Elektrodvigatellar Reja
Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllarda ishlash
Download 28.19 Kb.
|
Elektrodvigatellar. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!»
- «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!»
- «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!
Kommutatsion apparatlar va komplekt taqsimlovchi uskunllarda ishlash
Uzoqdan boshqariladigan kommutatsion apparatlarda brigadani ishlashga ijozat berishdan oldin: - yordamchi elektr zanjirlari (boshqaruv, signalizatsiya, isitgich va boshqalar) va yuritmalarning kuch zanjirlari elektr tarmog‘idan o‘chirilishi shart. - o‘chirgich baklari va havo yuboruvchi quvurlardagi zadvijkalar yopilishi va ulardagi havo atmosferaga chiqarib yuborilishi, bunda havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart. - o‘chirgichlarni elektr tarmog‘iga ulovchi yuki yoki ulovchi prujinalar ishsiz holatga keltirilishi shart. - uzoqdan boshqariladigan kommugatsion apparatlarning kalitlariga «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!», yopilgan zadvijkalarga esa «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osib qo‘yilishi shart. Kommutatsion apparatlarni sozlash va tartibga solish mobaynida sinab ko‘rish uchun privodlarning yordamchi kuch zanjirlarini vaqtinchalik ulash, shuningdek o‘chirgichga va yuritmasiga havo yuborishga ruxsat beriladi. Bunda «YOqilmasin! Odamlar ishlamoqda!» va «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar olib qo‘yiladi. Kommutatsion apparatlarni sinab ko‘rish uchun uzoqdan boshqarib yoqish va o‘chirishni navbatchi xodim ruxsati bilan sozlash va tartibga solishni bajaruvchi ishchi amalga oshirishi mumkin. Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr uskunalarida bunday ruxsatnoma talab qilinmaydi. Kommutatsion apparatlarning ishlashi sinab ko‘rilgandan keyin, navbatchi yoki ishboshchi tarafidan ishni davom ettirish zarur bo‘lsa (apparatni uzoqdan boshqarib o‘chirib yoqqan shaxslar uchun) 10.1.-banddagi talablar bajarilishi shart. Ishchi bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarga faqat sinash va sozlash ishlari bajarilayotganda (dempferlar ishlashini tartibga solish, tebranish grafigini olish, o‘lchov asboblarining simlarini ulash yoki bo‘shatib ajratish, havo siljiyotgan joyni aniqlash va shunga o‘xshash ishlar uchun) ko‘tarilishga ruxsat etiladi. Ishchi bosim ostida turgan va havo bilan to‘ldiriladigan uzgichli o‘chirilgan havo o‘chirgichlariga ko‘tarilish man qilinadi. Havo o‘chirgichlarini nam o‘tkazmaslik qobiliyatini (zichligini) tekshirish, kam bosim ostida, zavod (korxona) yo‘riqnomasiga muvofiq bajarilishi zarur. Sinash va sozlash uchun havo o‘chirgichlariga ko‘tarilishdan oldin: - boshqaruv zanjirlarini o‘chirish; - mahalliy boshqaruv tugmachasi va ishga tushirish klapanlari blokirovka qilinishi (masalan, havo o‘tkazuvchi trubkalarni uzish, shkaflarni yopish va shunga o‘xshash) yoki ishboshchi ko‘rsatmasiga asosan o‘chirgich bilan o‘chirishyoqishni bajaradigan aniq bir ishchini o‘chirgichda ishlashiga ijozat beruvchi yo‘riqnoma olgan brigada a’zosini o‘chirgich oldiga qo‘yish zarur. Bosim ostida bo‘lgan havo o‘chirgichlarida odamlar bo‘lgan paytda boshqarish va taqsimlovchi shkaflarda hamma ishlar to‘xtatilishi shart. O‘chirgichlarni tekshirish, sozlash va sinash paytida o‘chirish va yoqish vaqtida xodimlarni havo o‘chirgichlari yaqinida turishlari man qilinadi. Sinash va sozlash ishlarini bajaruvchi ishboshchi (yoki u tomonidan tayinlangan brigada a’zosi) havo o‘chirgichini ulash va o‘chirish uchun og‘zaki buyruqni, brigada a’zolari o‘chirgich oldidan pana joyga yoki xavfsiz masofaga chiqarilgandan keyingina, berishi shart. Xodimlarni havo yig‘uvchi idishlar ichiga tushib bajarishi bilan bog‘liq ishlarga ijozat berishda, quyidagilarga rioya qilish zarur: - havo yuborilishi mumkin bo‘lgan quvurlarning zadvijkalari yopilib, kalit bilan qulflanishi va zadvijkalarga «Ochilmasin! Odamlar ishlamoqda!» degan shiorlar osilishi kerak; - havo yig‘uvchi idish ichidagi bosim ostida bo‘lgan havoni tashqariga chiqarilib, havo chiqaruvchi probkalar (klapanlar) ochiq holda qoldirilishi shart; - havo yig‘uvchi idishdan havo yuboruvchi quvur ajratilishi va unga qopqoq (zaglushka) qo‘yilishi shart. Havo yig‘uvchi idishlar va o‘chirgich baklaridagi bosimni o‘lchovchi manometrlarning nol ko‘rsatishi, ulardagi havo bosim ostida emasligini bildirmaydi. Download 28.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling