Электролиз


Xalqaro tajribaga koʻra obligatsiyalarning turli xil turlari amal qilishiga qaramasdan ularni daromad toʻlash shakllari boʻyicha quyidagicha uchta tur keng qoʻllaniladi


Download 14.04 Kb.
bet2/2
Sana20.11.2023
Hajmi14.04 Kb.
#1788325
1   2
Bog'liq
3. Облигациялар бозори

Xalqaro tajribaga koʻra obligatsiyalarning turli xil turlari amal qilishiga qaramasdan ularni daromad toʻlash shakllari boʻyicha quyidagicha uchta tur keng qoʻllaniladi:

  • Kuponli obligatsiya qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi mumkin:
  • Suveren xalqaro obligatsiyalarini jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirilishi mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini xalqaro investorlarga batafsil namoyish etib, xorijiy investorlar uchun respublikamizga investitsiya kiritishda suveren riskini to’g’ri baholash uchun imkoniyat yaratdi. 
  • Mamlakatimizda yetarli darajada fiskal zaxiralar mavjudligi va makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlanayotgan bir vaqtda suveren xalqaro obligatsiyalarining chiqarish zamirida qo’shimcha mablag’larga ehtiyoj yoki byudjet defitsitini qoplash emas, balki quyidagi strategik maqsadlar yotadi:
  • Suveren xalqaro obligatsiyalarining muvaffaqiyatli joylashtirilishi O’zbekiston uchun bozorda “benchmark” yaratib, yirik davlat korxonalari va banklari uchun jahon moliya bozorlarida o’z obligatsiyalarini joylashtirish va investitsion loyihalarini mustaqil ravishda moliyalashtirishga o’tkazish uchun zarur zamin tayyorladi.
  • Suveren xalqaro obligatsiyalarini xarid qilgan xalqaro investorlar tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning diqqat bilan kuzatib borishlari tufayli mamlakatimizda iqtisodiy boshqaruv sohasida islohotlar samarasi uchun zarur bo’lgan shaffoflik va prudentsial yondashuvning izchil amalga oshirilishi ta’minlanadi. 
  • Joriy yilning fevral oyigacha, O’zbekistonga jalb etilgan kreditlarning asosiy qismi xalqaro moliya institutlari va boshqa rasmiy tashkilotlar zimmasiga to’g’ri kelgan. Bunday kreditlarning hajmi, ishlatish yo’nalishlari va muddati cheklangan bo’lib, ko’p hollarda davlatga qo’shimcha shart va majburiyatlar yuklanadi. Suveren xalqaro obligatsiyalarni esa yuzlab investorlar qo’shimcha shart va majburiyatlar qo’ymay sotib oldilar.
  • Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida kuzatilayotgan qurilish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish va eksport hajmini oshirish bilan bog’liq yuqori investitsion faollik tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlarga bo’lgan ehtiyojning keskin oshishiga sabab bo’lmoqda.
  • Shu tufayli, tijorat banklari uchun uzoq muddatli moliyaviy resurslar kerakligini inobatga olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 apreldagi PQ-4258-sonli qaroriga muvofiq, suveren xalqaro obligatsiyalarining joylashtirilishdan tushgan mablag’larning 889,2 million AQSh dollari tijorat banklari orasida auktsion o’tkazish orqali, ya’ni samarali bozor mexanizmlari asosida, depozitga joylashtirish belgilandi.
  • Bundan tashqari, “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankiga 20 million AQSh dollari miqdorida loyihalarni moliyalashtirish uchun subordinar qarz shaklidagi kredit liniyasi hamda 89,9 million AQSh dollari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarini moliyalashtirish uchun ssuda ajratishga yo’naltirilmoqda.

Download 14.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling