Elektromagnit to’lqinlar Reja: I. Kirish II. Asosiy qismlar


Download 1.01 Mb.
bet1/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1047716
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektromagnit to’lqinlar


Elektromagnit to’lqinlar
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qismlar
1. Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari.
2. To’lqinlarning tezligi va to’lqinlarning uzunligi.
3. Elektromagnit to’lqinlarning tarqatish va qabul qilish.
4. Elektromagnit to’lqinlarni kompyuter texnikasi bilan bog’liqligi. Uyali telefonlar.
III. Xulosa
IV. Adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Fizika fanining shakllanishi va rivojlanishini o’rganish bilan shug’ullanadi, ya’ni uning rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni aniqlashdan iborat. Fizika tarixining mazmuni fizikaning rivojlanish bosqichlari bo’yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki fizika fanining rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim. Ma’lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog’liqdir. Iqtisodiy sharoitlar, ijtimoiy ishlab chiqarish usullari, jamiyatning butun hayoti uchun, shu jumladan, fan uchun zarur zaminni yaratadi. Fizikaning rivojlanish qonuniyatlari tarixini o’rganish bilim nazariyasini boyitishda hamda hozirgi davrda Fan va jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligini bilishda katta ilmiy ahamiyatga ega. Fanning rivojlanishida iqtisodiy va siyosiy omillardan tashqari mantiqiy, ya’ni fandagi mavjud ichki qarama-qarshiliklar ham muhim omil bo’lib hisoblanadi. Masalan: yorug’lik tabiati to’g’risidagi ikki xil nazariya (dualizm) zarracha va to’lqin nazariyasi o’rtasidagi qarama-qarshilik va h.k.
O’rta maktab fizika kursida 100 dan ortiq fizik olimlar nomi qayd etiladi. Ushbu olimlarning hayoti va ilmiy kashfiyotlari qanchalik darajada va qanday tartibda berilishi kerak. Albatta, o’quv rejasida keltirilgan vaqt davomida barcha olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatini to’la yoritishning imkoniyati yo’q. Shu sababli ba’zi olimlar hayotidan ayrim lavhalarni, jumladan, dars mavzusiga mos kelganlarini tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Ba’zan olimlar tomonidan aytilgan hikmatli so’zlar, masalan,T. Yung aytganidek, «Odam qilgan ishni boshqa odam ham bajara oladi» yoki olimlar tomonidan aytilgan hazil-mutoyibalar darsning qiziqarli o’tishiga sabab bo’ladi.
Buyuk olimlar hayotidan lavhalar keltirish orqali yoshlarda mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni shakllantirishga erishiladi. Masalan: al-Xorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, Qori Niyoziy, R.Bekjonov, A.K. Otaxo’jayev kabi olimlarimizning hayoti va ilmiy faoliyatini yoritish orqali milliy g’urur, iftixor, mustaqillik, ozodlik g’oyalarini o’quvchilar ongiga singdirish imkoniyati yaratiladi.
Olimlar hayoti bilan tanishish jarayonida ularning faqat ijobiy tomonlari olinmasdan, balki, turmushda va ilmiy izlanishda yo’l qo’ygan xato va kamchiliklari to’g’risida ham to’xtash maqsadga muvofiqdir. Masalan V. Tomson va Klauziuslarning «Olamning issiqlik halokati» to’g’risidagi fikri yoki "Efir", "teplorod" nazariyasi tarafdorlarining noilmiy fikrlari darsning qizikarli bo’lishiga xizmat qiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling