Elektrolitik dissotsiyalanish Reja
Download 137.5 Kb.
|
8 word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo kursida elektrolitik - dissotsiatsiya nazariyasini organish
Elektrolitik dissotsiyalanish Reja: 1. Elektrolitik dissotsiyalanish va tuzlar gidrolizi. 2. Maktab kimyo kursida elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasini oqitish metodikasi. 3. Kimyo kursida elektrolitlar nazariyasining orni va ahamiyati. 4. Turli tuzilishga ega bolgan moddalarning elektrolitik dissotsiyalanish mexanizmini ochib berish. 5. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi asosida oquvchilarning kislota, asos, tuzlar haqida olgan bilimlarini rivojlantirib, umumlashtirish. 6. Tuzlar gidrolizini oqitish metodikasi. Kimyo kursida elektrolitik - dissotsiatsiya nazariyasini organish Orta maktab kimyo kursida elektrometik dissotsiatsiya qonuni 9-sinfda otiladi. Kimyoviy boglar qonuniyatlariga asoslanib, u davriylik bilimni rivojlantiradi, moddalar tuzilishi bilimlariga yangi tushunchalar kiritadi. Elektrolitlarning xossalari tushuntirib beriladi. Bu mavzuni otishda oquvchilarning oldingi kimyoviy muvozanat bilimlari asos qilib olinadi. Darsning maqsadgai bu dissotsiatsiya jarayoni, sharoiti, mexanizmi, elektrolit moddalar haqida tushuncha, eritmadagi ionlar harakati va ular orasidagi reaksiyalarni organishdir. Elektrolitlarning har xil zaryadi ionlarga parchalanishi uning ichidagi ziddiyat qarama-qarshilik falsafasidir. Bu mavzu tarkibi quyidagicha: Elektrolitlar, eritmadagi ionlar, dissotsiatsiya mohiyati, eritmalardagi ionli reaksiyalarning borishidan boshlanadi. Mavzu tuzilishi tarkibi eng asosiy markaziy masala bu modda haqida va elektrolit tushunchalar haqida boradi. Avval elektrolit va elektrolitmaslar farqlanadi, keyin dissotsiatsiya hodisasi tushuntiriladi. Elektrolit dissotsiatsiya gidratlangan ionlar jarayoni kimyoviy ekanligi aytiladi eritma ichidagi ion almashinish hamda oksidlanish-qaytarilish misolida kimyoviy reaksiyalar tushuntiriladi. Bunda 3 muhim yonalish: 1. Ionlar boglanishi yonalishidagi almashinish reaksiyasi boradi 2. Elektrolit tuzining suv bilan tasiri (gidroliz). 3. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eritmalarda boradi, tarkibi va ion zaryadlari ozgarishiga olib keladi. Bunda oksidlanish - qaytarilish tushunchasi bilan elektrolitik dissotsiatsiya orasida boglanish ornatiladi. Mavzu otayotganda demonstratsiya laboratoriya eksperimentlarini ham korsatish kerak. Elektorlitlardan elektr toki otkazilganda ionlarga dissotsialanishni tushuntirish kerak. Oquvchilarga qaytar-kaytmas reaksiyalarni borishi va mohiyati ham tushuntirib boriladi. Umuman bu mavzu ancha dolzarb. Bu temani organish jarayonida erish va eritmalar haqida oquvchilarning VII sinfda olgan bilimlari yanada rivojlantiriladi. Ishqorlar va tuzlarning ionli tuzilishga ega ekanligi, ularning zritmalari hamda kislotalarning eritmalari elektr otkazuvchan ekanligi asos qilib olingan holda oquvchilar elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi bilan tanishtiriladi. Oquvchilar temani organish jarayonida quyidagilarni: eritmalarda ionlar hosil bolish mexanizmini; dissotsilanish darajasi va unga suyultirishning tasiri haqidagi tushunchani; kuchli va kuchsiz elektrolitlar hakidagi tushunchani; ayni bir element atomlari va ionlarining xossalaridagi farqni; elektrolitlar orasidagi almashinish reaksiyasining mexanizmi va uning oxiriga borish shart-sharoitlarini; ionitlar haqidagi tushunchani; tuzlar gidrolizi; elementlar oksidlari gidratlarining xossalari markaziy atomniig radiusi va valentligiga bogliqligini; eritmalar va suyuqlanmalar elektrolizi; elektron nazariya nuqtai nazaridan olganda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularning almashinish reaksiyalaridan farqini bilib olishlari lozim. Bu temaning ayniqsa muhim ahamiyati shundaki, unda anorganik birikmalarning sinflari haqidagi malumotlar elektron-ion tasavvurlar asosida yanada kengayadi va chuqurlashadi. Download 137.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling