Электролит эритмаларнинг электр eтказувчанлиги
Download 172,05 Kb.
|
Kurs ishı 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.1.Elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi
Kurs ishining maqsadi: Elektr otkazuvchanlik - elektr tokiga bolgan qarshilikka teskari qiymatdir. SHuning uchun elektr otkazuvchanlikni olchash lozim bolsa, elektr tokiga bolgan qarshilik olchanadi. Elektr otkazuvchanlik suvsiz eritmalarda xam kuzatiladi. Ulardagi otkazuvchanlik xam ionlar harakatchanligi va kontsentratsiyaga bogliq.
I.1.Elektrolit eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi Bugun biz fizik kimyoning muxim bo’limlaridan biri elektrokimyoni boshlaymiz. Elektrokimyo quyidagi uchta qismdan tashkil topgan. Elektr o’tkazuvchanlik, elektr yurituvchi kuch va elektrodializ. Bugun biz asosan elektr o’tkazuvchanlik xaqida gap yuritamiz. Elektr otkazuvchanlik elektr tokini otkazish qobiliyatidir. Elektr tokini otkazuvchilar ikki turga bolinadi. 1 va 2 turdagi otkazgichlar. 1 turdagi otkazgichlarga metallar va ularning qotishmalari, grafit, bazi qiyin eruvchi oksidlar va boshqa materiallar kirib, ular elektr tokini elektronlarning tartibli harakati tufayli otkazadilar. Bu vaqtda elektrodlarga modda otishi sodir bolmaydi. II turdagi otkazgichlarga kislotalar, ishqorlar, tuzlar eritmasi, turli suyuqliklar, bazi qattiq tuzlarning suyultirilgan (erigan) holati va kristall holatdagi elektr otkazuvchanlik misol bolib (masalan NaCl, KCl va boshqalar), ulardagi elektr otkazuvchanlik ionlarning tartibli harakati tufayli sodir boladi (elektr maydonida). Bu turdagi elektr otkazgichlarda elektrodlarda modda almashinuvi sodir boladi. Ionlarning harakatchanligi qancha katta bolsa, elektr otkazuvchanlik xam shuncha katta boladi. Elektr otkazuvchanlik - elektr tokiga bolgan qarshilikka teskari qiymatdir. SHuning uchun elektr otkazuvchanlikni olchash lozim bolsa, elektr tokiga bolgan qarshilik olchanadi. Qarshilikni R xarfi bilan ifodalasak, u formula bilan ifodalanadi. YAni otkazgichning qarshiligi uning uzunligi (l) ga togri, kondalang kesimi (S) ga teskari proportsionaldir; - esa solishtirma qarshilik. Elektr otkazuvchanlik grekcha (kappa) harfi bilan belgilanadi. SHunday qilib, Qarshilikni Om, () bilan, elektr otkazuvchanlikni Om-1 (-1) bilan belgilanadi. solishtirma elektr otkazuvchanlik deb ataladi. SHunday qilib, solishtirma elektr otkazuvchanlik - bu uzunligi 1sm, kondalang kesimi yuzasi 1sm2 bolgan moddaning elektr otkazuvchanligidir. Demak, suyuqlikni elektr otkazuvchanligini aniqlash lozim bolsa, unga albatta elektrod tushiriladi. Suyuqlikni solishtirma elektr otkazuvchanligi aniqlanayotgan bolsa, tushirilayotgan elektrodlarning sath yuzasi 1sm2 va ular orasidagi masofa 1sm bolishi kerak. Amalda bunday sharoitni vujudga keltirish ancha qiyin, shuning uchun odatda kuzatilayotgan elektr otkazuvchanlik olchanadi. Songra hisoblash yordamida solishtirma elektr otkazuvchanlik topiladi.
Eritmalarning elektr otkazuvchanligini aniqlash turli shakldagi idishlarda olib boriladi. Elektr tokini yomon otkazadigan eritmalar uchun elektrodlar sathi katta bolib, ular bir-biri yaqin joylashtirilishi kerak. YAxshi otkazgichlar uchun esa, aksincha, elektrodlar sathi kichik va elektrodlar orasi uzoq bolgan idishlar qollangani maqul. SHunday qilib, yuqorida aytilgan solishtirma elektr otkazuvchanligini olchash uchun idish tayyorlash qiyin. Bunday hollarda xar bir idish uchun uning doimiyligi , yani idish doimiyligi yoki sigimi aniqlab olinadi. Idishning doimiyligi (sigimi) quyidagi usulda aniqlanadi: solishtirma elektr otkazuvchanligi malum bolgan (kopincha KCl, KNO3) eritmasi idishga quyiladi. (ularning 0 qiymati jadvalda berilgan boladi). bolgani uchun, dastlab shu eritmaning elektr otkazuvchanligi aniqlanadi va idish doimiyligi hisoblab topiladi. Songra idishdan eritmani tokib, orniga tekshiriluvchi eritma quyiladi va uning elektr otkazuvchanligi topiladi, hamda eritmaning solishtirma elektr otkazuvchanligt formula orqali hisoblab chiqiladi Download 172,05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling