Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги
Suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi
Download 333.49 Kb.
|
Elektr o\'tkazuvchanlik asosidagi o\'lchash usuli
- Bu sahifa navigatsiya:
- HCl ning turli erituvchilardagi eritmasining elektr o’tkazuvchanligi, T=293 K.
- Adabiyotlar
Suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi
Elektr o’tkazuvchanlik suvsiz eritmalarda xam kuzatiladi. Ulardagi o’tkazuvchanlik xam ionlar harakatchanligi va kontsentratsiyaga bog’liq. Biroq suvsiz eritmalarda elektr o’tkazuvchanlik patsroq bo’ladi (ammiak va eritmalari bundan mustasno). Suv eritmalarda moddalarning dissotsiatsiyalanish darajasi kichik. SHu tufayli elektr o’tkazuvchanlik past. Suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi D.I.Mendeleev (1878-1882), I.A.Kablukov (1889), Valden va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Kablukov urush yillarida Toshkentda yashagan. U suvsiz eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi erituvchining dielektrik doimiyligiga bog’liqligini ilk bor kuzatdi. Uning tajribasi natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan. HCl ning turli erituvchilardagi eritmasining elektr o’tkazuvchanligi, T=293 K.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, erituvchining dielektrik doimiyligi pasayishi bilan elektr o’tqazuvchanlik ham pasayadi. Barcha erituvchilarga qaraganda suv eng katta dielektrik qiymatiga ega. U juda yaxshi ionlashtiriruvchi erituvchidir. Elektr o’tqazuvchanlik erituvchi qovushqoqligiga xam bog’liq. Qovushqoqlik katta bo’lsa ionlar harakatchanligi kichik elektr o’tqazuvchanlik xam past bo’ladi. Bu xulosa Valden ishlarida o’z aksini topdi; u bog’likni topdi. YA’ni cheksiz suyultirilgandagi ekvivalent elektr o’tqazuvchanlikning erituvchi qovushqoqligiga bo’lgan nisbati doimiy sondir. Binobarin, qovushqoqlik ortsa, elektr o’tqazuvchanlik pasayadi. Kcf Valden yana bir qonuniyatni ochdi. Uning fikricha suyultirish (eritma uchun) va erituvchining dielektrik doimiyligi orasida quyidagi bog’liqlik mavjud: Bu tenglama orqali, bir xil moddaning elektr o’tqazuvchanligi turli erituvchida bir xil bo’lishi uchun, moddani qancha suyultirish lozimligi hisoblash mumkin. Masalan, 0,01 M HCl ning suvdagi eritmasi bo’lsin; T=291 K, . Valden tenglamasiga qo’ysak: . Endi HCl ni metanolda eritib, xuddi suvdagiga o’xshash elektr o’tqazuvchanlik olish uchun: Bu bir xil elektr o’tqazuvchanlik olish uchun 0,01 M HCl ni 100 l suvda eritsak, metanolli eritma 1000 l bo’lishi kerak. Adabiyotlar: Kireev V.A. «Kratkiy kurs fizicheskoy ximii», M., 1978 y., 400-408 betlar. Raximov X.R. «Fizikaviy va kolloid ximiya», Toshkent, 1978 y., 187-199 betlar. Kubasov V.L., Zaretsskiy S.A. «Osnovы elektroximii», M., Izd. «Ximiya», 1976 y., 12-33 betlar. Evstratova K.M. va boshqalar «Fizicheskaya i kolloidnaya ximiya». - M. «Vыsshaya shkola», 1990 y., 139-160 betlar. Download 333.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling