Elektrolitlarda elektr toki Reja


Kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantirish


Download 0.85 Mb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1481725
1   2   3   4
Bog'liq
Elektrolitlarda elektr toki

4.Kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantirish
Galvanik elementning tuzilishiga, yopiq zanjirda elektr tokini vujudga keltiradigan metal va elektrolit o`rtasidagi o`zaro ta’sir asos qilib olingan. Bu hodisa XVIII asr oxirida italiyalik olim L.Galvani tomonidan ochilganligi sababli, yangi tok manbalari uning sharafiga galvanik elementlar deb atalgan. Galvanik elementlar biror elektrolitga tushirilgan ikkita turli materiallardan yasalgan elektrodlardan iborat bo`ladi.
Italiyalik fizik A.Volta mis va rux plastinkalarni sulfat kislota eritmasiga tushirib birinchi galvanik elementni yasagan.Volta elementining EYuK 1,1V bo`lgan. Volta elementi ishlaganda uning musbat qutblarida vodorod ajraladi, manfiyida esa ruxning erishi ro`y beradi.
Amalda, elektrodlari va elektroliti bilan Volta elementidan farq qiladigan boshqa elementlardan qo`proq foydalaniladi. Masalan, 1,09 V EYuK Daniel elementida musbat elektrod mis ko`porosiga botirilgan-mis, manfiy elektrod esa, rux ko`porosi yoki sulfat kislotaga botirilgan rux.
Galvanik elementlarning ko`pchiligida uzoq foydalanilganda EYuK kamayadi va tok berolmay qoladi. Bunga sabab elektrodlarning qutblanishidir.
Akkumlyator. Galvanik elementlar unda mavjud bo`lgan kimyoviy energiya to`la sarflanguncha (masalan Leklanshe elementida ruh eriguncha) ishlashi mumkin. So`ngra esa faoliyatini to`xtatadi. Shuning uchun ham ba’zida, ularning faoliyati uchun zarur bo`lgan kimyoviy energiyani elektroliz natijasida tiklashi mumkin bo`lgan galvanik elementlardan foydalaniladi.
Bunday elementlarga akkumlyatorlar, ularda elektroliz yordamida energiyani to`plash jarayoniga esa akkumlyatorlarni zaryadlash (energiyani to`plash) deyiladi.
Akkumlyatorlarni zaryadlashda tashqi manbaning toki u beradigan tokka qarama-qarshi yo`nalishda o`tkaziladi.
Texnikada ikki xil kislotali va ishqorli akkumlyatorlardan foydalaniladi. Kislotali akkumlyatorlar sulfat kislota eritmasiga tushirilgan qo`rg`oshin plastinkalardan tashkil topgan. Manfiy plastinka toza qo`rg`oshindan sirti yumshoq qilib, musbat plastinka esa qo`rg`oshin ikki oksidi bilan qoplangan bo`ladi. Akkumlyator razryadlanganda har ikkala plastinka ham asta-sekin oltingugurt kislotali qo`rg`oshin bilan koplana boshlaydi. Akkumlyator zaryadlanganda esa musbat va manfiy plastinkalar orasidagi farq tiklanadi. Kislotali akkumlyatorlarning EYuK. 2V atrofida bo`ladi.
5.Xulosa
Erituvchida eriganda ionlarga ajraladigan moddalarga elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarda zaryad tashuvchi zarralar ionlar bo`ladi Elektrolitdagi ionlarning tashqi maydon ta’siridagi batartib harakatiga elektrolitlarda elektr toki deyiladi. 
6.Adabiyotlar:
  • A.G’.G’aniev, A.K. Avliyoqulov, G.A. Almardonova “Fizika” I –qism 245-250 bet
  • X.Axmedov, M.Doniyev,Z.Husanov.Fizikadan ma’ruza matni 2004 yil

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling