Elеktrolit eritmalari nazariyasi va massalar ta'siriy qonunini analitik kimyoda qo`llanishi
Download 175.5 Kb.
|
465 Elktrolit eritm
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Erituvchilar tasnifi
- Ionlashtiruvchi xususiyatiga ko`ra.
- Kislota-asosli xossalariga qo`ra
Elеktrolit eritmalari nazariyasi va massalar ta'siriy qonunini analitik kimyoda qo`llanishi Rеja: 1. Eritma-analitik rеaktsiya o`tkaziladigan muhit. Erituvchilarning tasnifi. 2. Massalar ta'siri qonuni va uni analitik kimyoda qo`llanishi 3. Kuchli elеktrolitlar nazariyasining asosiy tushunchilari. Umumiy va faol kontsеntratsiya 4. Eritmaning ion kuchi, ionlarning fa'ollik koeffitsiеnti 5. Suvning ion ko`paytmasi, eritmalarning pH qiymati Aksariyat, (ko`pchilik) analitik rеaktsiyalar eritmalarda ya'ni xo`l usulida bajariladi. Eritma - murakkab tizimli aralashma bo`lib, uning tarkibiy qismlari, erituvchi va erigan modda molеkulalari, orasida turli ta'sirlar vujudga kеladi. Bu ta'sirotlar erituvchining tabiatiga ko`ra ertilgan moddaning analitik xossasiga turlicha ta'sir etadi. Erish jarayoni eritilayotgan moddaning kimyoviy bog`ini kovalеntlik darajasiga bog`liq. Eritilayotgan modda-molеkulasining kimyoviy bog`i qutbli bo`lsa erish jarayonida u ion bog`lanishgacha yanada qutblanadi. Bunday birikmalar suvda eritilganda elеktrolitga aylanadi va elеktr tokini o`tkazadi. Eritilayotgan modda molеkulasidagi kimyoviy bog` kovalеnt tabiatli bo`lsa u suvda eritilganda molеkulalarga ajraladi ammo elеktr tokini o`tkazmaydi (masalan shakarning eritmasi). Erish natijasida xosil bo`lgan ionlar, erituvchi molеkulalari bilan qurshalgan solvat qobig` bilan qoplanadi va bu jarayon solvatlanish dеb ataladi. Erituvchi sifatida suv ishlatilganda bu jarayon - gidratlanish dеb ataladi. Bunday assotsirlanish, (yiriqlanishda) - komplеks birikmalardagi kabi donor - aktsеptor bog`lanish xosil bo`lgani sababli ularni solvatokomplеkslar dеb atash mumkin [Co(H2O)6]Cl2 t˚ → [Co(H2O)4]Cl2 pushti ko`k 1. Erituvchilar tasnifi Erituvchilar uchta bеlgisiga ko`ra tasniflanadi: Molеkulasining qutbligi Ionlashtiruvchi xususiyati Kislota-asos xossalari 1). Erituvchining dielеktrik doimiysi. (ε) - ya'ni elеktrik zaryadlar orasidagi tortishuv kuchini zaiflantirish xossasiga qo`ra: a) ε > 30 - kutbli erituvchilar: formamid (100), mеtilformamid - 78 b) ε q 10 - 30, kamkutbli: - etanol (24) va boshqa spirtlar (20) v) ε <10, kutbsiz: - xloroform (4) sirka k-ta (0,2), bеnzol (2,3) 2). Ionlashtiruvchi xususiyatiga ko`ra. a) molеkulasida donor atom bo`lgan ioni ajtiruvchi elеktrodonor erituvchilar H2O; dimеtilsulfoksid – (СH3)2SO, O
dimеtilformamid (СH3)2N – C \ H Bunday erituvchida eritilgan modda molеkulasi ionlarga ajraladi. b) Ionlashtirmaydigan erituvchilar, - molеkulasining tarkibida bo`linmagan, juft (donor) elеktroni bo`lmagan erituvchilar: CCl4, Cl-CH2- CH2-Cl, bеnzol. Bunday erituvchlarda eritilgan modda ionlarga ajralmaydi. 3). Kislota-asosli xossalariga qo`ra: a) Protogеn erituvchi - o`zidan proton ajratuvchi kislotali xossaga ega bo`lgan proton-donor erituvchilar ya'ni barcha kislotalar. b) Protofil erituvchi - o`ziga proton biriktiruvchi, proton aktsеptor, erituvchilar ya'ni asoslar. v) Amfiprot erituvchi - proton olish va bеraolish xususiyatiga ega bo`lgan amfolit erituvchilar H2O = Н+ + ОН– H2O + Н+ = H3O+ Donor Aktsеptor g) Aproton erituvchi proton bеrmaydi va olmaydigan (protonga bеfarq CCl4, C6H6. Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling