Elektr kimyoviy bo'g'inning ikkinchi turi - Konsentratsion qutblanish elektrod sirtida qaytarilish (oksidlanish) reaksiyasi tezligining katta bo'lishi natijasida elektrod yaqinidagi qaytariluvchi (oksidlanuvchi) moddalar konsentratsiyasining eritmadagi konsentratsiyasiga nisbatan farqlanishi natijasida ham yuzaga keladi.
- Elektr kimyoviy bo'g'inning ikkinchi turi (sxemalari tegishli boblarda keltirilgan) yordamida eritmada sodir boiadigan kimyoviy reaksiya natijasida yuzaga keladigan o'zgarishlami qayd qilish va oichash uchun eritmaga kamida ikkita elektrod tushiriladi. Ulardan biri indikator (ishchi, qutblangan) va ikkinchisi taqqoslash (potensiali solishtiriladigan, qutblanmagan, yordamchi) elektrodlardir. Indikator elektrod sifatida qattiq yoki suyuq metall elektrod, grafit yoxud ion selektiv elektrod, oksid elektrod va boshqalar ishlatiladi. Taqqoslash elektrodi sifatida normal vodorod, to'yingan kalomel, kumush xloridli, talliy xloridli, merkur-yodid
- va boshqa elektrodlar, shuningdek, sirt yuzasi katta bo'lgan turli xil metall elektrodlar ishlatiladi.
- Ikkinchi tur elektrodlar ikki xil bo'ladi:
- 1) o‘zining kam eruvchan tuzi bilan qoplangan, tarkibida boshqa metallning shu kam eruvchan tuz bilan bir ismli anioni bo'lgan metall elektrod. Bunga misol qilib, kumush xloridli (Ag/AgCl, KCl), kalomel (Hg/Hg2Cl2, KCl) va boshqa taqqoslash elektrodlarini keltirish mumkin;
- 2) gaz elektrodlar: xlor - xlorid (Pt, Cl/HCl), kislorod (Pt,O2 /KOH) va boshqalar. Ikkinchi tur elektrodlaming birinchi toifasiga kiruvchilari taqqoslash elektrodlari sifatida va tahliliy kim yoda anionlarni aniqlash uchun, ikkinchi toifasiga kiradiganlari esa erigan gazlarning konsentratsiyasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bir xil anionga ega bo'lgan, ikki kationdan biriga nisbatan qaytar elektrodlar uchinchi tur elektrodlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |