Elektromagnit to’lqinlar Reja: I. Kirish II. Asosiy qismlar


Elektromagnit to’lqinlarni kompyuter texnikasi bilan bog’liqligi. Uyali telefonlar


Download 1.01 Mb.
bet3/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1047716
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektromagnit to’lqinlar

4. Elektromagnit to’lqinlarni kompyuter texnikasi bilan bog’liqligi. Uyali telefonlar. Kompyuter texnologiyasi sohasidagi yutuqlarni aloqa sohasidagi yutuqlar bilan bog’lash yangi elektron pochta va internet aloqa sistemalarining vujudga kelishiga olib keldi. Hozirgi paytda juda ko’p ma’lumotlar va hujjatlar kompyuterlar orqali modemlar vositasida uzatiladi yoki qabul qilinadi. Internet esa o’z navbatida ham butun jahon ma’lumot tarqatish, ham odamlarning komp’yuterlar yordamida muloqot va aloqa vositasiga aylanib qoldi.
1991-yilda O’zbekiston va AQSH ning “Interneyshnl – kommunikeyshn grupp” firmasi bilan tashkil etilgan “Uzdunrobita” qo’shma korxonasi 1995 - yilgacha Toshkent, Samarqand, Urganch, Qarshi Andijon, Buxoro shaharlarida xalqaro va shahar, shaharlararo telefon stansiyalarini ishga tushirdi. 1997-yildan boshlab bunday aloqa vositasi bilan xizmat ko’rsatadigan aloqalar ko’paydi.
1. Elektr va magnit maydonlarining o'zaro aylanishi. Vaqt davomida o’zgarib turadigan har qanday elektr maydon magnit maydon bilan bog’liq. O’zgaruvchan magnit maydoni elektr maydonni hosil qilishini kuzatish uchun quyidagi tajribani qaraymiz.


O’zgaruvchan magnit maydonida o’tkazgichdan yasalgan qo’zg’almas berk kontur joylashtirilgan deb faraz qilamiz. Unda magnit induksiya vektori B o’zgaruvchan bo’lganligi uchun konturdan o’tayotgan magnit induksiya oqimi Ф o’zgarib turadi. Demak konturda induksiya elektr yurituvchi kuchi hosil bo’ladi. O’tkazgichda elektr yurituvchi kuchning hosil bo’lishini o’tkazgichning ichida uning erkin zaryadlarini ma’lum yo’nalish bo’ylab harakatlanishiga majbur etuvchi kuch paydo bo’lganligini ko’rsatadi. Demak, vaqt davomida o’zgarib turuvchi magnit maydon o’tkazgich turgan sohada elektr yurituvchi kuchning hosil bo’lishiga sababchi bo’ladi.


Fazoning vaqt davomida o’zgarib turuvchi magnit maydoni mavjud bo’lgan hamma nuqtalarida elektr maydon hosil bo’ladi. Bunda o’sha nuqtalarda o’tkazgich bor yoki yo’qligi ahamiyatga ega bo’lmaydi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling