo‘shimcha mimumlar kuzatiladigan shart Interferensiya manzarasini tirqishlar orasidagi masofaga bog‘liq o‘zgarishiRentgen nurlarining difraksiyasi.Uch o‘lchovli, panjara doimiysiga ega bo‘lgan kristallar rentgen nurlanishi difraksiyasini kuzatish uchun qo‘llaniladi. -sirpanish burchagi Jadallik maksimumlari atomlar tekisligidan aks etgan, bir xil fazada bo‘lgan barcha to‘lqinlar yo‘nalishida kuzatiladi - Vulf-Bregg ifodasi Difraksiyaviy panjaraning aniqlash kuchi Difraksiyaviy panjaraning aniqlash kuchi deb o‘lchovsiz kattalikka aytiladi. Bu kattalik ikkita yonma-yon turgan spektral chiziqlarni alohida aniqlash imkoniyatini ko‘rsatadi. А) –ikkita chiziq alohida chiziqlar deb tasavvur qilinadi; Б) –ikkita chiziq bitta deb tasavvur qilinadi Difraksiyaviy panjaraning aniqlash kuchiDifraksiyaviy panjaraning aniqlash kuchiAgarda, bitta maksimum markazi, ikkinchisining markazidan taxminan d,eng kichik to‘lqin uzunligi masofasida joylashsa, bu holda spektral chiziqlar alohida aniqlangan hisoblanadilar. Difraksiyaviy panjara uchun aniqlash kuchi R = mN ga tengdir. Bu yerdaN tirqishlar soni, m – maksimum kuzatilish tartibi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik. Toshkent. 2018 y.2. К.П.Абдурахманов, Ў.Эгамов “Физика”. Дарслик. Тошкент. 2013 й.3. Q.P.Abduraxmanov, O’.Egamov. “FIZIKA”. Darslik. Toshkent. 2015 y.4. Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. 2004 USA ISBN-13 978-0-321-62592-2.5. Physics for Scientists and Engineers, Raymond A. Serway, John W. Jewett. 9th Edition, 2012.6. https://t.me/EstudyUzPEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR
Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling