Elektrodvigatellar Reja


Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllarda ishlash


Download 28.19 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi28.19 Kb.
#1500932
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektrodvigatellar. (2)

Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllarda ishlash
Uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda brigadani ishlashga
ijozat berishdan oldin:
- yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitgich va boshqalar) va
yuritmalarning kuch zanjirlari elektr tarmog‘idan o‘chirilishi shart.
- o‘chirgich baklari va havo yuboruvchi quvurlardagi zadvijkalar yopilishi va
ulardagi havo atmosferaga chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaruvchi probkalar
(klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart.
- o‘chirgichlarni elektr tarmog‘iga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar ishsiz
holatga keltirilishi shart.
- uzoqdan boshqariladigan kommugatsion apparatlarning kalitlariga
«YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!», yopilgan zadvijkalarga esa
«Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‘yilishi shart.
Kommutatsion apparatlarni sozlash va tartibga solish mobaynida sinab
ko‘rish uchun privodlarning yordamchi kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulash,
shuningdek o‘chirgichga va yuritmasiga havo yuborishga ruxsat beriladi. Bunda
«YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar
ishlamoqda!»
degan shiorlar olib qo‘yiladi.
Kommutatsion apparatlarni sinab ko‘rish uchun uzoqdan boshqarib yoqish va
o‘chirishni navbatchi xodim ruxsati bilan sozlash va tartibga solishni bajaruvchi
ishchi amalga oshirishi mumkin.
Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunalarida bunday ruxsatnoma talab
qilinmaydi.
Kommutatsion apparatlarning ishlashi sinab ko‘rilgandan keyin, navbatchi yoki
ishboshchi tarafidan ishni davom ettirish zarur bo‘lsa (apparatni uzoqdan
boshqarib o‘chirib yoqqan shaxslar uchun) 10.1.-banddagi talablar bajarilishi
shart.
Ishchi bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarga faqat sinash va sozlash
ishlari bajarilayotganda (dempferlar ishlashini tartibga solish, tebranish grafigini
olish, o‘lchov asboblarining simlarini ulash yoki bo‘shatib ajratish, havo
siljiyotgan joyni aniqlash va shunga o‘xshash ishlar uchun) ko‘tarilishga ruxsat
etiladi.
Ishchi bosim ostida turgan va havo bilan to‘ldiriladigan uzgichli o‘chirilgan havo
o‘chirgichlariga ko‘tarilish man qilinadi.
Havo o‘chirgichlarini nam o‘tkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish,
kam bosim ostida, zavod (korxona) yo‘riqnomasiga muvofiq bajarilishi zarur.
Sinash va sozlash uchun havo o‘chirgichlariga ko‘tarilishdan oldin:
- boshqaruv zanjirlarini o‘chirish;
- mahalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlari blokirovka qilinishi
(masalan, havo o‘tkazuvchi trubkalarni uzish, shkaflarni yopish va shunga
o‘xshash) yoki ishboshchi ko‘rsatmasiga asosan o‘chirgich bilan o‘chirishyoqishni bajaradigan aniq bir ishchini o‘chirgichda ishlashiga ijozat beruvchi
yo‘riqnoma olgan brigada a’zosini o‘chirgich oldiga qo‘yish zarur.
Bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarida odamlar bo‘lgan paytda boshqarish va
taqsimlovchi shkaflarda hamma ishlar to‘xtatilishi shart.
O‘chirgichlarni tekshirish, sozlash va sinash paytida o‘chirish va yoqish
vaqtida xodimlarni havo o‘chirgichlari yaqinida turishlari man qilinadi. Sinash va
sozlash ishlarini bajaruvchi ishboshchi (yoki u tomonidan tayinlangan brigada
a’zosi) havo o‘chirgichini ulash va o‘chirish uchun og‘zaki buyruqni, brigada
a’zolari o‘chirgich oldidan pana joyga yoki xavfsiz masofaga chiqarilgandan
keyingina, berishi shart.
Xodimlarni havo yig‘uvchi idishlar ichiga tushib bajarishi bilan bog‘liq
ishlarga ijozat berishda, quyidagilarga rioya qilish zarur:
- havo yuborilishi mumkin bo‘lgan quvurlarning zadvijkalari yopilib, kalit bilan
qulflanishi va zadvijkalarga «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar
osilishi kerak;
- havo yig‘uvchi idish ichidagi bosim ostida bo‘lgan havoni tashqariga chiqarilib,
havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart;
- havo yig‘uvchi idishdan havo yuboruvchi quvur ajratilishi va unga qopqoq
(zaglushka) qo‘yilishi shart.
Havo yig‘uvchi idishlar va o‘chirgich baklaridagi bosimni o‘lchovchi
manometrlarning nol ko‘rsatishi, ulardagi havo bosim ostida emasligini
bildirmaydi.


Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling