Elektromagnit to’lqinlar Reja: I. Kirish II. Asosiy qismlar


Siljish toklari to'g’risida tushuncha


Download 1.01 Mb.
bet7/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1047716
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektromagnit to’lqinlar

5. Siljish toklari to'g’risida tushuncha. Elektr maydonning o`zgarishi va bu o`zgarish tufayli vujudga kelayotgan magnit maydon orasidagi miqdoriy bog’lanishni topish uchun siljish toki tushunchasini kiritamiz.
Bu tushunchani quyidagi tajriba jarayonida o`rganamiz. Kondensatorli zanjirdan kvazistatsionar o`zgaruvchan tok oqqanda kondensator plastinkalarini birlashtiruvchi o`tkazgichlar orqali zaryad o`tadi, lekin plastinkalar oralig’idagi dielektrikdan o`tmaydi. Natijada o`zgaruvchan tokning zanjir bo`ylab oqishi kondensatorning zaryadlanishi va razryadlanishidan iborat bo`ladi.
Shunday qilib, o`tkazuvchanlik tokining chiziqlari kondensator plastinkalarining bir-biriga qaragan sirtlarida uzilib qoladi. Maksvell bu fikrga qarama-qarshi bo`lgan g’oyani ilgari surdi. Uning fikricha har qanday o`zgaruvchan tok zanjirlari ham berk bo`ladi. Faqat zanjirning o`tkazgich bo`lmagan qismlarida, ya`ni kondensator plastinkalari oralig’ida "siljish toki" deb ataladigan tok oqadi. Uni quyidagicha tushunamiz. Zanjirdan o`tayotgan tokning oniy qiymati I bo`lsin. Shu momentda kondensator plastinkalaridagi zaryad miqdori q deb, ularning sirt zichligini esa deb belgilaylik. U holda kondensator plastinkalari ichidagi o`tkazuvchanlik toki zichligining qiymati
.
Shu momentda plastinkalar oralig’idagi elektr maydon kuchlanganligining qiymati  ga teng.

Maydonning elektr induksiyasi esa


.
Vaqt o`tishi bilan plastinkalardagi zaryadning sirt zichligi o`zgaradi. Bu esa elektr maydon induksiyasi qiymatining o`zgarishiga sabab bo`ladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, elektromagnit maydonning davriy ravishda o’zgarib turib tarqalishi elektromagnit to’lqin deyiladi. Elektromagnit to’lqinni uning tarqalish yo’nalishida ikkita o’zaro perpendikulyar tekisliklarda yotgan ikkita sinusoida orqali ifodalash mumkin. Bu sinusoidalardan biri elektr kuchlanganlik vektori E ning, ikkinchisi esa magnit kuchlanganlik vektori H ning tebranishlarini tasvirlaydi.
Elektromagni to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligini ta’kidlab o’tdik. Ular vakuumda, yorug’likning vakuumdagi tezligiga teng c=3∙108m/s tezlik bilan harakatalanadi. Elektromagnit to’lqinlarning tezligi, to’lqin uzunligi muhitining xususiyatlariga bog’liq. Elektromagnit to’lqinning chastotasi esa barcha muhitlar uchun bir xil kattalikdir. Shuningdek, yorug’lik to’lqinlari kabi to`siqdan qaytadi, muhitlar chegarasida sinadi, interferensiyasiga kirishadi. Boshqacha qilib aytganda, elektromagnit to’lqinlarning barcha xossalari yorug’likning xossalariga o’xshab ketadi. Demak, bundan shunday xulosa kelib chiqadiki: yorug’lik nuri elektromagnit to’lqinlardan iboratdir. Keyingi tajribalar shuni ko’rsatadiki, faqat yorug’lik nuri emas, balki unfraqizil, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlari ham elektromagnit tabiatga egadir.
Zamanoviy radiouzatgich va radiopriyomnikning ish sxemasi 3-rasmda keltirilgan.
So’nmas tebranishlar generatori yuqori chastotali tebranishlarni hosil qiladi. Ayni paytda tovush tebanishlari mikrofon yordamida elektr tebranishlariga aylanadi. Har ikkala tebranish ham modulatorga uzatiladi. Modulatorda amplituda yoki chastotaning modulatsiyasi amalga oshadi. Gapni va musiqani uzatish modulatsiya tovush chastotalari (10 13) ∙ 103 Hz
Amalga oshiriladi. Modulatsiyalangan tebranishlar kuchaytirilib, elektromagnit to’lqinlarni efirga tarqatuvchi ochiq tebranish konturi bo’lgan antennaga uzatiladi.
Qabul qiluvchining antennasiga yetib kelgan elektromagnit to’lqinlar tebranish konturida elektromagnit tebranishlarni vujudga keltiradi. So’ngra bu tebranishlar kuchaytiriladi va detoktorlanadi. Ajratilgan past chastotali tebranishlar yana kuchaytirilib, radiokarnayga uzatiladi.



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling