Elektrometrik kuchaytirgich yordamida elektrostatikaning asosiy tajribalarini bajarish


Download 0.81 Mb.
bet2/2
Sana17.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1208404
1   2
Bog'liq
Elektrometrik kuchaytirgich yordamida elektrostatikaning asosiy

Ishqalanish tayoqchalarini bir-biriga urishdan tashqari ularda zaryad hosil qilish uchun ularni turli xil materiallar bilan ishqalash mumkin.
a)Ishqalanish tayoqchasi teri bilan ishqalanganda zaryad hosil bo’lishini tekshirish.

  • Zaryadsizlantirilgan akrilik tayoqchani material bilan ishqalang, uni Faradey chashkasi ichiga uzunligining chorak qismi kiradigan qilib joylashtiring va multimetr strelkasi og’ishini kuzating.

  • Akrilik tayoqchani Faradey chashkasidan chqarib oling.

  • Agar zarur bo’lsa Faradey chashkasini zaryadsizlantiring, teri materialni ochiq Faradey chashkasiga qo’ying va multimetr strelkasining og’ishini kuzating.

  • Teri materialni Faradey chashkasidan chiqarib oling.

2-jadval: Ishqalanish tayoqchasining va ishqalash materialining (terining) zaryadlangandan keyingi zaryad ishoralari.

Ishqalanish tayoqchasi

Zaryadlanish ishorasi

Ishqalash materiali

Ishq. materiali zaryadi ishorasi

Akril




Teri




b) Ishqalanish tayoqchalarini turli xil materiallar bilan ishqalab zaryadlangandan keyingi zaryad ishoralarini tekshirish.



  • PVC va akrilik tayoqchalarni navbatma – navbat teri material bilan va qog’oz material bilan ishqalang.

  • Har safar zaryadlangan tayoqchani Faradey chashkasi ichiga uzunligining chorak qismi kiradigan qilib joylashtiring.

  • Har safarzaryadlangan tayoqcha zaryadining ishorasini multimetr strelkasining og’ishiga qarab yozib oling.

3-jadval: ishqalanish tayoqchalarining harxil materiallar bilan ishqalagandan keyin zaryadining ishorasi.

Ishqalanish tayoqchasi

Ishqalash materiali

Ishqalanish tayoqchasi ishorasi

Akril

Politelen




PVC

Politelen




Akril

Teri




PVC

Teri




Akril

Qog‘oz




PVC

Qog‘oz




2- va 3-jadvallardagi natijalardan quyidagi xulosalar kelib chiqadi.



  • Ishqalanish tayoqchalari ishqalash materiallari bilan ishqalanganda ularda zaryad hosil bo’ladi.

  • Zaryadlar hosil bo’lish jarayonida elektronlar bir jismdan (ishqalanish tayoqchasi yoki ishqalash materiali) boshqasiga o’tadi.

  • Elektronlarni yo’qotgan jism (ishqalanish tayoqchasi yoki ishqalash materiali) ishqalash jarayonidan keyin musbat ishorali zaryadga ega bo’ladi.

  • Elektronlarni qabul qilib olgan jism (ishqalash tayoqchasi yoki ishqalash materiali) manfiy ishorali zaryadga ega bo’ladi.

  • Ishqalanish tayoqchasi va ishqalash materiali zaryadlarining ishoralari hamma vaqt qarama – qarshi bo’ladi.

  • Ishqalanish tayoqchasi ega bo’ladigan zaryadning ishorasi ishqalanish tayoqchasining va ishqalash materialining turidan bog’liq bo’ladi.

Nazorat savollari

  1. Elektr maydon nima?

  2. Elektr maydoni kuchlanganligi deb nimaga aytiladi? Elektr maydoni kuch chiziqlari deb qanday chiziqlarga aytiladi?.

  3. Ostrogradskiy-Gauss teoremasini ayting va uni zaryadlangan simmetrik jismlar maydon kuchlanganligini xisoblashga qo‘llang.

  4. Elektr maydoni potensiali deb qanday kattalikka aytiladi? Potensiallar ayirmasi deb-chi?

  5. Elektr maydon kuchlanganligi va potensiallar orasidagi bog‘lanish yozing va tushuntiring.

  6. Nuqtaviy zaryad, elektr dipol va zaryadlar sistemasi maydonlarining potensiallari qanday hisoblanadi?

  7. Qanday sirtlarga ekvipotensial sirtlar deyiladi? Ularning xossalarini ayting.

  8. Elektr maydoniga o‘tkazgichch kiritilganda qanday xodisa yuz beradi? Induksiya yo‘li bilan elektrlash mohiyatini ayting.

Adabiyotlar

  1. Kalashnikov S.G. Elektr. – Тoshkent: O‘qituvchi, 1979. – 391 b. § 8,9,12,16,17,19,20,25,27.

  2. Savelyev I.V. Umumiy fizika kursi. 2-tom. – Тoshkent: O‘qituvchi, 1975. – 368 b. § 5,7-12,21,22.

  3. Putilov К.А. Fizika kursi. 2-qism. – Тoshkent: O‘qituvchi, 1971. – 599 b. § 4,5,8,11.

  4. Электр ва магнетизмдан лаборатория ишлари (услубий қўлланма). 1-qism. Бакалаврият йўналишидаги 5440100 – “физика ва №5521700 “электроника ва мкроэлектроника мутахассисликлари талабалари учун услубий қўлланма. SamDU nashri. Samarqand. 2013й.


22


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling