Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri va kislorodning ajralishini kuzatish Darsning maqsadi
Download 14.59 Kb. Pdf ko'rish
|
25-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot
- Ishni bajarish tartibi
- 24-rasm.
- Kerakli asbob va reaktivlar
25-LABORATORIYA ISHI Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri va kislorodning ajralishini kuzatish Darsning maqsadi: Fotosintez intensivligiga yorug‘lik kuchining ta’siri o’rganish va kislorodning ajralishini kuzatish. Umumiy ma’lumot: Yorug’lik fotosintez prosessining kechishi uchun muhim ahamiyatga ega. Turli o’simliklarning yorug’likka bo’lgan talabi turlichadir. yorug’sevar g’o’zaning yorug’likka talabi ayniqsa shonalanishi va gullash davrida ortsa, soyaparvar o’simlik samshit hatto yorug’likning 1/100 qismi bo’lsa ham o’saveradi, chunki bunday o’simliklarda xlorofill miqdori ko’p bo’ladi va ozgina tushgan yorug’likni ham ushlab qoladi. 23-rasm. Fotosintezning nisbiy tezligini spektrial tahlili Fotosintez tezligiga yorug`lik kuchining ta’siri Kerakli asbob va reaktivlar: Elodeya o’simligi, NaHCO 3 tuzi, 200-300 ml hajmdagi ximiyaviy stakan, qaynatilgan suv, shisha tayoqcha, 200-500 vattli elektr lampa, chizg’ich, pichoq, qaychi, sekundomer, ip. Ishni bajarish tartibi: Bu ishni bajarish uchun suv o’simliklaridan Elodeyaning zararlanmagan poyasi olinadi va ichimlik sodasi bilan boyitilgan sovuq suvga solinib, uning uchki qismi kesiladi. Olingan novdaning suv betiga ko’tarilib chiqmasligi uchun u shisha tayoqchaga bog’lab tushiriladi. O’simlik yorug’likka qoyilishi bilan poyaning kesilgan qismidan po’fakchalar ajralib chiqa boshlaydi. Yorug’lik darajasining fotosintez tezligiga ta’sirini o’rganish uchun stakandagi elodeyani yorug’lik manbaidan turli (40, 80, 120 sm) masofalarga joylashtiriladi va ma’lum vaqt oralig’ida ajralib chiqayotgan po’fakchalar sanaladi. Agar yorug’lik manbai sifatida foydalanilayotgan elektr lampasi 200-300 vattli bo’lsa, masofa oralig’i 40-50 mm bo’lishi kerak. Har bir masofa oralig’ida ajralib chiqayotgan pufakchalar soni daftarga yoziladi, so’ngra esa olingan natijalar asosida xulosa qilinadi. 24-rasm. Fotosintez jadalligiga yorug‘lik kuchining ta’sirini kuzatish tajribasi Fotosintez jarayonida kislorod ajralib chiqishini aniqlash O’simliklar fotosintez jarayonida karbonat angidridni yutib kislorod ajralib chiqaradi. Bu jarayon tabiatda moddalar almashinuv jarayonini muvofiqlashtirib turadi. Quruqlikda va suvda yashovchi o’simliklar bu jarayonni bir xilda amalga oshiradilar.Tajribada kislorodni ajralib chiqishini suv muhitida o’suvchi elodiya o’simligida aniqlash ancha qulay hisoblanadi. Chunki suvli muhitda gaz ajralib chiqayotganda pufakchalar hosil bo’ladi. Ajradib chiqqan pufakchalar hisobiga kislorod ajralib chiqayotganiga xulosa qilish mumkin. Kerakli asbob va reaktivlar: Elodiya (suv o’simligi) katta banka, shisha voronka, probirka, gugurt. Ishni bajarish tartibi: Mashg’ulotni bajarish uchun bankaga suv qoyiladi va ichiga elodiya o’simligi poyasidan bir nechta kesib olib, kesik tomonini yuqoriga qilib joylashtiriladi. Suv ichida poyaning kesigi yangilanadi. Shisha voronkani bankadagi suv o’simligi ustiga tushiriladi. Bunda voronka uchi ham suvga botib turishi kerak. Suvga ozgina choy sodasi (NaHCO 3 ) solib, karbonat angidridga boyitiladi. Probirkaga yaxshilab suv to’latib, bosh barmoq bilan yopib suv ichida voronka uchiga kiygizamiz (25- rasm.) Bu vaqtda poyaning kesilgan joyidan kislorod pufakcha shaklida ajralib chiqib, probirkaga yig’ila boshlaydi. Probirka gazga to’lgandan keyin uni ehtiyotlik bilan olib og’ziga cho’g’ yoki gugurt cho’pi tushirilsa, kislorod ta’sirida yonib ketadi. 25-rasm. Yashil o‘simliklardan yorug‘likda kislorod ajralib chiqishi Download 14.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling