Elektrokimyoviy jarayonlar elektrokimyoviy reaksiyalar va uning ochilish tarixi


Suvli eritmalar va suyuqlanmalar elektrolizining nazariy asoslari


Download 57.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi57.45 Kb.
#1833253
1   2   3
Bog'liq
Elektrokimyoviy jarayonlar elektrokimyoviy reaksiyalar va uning

Suvli eritmalar va suyuqlanmalar elektrolizining nazariy asoslari 
Elektroliz deb, elektrolit eritmasidan o'zgarmas elektr toki o'tganda sodir 
bo'ladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyasiga aytiladi. Bunda elektrolitlar 
parchalanib elektrodlarda mahsulotga aylanadi. Elektrodlarda elektr tokining paydo 
bo'lishi bilan (tok manbaiga ulangach) elektrolitlar parchalanib, kation va anionlar 
hosil qiladi. Kationlar katodga (elektronlar manbayiga), anionlar esa anodga harakat 
qiladi. Kationlar katodga borgach elektron olib, anionlar esa anodga kelgach elektron 
berib zaryadsizlanadilar. Natijada elektrodlarda gazsimon, suyuq yoki qattiq neytral 
moddalar hosil bo'ladi. Bunda elektrolitning ionlarga ajramay qolgan boshqa 
molekulalari ham dissotsiyalanadi. Natijada ionlarning zaryadsizlanishidan buzilgan 
muvozanat qayta tiklanadi. Agar anod elektrolitda eriydigan metalldan yasalgan bo'lsa, 
u holda anodning erib eritmaga o'tishi hisobiga muvozanat tiklanadi (metall ionlari — 
kationlar hosil bo'lishi hisobiga). Elektrolitlarda odatda turli xil ionlar bo'ladi. Ulardan 
qaysi birining elektrod potensiali kichik bo'lsa o'sha ion birinchi bo'lib zaryadsizlanadi. 


Ionlarning ketma-ket navbat bilan zaryadsizlanishi fizik-kimyoviy qonunlar asosida 
aniqlanadi. 
Amaliyotda elektroliz mahsulotlarining elektrodlarda ajralish tartibi, nafaqat 
normal elektrod potensiallarining qiymati bilan, balki elektrolizni o'tkazish 
sharoitlariga: 
elektrodlarning 
qanday 
materialdan 
qilinganligiga, 
elektrolit 
konsentratsiyasiga, aralashtirishning intensivligiga, muhit harorati va boshqalarga 
bog'liq bo'ladi. Texnologik sharoitni tanlash bilan elektrolizda ionlarning 
zaryadsizlanish tartibini o'zgartirish mumkin. Masalan, ba'zi elektrodlarda ionlar 
zaryadsizlanishining ketma-ketligini o'ta kuchlanish hodisasidan foydalanish orqali 
boshqarish mumkin. 
Yengil metallar (litiy, kaliy, natriy, magniy, aluminiy) va ba'zi og'ir metallarni 
(xrom, tantal, qo'rg'oshin) birikmalarining suvdagi eritmalarini elektroliz qilish yo'li 
bilan metall olib bo'lmaydi, chunki ularning elektrod potensiallari vodorodga nisbatan 
manfiyroqdir, shuning uchun ham elektrodlarda metall emas, balki faqat vodorod 
ajralib chiqadi. Bunday metallarni faqat ular birikmalarini (tuzlari, oksidlari yoki 
gidroksidlari) suyuqlanmalarini elektektroliz qilish yo'li bilan olish mumkin (chunki 
suyuqlanmada vodorod ioni bo'lmaydi). Suyuqlanmalar elektrolizi ham eritma 
elektrolizi qonunlariga asoslanadi, ammo ayrim o'ziga xos tomonlari bilan farq qiladi 
(masalan, bunda harorat yuqori —1400° С gacha bo'ladi, erituvchi ionlari bo'lmaydi). 
Elektroliz nazariyasi Faradey qonuniga asoslangan (1833-yil) va bu qonun bo'yicha 
elektroliz vaqtida elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning miqdori, eritmadan o'tgan 
elektr miqdoriga to'g'ri proporsionaldir (1-qonuni). Bir nechta elektrolit eritmasi orqali 
teng miqdorlarda elektr o'tkazilganda elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning 
og'irlik miqdorlari ayni moddalarning kimyoviy ekvivalentiga proporsional bo'ladi 
(2-qonuni). 
Faradeyning ikkinchi qonuniga ko'ra har qanday moddaning bir ekvivalentini 
ajratib chiqarish uchun teng miqdor elektr talab qilinada va bu elektr miqdori Faradey 
soni deyilib, u 96500 kulonga teng. Elektrolizning asosiy texnologik ko'rsatkichi va elektr 
energiyasidan ratsional foydalanish kategoriyasi quyidagichadir: tok bo'yicha unum, 
energiyadan foydalanish darajasi, energiya bo'yicha sarfiyot koeffitsiyenti, elektrolizga 


berilgan kuchlanish va boshqlardir. 


bilan va demak, elektroliz mahsulotlarining, ayniqsa metallarning tannarxini yuqoriligi 
bilan xarakterlanadi. 

Download 57.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling