Elеktrоenеrgеtikaning rivojlanish tarixi Enеrgеtikaning uch хususiyatlari. Enеrgеtik ilm va uning uch yo'nalishi
Download 98.24 Kb.
|
Презентация2
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELЕKTRОENЕRGЕTIKANING RIVOJLANISH TARIXI
- Mixail Vasilevich Lomonosov (
Mavzu: Kirish. elektrotexnika fanining rivojlanish boshqichlari Reja:
ELЕKTRОENЕRGЕTIKANING RIVOJLANISH TARIXI Elеktrоenеrgеtika jamiyatda, insоniyat хayotida muхim rоl o'ynaydigan tizim sifatida o'z ichiga atrоf muхitdagi kichik tizimlarva хalk хujaligidagi хar хil tarmоklarini kamrab оladi. Enеrgеtika yoki enеrgеtik tizim dеganda, хakikiy (tabiiy) vasun’iy insоn tоmоnidan yaratilgan va хar хil enеrgеtik zaхiralarni kazib оlish, kayta ishlash, taksimlash va ishlatish uchun biriktirilgan tizimlar birlashmasiga tushiniladi. Quyosh enеrgiyasi Odamzod bilimining har xil sohalari orasi shuncha yaqinki, u yoki bu fanning tarixi qaysi daqiqadan boshlanganligini ko’rsatib berish juda mushkul. Bundan 2600 yilcha muqaddam Grestiyada Fales degan filosof yashagan. Uning qizi bo’lgan:bu qiz yosh bo’lsa ham jun yigirishni bilar ekan. Otasi jun yigirish uchun qiziga finikiyalik ustalar yasagan qahrabo urchuq in’om qilibdi. Kunlardan-bir kuni qiz urchuqni suvga tushirib yuborib-di; Suvdan olinganidan keyin urchuqdagi suv tomchilarini egnidagi jun kiyimning bir chekkasi bilan arta boshlabdi, artib bo’lganidan keyin urchuqqa jun tolalari yopishib qolganini payqabdi. Urchuq hali ho’l bo’lsa kerak,deb uylab, uni yanada qattiqroq ishqalabdi, afsuski jun tolalari urchuqa battar yopishibdi. Bu xodisa qizga g`alati ko’rinibdi, otasiga yugurib borib, bu ajoyib hodisaning sababini aytib berishini so’rabdi. Fales qizining aytganlarini eshitib, hayratda qolibdi va chinakam filosof bo’lgani uchun qizining qilganini darhol takrorlabdi va hodisani tekshira boshlabdi. Tajribada qizining so’zlari tasdiqlanibdi.Shu voqeadan keyin Fales qaxrabodan yasalgan boshqa urchuq, doira va tayoqlarni ham jun bilan ishqalab ko’rgan ekan, natija takrorlanibdi, qaxrabo grekcha so’z bo’lib,«elektron» degan ma’noni bildiradi.Shunday qilib, jismlar-ning elektrlanish sababi -ishqalanish, deb aytilishi juda tug`ri.So’ngra ikki xil elektr borligi ma’lum bo’ldi: biri-ishqalash natijasida shishada,qimmatbaho toshlarda, junda vujudga keladigan «shisha elektri» va ikkinchisi - smolada,qaxraboda, ipakda hosil bo’ladigan «smola elektri». Elektr zaryadlari yangidan hosil bo’lmaydi va yo’qolmaydi, ular bir jismdan ikkinchi jismga o’tishi yoki shu jism ichida siljishi mumkin- bu qonun elektr haqidagi ta’limotning asosi hisoblanadi. Elektr va ximiyaviy xodisalarning bir-biriga bog`liqligi xaqidagi tasavvur XVIII asrga oiddir. M.V.Lomonosov 1756 yili o’zining matematik usul asosida tuzilgan elektr nazariyasida ximiyasiz elektr g`oyalarini anglash mumkin emasligini ta’kidlangan edi.XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib elektr zaryadlarini hosil bo’lishi va momaqoldiroqdagi elektr zaryadlari haqida qator tekshi-rishlar o’tkazildi. Rus olimi Mixail Vasilevich Lomonosov ( 8 dekabr 1711y-15aprel 1765y) – rus olimi, enstiklopedist, Peterburg Fanlar akademiyasining akademigi(1745.) U Arxan-gelsk guberniyasining Dvinsk uezdida Mishchaninskaya qishlog`ida tug`ilgan.Moskvadagi Slavyangrek-latin akademiyasida(1731-1735),Peterburg Fanlar akademiyasi qoshidagi universitetda (1735-1736- 8 oy) o’qib metallurgiya va tog` ishini o’rganish uchun Germaniyaga komandirovkaga boradi (1736-1741) va u erdan qaytganidan so’ng fizika Fani bo’yicha adyunkt qilib tayinlandi. Mixail Vasilevich elektr hodisalarni o’rganish sohasida ham samarali ish qilgan. U o’zining eng yaqin safdoshi akademik G.V.Rixman bilan birgalikda Rossiyada birinchi bo’lib, (1745) elektr hodisalarni o’rganuvchi olim sifatida atmosfera elektri bilan dadil va xavfli tajribalar o’tkaza boshladi. Tomga o’rnatilgan shpil yordamida chaqmoq elektrini sim orqali bino ichidagi «chaqmoq mashinasiga» va asboblarga tushirildi. 1753 yil oxirida Lomonosov fanlar akademiyasida «Elektr kuchidan havoda sodir bo’ladigan hodisalar haqida so’z» degan ajoyib asari bilan chiqdi; bu asarida u,chaqmoqning sababini to’g`ri tushintirib berdi hamda atmosfera elektrining va ishqalanish elektrining mohiyati bir ekanligini aniqladi. Bu ishlar elektr va ximiyaviy hodisalar bir-biriga bog`liqligini isbotladi. Lekin o’sha davrda elektr toki manbai yo’qligi muammolarni to’liq tekshirishga imkon bermagan edi. XIX asrga kelib bu orzu ro’yobga chiqdi. Download 98.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling