Elektrometrik kuchaytirgich yordamida elektrostatikaning asosiy tajribalarini bajarish
-rasm: Kalitli tebranish konturi. 13.2-rasm: Kuchlanish va tok tebranishlari
Download 391.7 Kb. Pdf ko'rish
|
1-2 laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba qurilmasi.
- Tajribani oʻtkazish tartibi
- Sinash uchun savollar
13.1-rasm: Kalitli tebranish konturi. 13.2-rasm: Kuchlanish va tok tebranishlari.
Texnika xavfsizligi yoʻriqnomasi. Tajriba qurilmasida tajribalar hayot uchun xavfsiz-past kuchlanishlarda olib borilishi zarur: DC –oʻzgarmas tok kuchlanishi maximum- 60 V, AC –oʻzgaruvchan tok kuchlanishi maximum- 25 V, Quyidagilar bilan tajriba oʻtkazilganda hamisha hayot uchun xavfsiz-past kuchlanishdan foydalanish zarur: Yuqori induktivlikli gʻaltak, STE plug-in elements, Kuchlanish xavsiz kuchlanishdan katta boʻlganda doimo maxsus xavfsiz ulash konnektorlardan foydalaning. Zanjirga kondensator ulashdan oldin kondensator uchlarini qisqa tutashtirib razryadlang(Kondensatorda katta kuchlanish saqlangan boʻlishi mumkin). Induktiv gʻaltaklarni darhol manbadan ajratmang, razryadlanishini kuting. Kuchlanishning sakrashi kuztilishi mumkin. Tajriba qurilmasi. Qurilma 13.3-rasmda keltirilgan. 13.3-rasm: Tajriba qurilmasi. - Dastlab, kondensatorni razryadlash uchun qisqa tutashtiring. - Induktiv gʻaltak va kondensatorni asos taglikka oʻrnating. - Induktiv gʻaltak va kondensatorni bir chiziqda joylashtiring va ularni ikkita shtepsellar bilan ulang. - Kondensatorga oʻzgarmas tok manbaini ulang, oʻrtadagi yerga ulash chiqishiga ualamang. - Kuchlanish muruvatini 0 V ga qoʻying. - Multimeterni induktiv gʻaltakka parallel ulang va DC kuchlanishni 3 V ga qoʻying. - Ta’minlash manbaini stendga ulang. - Qoʻl sekundomerini ishga tayyorlaang. Tajribani oʻtkazish tartibi: - Kondensator ostidagi kalitni chap tomonga ulang, 13.3-rasm asosida (kalit 1-rasmda «S» biklan belgilangan). - Ta’minlash manbaini ulang. - Ta’minlash kuchlanishini 3 V qilib tanlang. - Kuchlanish ortishdan toʻxtamaguncha va kondensator toʻla zaryadlanmaguncha kuting. - Endi kalitni manbadan induktiv gʻaltakga ulang va tebranish konturiga kuchlanish bering. - Kuchlanishning ikki maksimumi orasidagi vaqtni aniqlash uchun qoʻl sekundomeridan foydalaaning. - Kondensatorni zaryadlash uchun oxirgi uch amalni takrorlang va boshqa kuchlanish maksimumlari orasidagi vaqtni 4 marta oʻlchang. - Ta’minlash manbaini tarmoqdan uzing va kondensatorni ta’minlash manbidan ajrating. Sinash uchun savollar: 1. Tebranish konturi nimalardan iborat? 2. Elektr sigʻimi nima? 3. Kondensatorni vazifasi nima? 4. Rezonans nima? Download 391.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling