Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari


Download 206.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.12.2022
Hajmi206.61 Kb.
#1069764
Bog'liq
Elektromagnit to\'lqinlar va ularning xossalari



Aim.Uz 
Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari
 
Elektromagnit to’lqinlar va ularning xossalari. Elektromagnit to’lqinlar. 
Elektromagnit maydonning davriy ravishda o’zgarib turib tarqalishi elektromagnit 
to’lqin deyiladi. Elektromagnit to’lqinni uning tarqalish yo’nalishida ikkita o’zaro 
perpendikulyar tekisliklarda yotgan ikkita sinusoida orqali ifodalash mumkin. Bu 
sinusoidalardan biri elektr kuchlanganlik vektori E ning, 8 ikkinchisi esa magnit 
kuchlanganlik vektori H ning tebranishlarini tasvirlaydi. Bo’shliqda ikkala 
vektorning tebranish amplitudalari miqdor jihatdan bir – biriga teng bo’ladi; ikkala 
vektor bir xil fazada tebranadi. To’lqin tarqalayotgan yo’nalishni parma qoidasidan 
foydalanib topish mumkin: agar parmaning dastasini E vektordan H vektorga qarab 
burasak, u holda parmaning ilgarilanma harakati yo’nalishi to’lqin tarqalayotgan 
yo’nalishni ko’rsatadi. Elektromagnit to’lqin bilan birgalikda elektromagnit 
maydonni xarakterlovchi yana bir fizik kattalik – energiya ham tarqaladi. Birlik 
hajmdagi elektromagnit maydon energiyasi zichligi quyidagi munosabat 
yordamida aniqlanadi: W =  0 0   E  H Elektromagnit to’lqinlarning 
xossalari.Elektromagni to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlar ekanligini ta’kidlab o’tdik. 
Ular vakuumda, yorug’likning vakuumdagi tezligiga teng c=3∙108m/s tezlik bilan 
harakatalanadi. Elektromagnit to’lqinlarning tezligi, to’lqin uzunligi muhitining 
xususiyatlariga bog’liq. Elektromagnit to’lqinning chastotasi esa barcha muhitlar 
uchun bir xil kattalikdir. Shuningdek, yorug’lik to’lqinlari kabi to`siqdan qaytadi, 
muhitlar chegarasida sinadi, interferensiyasiga kirishadi. Boshqacha qilib 
aytganda, elektromagnit to’lqinlarning barcha xossalari yorug’likning xossalariga 
o’xshab ketadi. Demak, bundan shunday xulosa kelib chiqadiki: yorug’lik nuri 
elektromagnit to’lqinlardan iboratdir. Keyingi tajribalar shuni ko’rsatadiki, faqat 
yorug’lik nuri emas, balki unfraqizil, ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlari ham 
elektromagnit tabiatga egadir. Monoxromatik tebranishlar va to’lqinlar. 
Monoxromatik to’lqin deganda,to’lqin uzunligi ,faza va amplitudasi vaqt o’tishi 
bilan o’zgarmaydigan to’lqin tushuniladi.To’lqin sirti yassi tekislikdan iborat 
bo’lgan 9 to’lqinga yassi to’lqin deyiladi,Ixtiyoriy tanlab olingan o’q bo’ylab 


Aim.Uz 
tarqalayotgan to’lqinni yassi to’lqin deyish mumkin.Barcha nuqtalarida xossalari 
bir xil bo’lgan muhit bir jinsli muhit hisoblanadi. X o’qi bo’ylab tarqalayotgan 
monoxromatik yoki garmonik to’lqin formulasi quyidagi ko’rinishga ega : 
U=Acos[ . Bu yerda A- to’lqinning haqiqiy amplitudasi, u- tarqalayotgan to’lqin 
kattaligi, - siklik chastota. x yo’nalish bo’ylab v tezlik bilan tarqalayotgan to’lqinni 
s = f(t- ) (6) munosabat bilan tavsiflash mumkin. x ning qiymati o’zgartirilmasa, u 
holda f funksiyaning ko’rinishi g’alayonni, masalan, elektr yoki magnit maydoni 
kuchlanganligini harakterlovchi s kattalik- ning vaqt o’tishi bilan qanday qonun 
bo’yicha o’zgarishin ko’rsatadi. Oldin aytib o’tilganidek,funksiyaning ko’rinishi 
ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Yassi monoxromatik to’lqinlar superpozitsiyasining 
dolzarbligi. Odatda monoxromatik to’lqin deyilganda to’lqin uzunligi,faza va vaqt 
bo’yicha o’zgarmaydigan to’lqin tushuniladi.To’lqin sirti yassi tekislikdan iborat 
bo’lgan to’lqinga yassi to’lqin deyiladi.Ixtiyoriy tanlab olingan o’q bo’ylab 
tarqalayotgan to’lqinni yassi to’lqin deyish mumkin.Barcha nuqtalarda xossalari 
bir xil bo’lgan muhit bir jinsli muhit hisoblanadi.Ana shunday bir jinsli muhitda 
ixtiyoriy yo’nalishda tarqalayotgan yassi monoxromatik to’lqinni ko’raylik. X o’qi 
bo’yicha tarqalayotgan yassi monxromatik yoki garmonik to’lqin formulasi 
quyidagi ko’rinishga ega: U=Acos[w(t- + Bu yerda A-to’lqinning haqiqiy 
amplitudasi,u tarqalayotgan to’lqin kattaligi,ya’ni to’lqinning muvozanat 
vaziyatiga nisbatan siljishi,w-siklik chastota =[w(t- )+ ] to’lqin fazasi.Yassi 
monoromatik to’lqinning fazasi o’zgarmas bo’lishi uchun( t- )=const bo’lishi 
yetarlidir. Fazasi shunday bo’lgan yassi monoxromatik to’lqinga teng fazali yassi 
monoxromatik to’lqin deyiladi.Bu shartdan vaqt bop’yicha xosila olinsa, xosil 
bo’ladi.Bundan ning tezlik ma’nosiga ega ekanligi kelib chiqadi. 10 Yassi 
monoxromatik to’lqinlar superpazitsiyasini ko’rish uchun x o’qi bo’ylab 
tarqalayotgan chastotalar va to’lqin vektorlarining moduli mos ravishda v, hamda k 
, bo’lgan ikki monoxromatik yoki garmonik to’lqinlar olinadi. Yorug’lik fazaviy 
va guruhiy tezliklarga ega bo’lsa,yorug’lik tezligini o’lchashga oid tajribalarda 
yorug’likning qaysi tezligi o’lchanadi degan savol tug’iladi. Yorug’lik tezligini 
o’lchashga doir barcha tajribalarning tahlili shuni ko’rsatadi, Bu tajribalarning 


Aim.Uz 
hech qaysi birida yorug’likning fazaviy tezligini o’lchab bo’lmaydi,balki uning 
guruhiy tezligi aniqlanadi.Agar yorug’lik har qanday to’lqinlar ning cheklangan 
qatori deb qaralsa,bunday qatorni yassi monoxromatik to’lqinlar,ya’ni yassi 
garmonik to’lqinlarning qo’shilishi (superpozitsiyasi) natijasi deb qarash mumkin 
bo’ladi.Bundan esa har qanday to’lqinlarning cheklangan qatorini to’lqin paket deb 
qarash mumkinligi kelib chiqadi.Ma’lumki to’lqin paketda,odatda, to’lqinlarning 
guruhiy tezligi o’lchanadi.Yorug’lik aberatsiyasi yordamida yorug’lik tezligini 
o’lchash metodini analiz qilgan Erenfest bu metoddda ham yorug’likning fazaviy 
tezligi aniqlanganligini ko’rsatib berdi. Lekin ba’zi fazoviy cheklangan 
to’lqinlarning ya’ni to’lqin paketlarni dispersiyaga ega muhitda tarqalishida 
to’lqinning fazaviy tezlik tushunchasi o’z ma’nosini yo’qotadi.Chunki bu holda 
to’lqinning bitta fazasi emas, balki haddan tashqari ko’p garmonik to’lqinlarning 
fazalari bilan ish ko’riladi.Bunda har bir faza o’z tezligi bilan ana shu muhitda 
tarqaladi.Demak,biror to’lqinning fazaviy tezligi o’z nomidan kelib chiqqan holda 
uning ma’lum fazasining ko’chish tezligini ko’rsatadi va u fazoda cheklangan 
to’lqinlar qatori frontining harakat tezligi yoki to’lqinlar energiyasining harakat 
tezligi bilan bog’liq bo’lmaydi.Real holda bunday tezlik mavjud emas,har qanday 
to’lqinda guruhiy tezlik mavjud bo’ladi va uni tajribada o’lchash imkoniyati 
mavjuddir.Yassi monoxromatik to;lqinlar superpozitsiyasi to’lqin –zarra dualizmi 
kashf etilganidan so’ng katta ahamiyat kasb eta boshladi.Ular asosida tabiatda 
mavjud zarralarning to’lqin xususiyatlari tushuntirib berila boshlandi.Shuning 
uchun yassi monoxromatik to’lqinlar superpozitsiyasini o’rganish dolzarb mavzu 
bo’lib qoldi 

Download 206.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling