Elеktrоenеrgеtikaning rivojlanish tarixi Enеrgеtikaning uch хususiyatlari. Enеrgеtik ilm va uning uch yo'nalishi
Download 98.24 Kb.
|
Презентация2
Buyuk kashfiyotlar.
Daniyalik olim Ersted 1820 yilda studentlarga elektrga taaluqli turli tajribalar qilib ko’rsatadi. Ana shunday tajribalarning birida elektr zanjiriga kirgan utkazgich yonida tasodifan dengiz kompasining magnit strelkasi yonga og`ishini ko’radi. Studentlardan biri Ersteddan bu xodisaning sababi nimaligini so’radi. Olim xayron buldi, elektr toki bilan tajriba o’tkazayotganda kompasing nima keragi bor ekan deb o’yladi. Ersted zanjirni yana ulaganda, magnit strelkasi silkinib yana yonga og`di. Bu buyuk kashfiyot edi. Daniyalik olim bu kashfiyotni keyinchalik «Elektr konfliktining magnit strelkasiga ta’sir etishga doir tajribalar» degan kitobida bayon qildi. Ersted kashfiyotidan keyin elektr tarixida yangi davr boshlandi. Shu choqqacha butunlay ayrim –ayrim sohalar deb hisoblangan elektr va magnitizmning bir-biriga ko’p jixatdan yaqin ekanligi ma’lum buldi. Turli mamlakatlardagi olimlar bir qancha Yangi, ajoyib kashfiyotlar qildilar va katta tadqiqotlar o’tkazdilar. Fransto’z olimi Amper esa tokni jismlarning magnit xossalari vujudga keltiradi, degan xulosaga keldi. Solenoid degan narsani birinchi bo’lib Amper ixtiro etdi. Solenoid spiral shaklida buralib naycha shakliga kirgan sim o’ramlaridir. O’tkazgichdan tok o’tganda solenoid magnit xossalariga ega bo’lib, chinakam tabiy magnit kabi xosiyat ko’rsatdi.Amperning vatandoshi Arago esa Ersted tajribalaridan keyin juda muhim kashfiyot qildi. U oddiy temir bo’lagini elektr toki ta’sirida magnitga aylantirish mumkinligini topdi. Temirni magnitga aylantirmoq uchun unga izolyastiyali simni bir necha marta o’rash va elektromagnitdan tok o’tkazish kerak edi xolos. Ichida temir sterjeni bo’lgan sim g`altak ixtiro kilindi. Elektr toki, elektr energiyasi hosil qilish usullaridan birontasi ham hech qachon boshqa usullar o’rnini bosolmaydi. Bu usullardan har biri qulay va oson qo’llanilishi mumkin bo’lgan muayyan sharoitdagina yaxshi natija beradi. Eski usullarni takomillashtirish, yaxshilash, Yangi usullar topish shu tariqa xalq xo’jaligi ehtiyojlari,odam ehtiyoji uchun mumkin qadar ko’proq elektr «ishlab chiqarish» olmilar-elektriklar,muxandislari va ixtirochilari oldida turgan muhim vazifadir. Download 98.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling