Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги


IV. NATIYJALARNI TAHLIL QILISH


Download 172.05 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi172.05 Kb.
#1574087
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishı 12

IV. NATIYJALARNI TAHLIL QILISH
Elektr o’tqazuvchanlik erituvchi qovushqoqligiga xam bog’liq. Qovushqoqlik katta bo’lsa ionlar harakatchanligi kichik elektr o’tqazuvchanlik xam past bo’ladi. Bu xulosa Valden ishlarida o’z aksini topdi; u bog’likni topdi. YA’ni cheksiz suyultirilgandagi ekvivalent elektr o’tqazuvchanlikning erituvchi qovushqoqligiga bo’lgan nisbati doimiy sondir. Binobarin, qovushqoqlik ortsa, elektr o’tqazuvchanlik pasayadi. Kcf
Valden yana bir qonuniyatni ochdi. Uning fikricha suyultirish (eritma uchun) va erituvchining dielektrik doimiyligi orasida quyidagi bog’liqlik mavjud:

Bu tenglama orqali, bir xil moddaning elektr o’tqazuvchanligi turli erituvchida bir xil bo’lishi uchun, moddani qancha suyultirish lozimligi hisoblash mumkin.
Masalan, 0,01 M HCl ning suvdagi eritmasi bo’lsin; T=291 K, . Valden tenglamasiga qo’ysak:

.
Endi HCl ni metanolda eritib, xuddi suvdagiga o’xshash elektr o’tqazuvchanlik olish uchun:

Bu bir xil elektr o’tqazuvchanlik olish uchun 0,01 M HCl ni 100 l suvda eritsak, metanolli eritma 1000 l bo’lishi kerak.Elektroliz usuli bilan eritma g. ekv modda ajratib olish yoki uni o’zgartirish uchun bir Faradey elektr sarflash kerak. Zanjir orqali o’tgan elektr miqdorini aniq o’lchash metodi Faradey qonuniga asoslangan. Bunday o’lchashlar uchun kumushli, misli, ionli va boshqa kulonometrlar ishlatiladi. Bu asboblarda elektroliz mahsulotlari tortiladi, titrlanadi. Yoki uning hajmi o’lchanadi. Elektroliz mahsulotlarining miqdori ma’lum bo’lgach sarflangan elektr miqdori oson topiladi. Elektroliz sanoatida juda ko’p jarayonlarda ayniqsa, kimyo sanoatida keng qo’llaniladi. Suyuqlantirilgan kriolit Na3AlF6 dan alyuminiy olish suyuqlantirilgan MgCl2 ni elektroliz qilib, magniy olish misni qo’shimchalardan tozalash, ishqor va tuz eritmalarini elektroliz qilib toza vodorod vodorod olish va boshqalar. Bundan tashqari buyumlarni sirtiga boshqa metallar ya’ni xromlash, nikellash kadmiylash kabi ishlar ham elektrolitik usulda bajariladi.


XULOSA

Xulosa qilib aytganda, eritmalarning elektr otkazuvchanligini aniqlash turli shakldagi idishlarda olib boriladi. Elektr tokini yomon otkazadigan eritmalar uchun elektrodlar sathi katta bolib, ular bir-biri yaqin joylashtirilishi kerak. Yaxshi otkazgichlar uchun esa, aksincha, elektrodlar sathi kichik va elektrodlar orasi uzoq bolgan idishlar qollangani maqul.


Shunday qilib, yuqorida aytilgan solishtirma elektr otkazuvchanligini olchash uchun idish tayyorlash qiyin. Elektr otkazuvchanlik - elektr tokiga bolgan qarshilikka teskari qiymatdir. SHuning uchun elektr otkazuvchanlikni olchash lozim bolsa, elektr tokiga bolgan qarshilik olchanadi.
Solishtirma elektr otkazuvchanlik - bu uzunligi 1sm, kondalang kesimi yuzasi 1sm2 bolgan moddaning elektr otkazuvchanligidir.Elektr o’tqazuvchanlik fizik-kimyoviy tahlil usullarida, bemorlarga tashxis qo’yishda, eritmalarning kontsentratsiyasini aniqlashda, moddalarning tozaligini bilishda katta ahamiyat kasb etadi.

Download 172.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling