Elektrodvigatellar Reja


Download 28.19 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi28.19 Kb.
#1500932
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektrodvigatellar. (2)


Elektrodvigatellar
Reja:

1.Elektrodvigatellarda ishlash.



2. Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllarda
ishlash.



Vodorod bilan to‘ldirilgan generator korpuslarida, quvurlarida va gaz-moy
apparatlari sistemasida o‘t yoqish bilan bajariladigan ishlarni bajarish man
qilinadi.
Generatorlar va gaz-moy sistemasi uskunalari yaqinida «Vodorod. Xavfli
yonuvchi!»
degan shiorlar osilgan bo‘lishi shart.
To‘xtatilgan generatorning gaz-moy sistemasidagi ta’mirlash ishlari
farmoyish bilan bajarilishi mumkin.. Elektroliz uskunalariga (EU) xizmat ko‘rsatishda vodorodni kislorod yoki
havo bilan aralashmasidan hosilbo‘ladigan portlovchi aralashma hosil bo‘lishiga
yo‘l qo‘ymaslik shart.
Vodorodni tozaligi 98,5 foizdan, kislorodniki esa 98 foizdan kam bo‘lmasligi
shart. Bosimni sozlash apparatining ko‘rgazma oynasida suyuqlik sathiko‘rinmasa,
elektrolizerlarni ishlatish man qilinadi.
Vodorod va kislorod sistemalari o‘rtasidagi bosimning maksimal farqi 1961,4 Pa
(200 mm, suv ustuni)-dan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Elektroliz uskunalarining apparat va quvurlarini (ressiverlardan tashqari)
ishga tushirilishidan oldin siqilgan azot bilan tozalanishi shart (GOST 8050-85, P
NAV). Ushbu apparatlarni karbonad angidrid gazi bilan tozalash man qilinadi.
EU resiverlari azot yoki karbonad angidrid gazi bilan tozalanishi mumkin (GOST
8050-85, oziq-ovqat yoki texnik navi).
Bir resiver yoki resiverlar gruppasini ichini ko‘zdan kechirish zarur bulganda,
ularni ichidagi vodorodni karbonad angidrid gazi yoki azot gazi yordamida
tozalash, boshqa ressiverlar gruppasidan ularni flansdan tashqariga chiqqan dumli
metall qopqoq yoki zulfin orqali metall zaglushkalar bilan hamda ochib-yopuvchi
uskunalardan ajratish va undan keyin esa bosim ostida toza havo berib tozalash
talab qilinadi.
Resiverlarni inert gazi, havo va vodorod bilan puflab tozalashda ulardagi
komponentlarning to‘yimi 8.1 jadvalda ko‘rsatilgan darajagacha etkazilishi zarur.
Agar 0,05 foiz uglerod oksidi bo‘lgan karbonad angidrid gazining texnik navidan
tozalash uchun foydalanilsa, uni karbonad angidrid gazining oziq-ovqat uchun
foydalaniladigan navidan alohida saqlash zarur.
Agar EU 4 soatdan ortiq o‘chirib qo‘yilsa, uning apparatlari va quvurlarini
azot bilan tozalash shart. Sistema 1-4 soat oralig‘ida uchib tursa uni vodorod yoki
kislorod bosimi (9,807-19,614) 103 Pa (0,1-0,2 kgs/sm2) ostida qoldirish mumkin.
Uskuna 1 soatgacha o‘chirilgan taqdirda apparatlarni nominal gaz bosimi ostida
qoldirish mumkin, bunda vodorod va kislorod bosimi farqini bildiruvchi bosim
regulyatorlaridagi signalizatsiya o‘chirilmasligi shart.
Agar elektrolizerni o‘chishi texnologik rejimni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lsa
elektrolizerdan elektrolitni surib chiqarib olish zarurati tug‘ilsa, u holda apparat va
quvurlarni azot bilan puflab tozalash shart.
Elektroliz uskunalaridagi qurilmalarni ochish bilan bog‘liq kavsharlash va
ta’mirlash ishlari bajarilganda, vodorodning yurish yo‘li bo‘yicha eng oxirgi
nuqtasidagi vodorod batamom chiqarilmaguncha elektroliz uskunalaridagi puflab
tozalashni davom ettirish zarur.
EU xonasida ochiq olov bilan ishlash, uskunani o‘chirgandan so‘ng,
xonadagi havoda vodorodni yo‘qligini tekshirgandan va xonani to‘xtovsiz
shamollatishni tashkil qilgandan keyingina bajarilishi mumkin.
Ta’mirlash uchun mo‘ljallangan uskunalar joylashgan xonadagi apparatlarda ochiq
olov bilan bog‘liq ishlarni bajarishda ushbu xonada joylashgan ishlab turgan
uskunalar quvurlarini ta’mirlashga chiqarilgan uskunalardan ajratilib, o‘sha yerga
(zaglushka) dumli qopqoq qo‘yish zarur.
Ochiq olov bilan ishlanadigan joy to‘siqlar bilan to‘silishi shart. Vodorod bilan
to‘ldirilgan apparatlarda ta’mirlash ishlarini olib borish man qilinadi.

Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling