Hujjatlar qimmatini ekspertiza qilayotgan shaxs DAF hujjatlari tarkibini bilishi, jumladan qaysi hujjat qaysi arxivlarda saqlanishini yaxshi bilishi zarur. Aks holda davlat arxiviga qabul qilinishi zarur bo’lgan hujjatlarni aniqlashda xatolikka yo’l qo’yilishi mumkin. - Hujjatlar qimmatini ekspertiza qilayotgan shaxs DAF hujjatlari tarkibini bilishi, jumladan qaysi hujjat qaysi arxivlarda saqlanishini yaxshi bilishi zarur. Aks holda davlat arxiviga qabul qilinishi zarur bo’lgan hujjatlarni aniqlashda xatolikka yo’l qo’yilishi mumkin.
- Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish ishi bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda hujjatlar vujudga kelishi bilanoq ularning qiymatiga baho berilib, bu hujjatlarni saqlashning taxminiy muddatlari beligilanadi.
- Ikkinchi bosqichda muassasa arxivlarida vaqtinchalik saqlanayotgan hujjatldar yo’q qilinadi va davlat arxivlariga topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar saralab olinadi.
Uchinchi bosqichda doimiy saqlash uchun hujjatlar uzil kesil tanlab olinadi. Bu ish davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish jarayonida amalga oshiriladi. Bu bosqichda ekspertizaning vazifalari quyidagilardan iborat: tarmoqlararo dublikasiyalarga yo’l qo’ymaslik, arxiv fondining to’laligini ta’minlash va kerak bo’lganda ayrim yetishmayotgan hujjatlarni topish. - Uchinchi bosqichda doimiy saqlash uchun hujjatlar uzil kesil tanlab olinadi. Bu ish davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib borish jarayonida amalga oshiriladi. Bu bosqichda ekspertizaning vazifalari quyidagilardan iborat: tarmoqlararo dublikasiyalarga yo’l qo’ymaslik, arxiv fondining to’laligini ta’minlash va kerak bo’lganda ayrim yetishmayotgan hujjatlarni topish.
- Ekspertizada arxiv fondlari xujjatlarini kompleks ravishda baholash muhimdir. Bu holda bir-biriga tashkiliy yo tarixiy jihatdan yangi bo’lgan fondlarning hujjatlari bir vaqtda ekspertizadan o’tkaziladi.
Ekspertiza ishlariga hujjatlar ro’yxati (perechenp) asos qilib olinadi. Bu ro’yxatda hujjatlarning nomi, ularni saqlash muddatlari, shuningdek davlat arxiviga o’tkazilishi shart bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tiladi. - Ekspertiza ishlariga hujjatlar ro’yxati (perechenp) asos qilib olinadi. Bu ro’yxatda hujjatlarning nomi, ularni saqlash muddatlari, shuningdek davlat arxiviga o’tkazilishi shart bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tiladi.
- Hujjatlarni saqlash muddatlarini belgilash ekspertizaning mas’liyatli ishlaridan biridir. Muassasalarda odatda ikki xil hujjatlar guruhi yig’iladi: 1) muassasaning o’zida yaratilgan hujjatlar; 2) boshqa tashkilotlardan olingan hujjatlar. Eng avvalo birinchi guruhga kirgan hujjatlarni saqlash muddatlarini aniqlash kerak. Chunki, shu guruh hujjatlari mazkur tashkilotning faoliyatini ochib beradi. Ular orasida mazkur muassasa faoliyati davomida yaratilgan qarorlar, bayonnomalar (protokollar), farmonlar, farmoyishlar, istiqbolli va yillik rejalar, hisobotlar, yo’riqnomalar, nizomlar, maromnomalar, ma’ruza, tavsiflar, qurilishlarning texnikaviy loyihalari, ilmiy asarlar, badiiy asarlar, kinos’yomkalar hamda audio- va videokassetalarning originallari va boshqalar ayniqsa muhimdir. Muassasaning asosiy faoliyati yuzasidan yuqori va quyi tashkilotlar rahbarlari bilan olib borilgan yozishmalar ham doimiy saqlanadigan hujjatlar qatoriga kiradi. Birinchi guruhga kiruvchi boshqa hujjatlar uchun esa vaqtinchalik saqlash muddatlari belgilanadi.
Чгдўқф
Foydalanilgan adabiyotlar: - Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike: uchebnik / Pod red. prof. G.A. Titorenko. 2-e izd. Pererab. i dop. - M.: Yuniti, 2015. -399 s.
- Kenjabayev A.T., Jumaniyazova M.Yu., Tillyashayxova M.A. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. “Iqtisod-moliya”. 2013, 160 bet.
- Internet sayti:
- www. http://el.tfi.uz/pdf/mddj22.uzk.pdf - Toshkent moliya instituti elektron kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |