Elektron avtomat telefon stansiyasi
Download 107.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqElektron avtomat telefon stansiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telefon stansiyadi Reja Telefon linyasi. Tarixni. Telefon simlari Avtomat stansi Avtomat telefon stansiya (ATS)
Elektron avtomat telefon stansiyasi (EATS) — telefon aloqasi liniyalari va kanallarini kommutatsiyalash (uzibulash) va shu kommutatsiya jarayonlarini boshqarish ishlari elektron elementlar (yarimoʻtkazgichlar, integral sxemalar, ferritlar va boshqalar) ga asoslangan qurilmalar vositayeida amalga oshiriladigan avtomat telefon st-yasi. EATS kommutatsiya qurilmalarini hosil qilish prinsiplari, asosan, kanallarni ajratish usullariga qarab belgilanadi. Bu usullar: kanallarni fazoviy, chastotaviy va vaqt boʻyicha ajratish usullari. Kanallar va liniyalarni fazoviy va vaqt boʻyicha kommutatsiyalash usulidan foydalaniladigan st-yalar kengroq qoʻllaniladi (20-asr 70-yillaridan boshlab). Fazoviy kommutatsiya usuli yarimoʻtkazgichli fazoviy ulagichlardan foydalanishga asoslanadi. Bu usul kichik va oʻrtacha sigʻimli EATS larda qoʻllanadi. Vaqt boʻyicha kommutatsiyalash usulida elektron kommutatorlar yordamida har bir kanalning impuls signallari muayyan vaqtlarda uzatiladi. Bunday EATS larda tebranishlarni impulsli modulyatsiyalash usuli qoʻllanadi (qarang Modulyatsiya). Kichik va oʻrtacha kuvvatli EATS larda amplitudaimpulsli va keng impulsli modulyatsiyalash, katta va oʻrtacha quvvatli tranzit EATS larda impulskodli modulyatsiyalash (IKM) qoʻllanadi. Ana shu IKM dan foydalanish tufayli signallarni uzatish va kommutatsiyalash jarayonlarini uygʻunlashtirish (integratsiyalash)ga hamda shu asosda integral raqamli aloqa tizimini yaratishga imkon tugʻildi. Koʻp karrali mitti (miniatyur) koordinatali uzatkichlarga asoslangan elektronmexanik avtomat st-yalar va kommutatsiya maydoni tez ishlovchi elektromagnit asboblar, boshqarish qurilmasi esa elektron asboblarga asoslangan kvazielektron ATS lar ham EATS jumlasiga kiradi. Telefon stansiyadi Reja Telefon linyasi. Tarixni. Telefon simlari Avtomat stansi Avtomat telefon stansiya (ATS) – telefon abonentlari oʻrtasida (odamning ishtirokisiz) telefon aloqasi oʻrnatishga imkon beradigan mexanizm va asboblar majmui. Elektromexaniq elektron va mexanik-elektron xillarga boʻlinadi. Shahar telefon tarmoqlari, asosan, elektro-mexanik ATS lar yordamida quriladi. ATSning hajmi (unga ulangan telefon liniyalari soni) oʻndan bir necha ming-gacha raqamli boʻlishi mumkin. 1000000 rakamli ATSga ulangan abonentlar 100 ta kichik va 10 ta katta guruhga boʻlinadi. Har bir abonent liniyasiga 1000 dan 999 gacha rakam beriladi. Chaqirayotgan abonent oʻz telefon apparatining raqam tergichi yordamida chakirilayotgan abo-nent telefon raqamini terib, ATS as-boblarining ishini boshqaradi. Raqam tergichdan chiqayotgan tok impulslari ATSga uzatiladi va ularning taʼsirida stansiya asboblari murakkab ish jarayoniga oʻtadi, chaqirilayotgan raqamli apparatga ulangan aloqa liniyasini topib, bu appa-rat boʻsh yoki band ekanligini aniqlaydi; agar kerakli apparat boʻsh boʻlsa, stansiya asboblari unga chaqirish signallarini yuboradi, agar band bulsa, bu hakda cha-kirayotgan abonentga tegishli signallar orqali xabar beradi, suzlashuv tugagach, stansiya asboblari abonentlar liniyalarini yana uzadi.Chaqirilayotgan abonent liniyasini topish uchun qidirgichlar deb ataladigan asboblardan foydalaniladi (rasmga k,.). Kontakt maydonida 10 ta qator bulib, ularning har qaysisida 10 ta kontakt bor (shuning uchun qidirgich "dekadali" deb ataladi; yun. dekas – 10 ta soʻzidan olingan). Harakatlantiruvchi mexanizm choʻtkalar mahkamlangan oʻq, koʻndalang va boʻylama tishlari boʻlgan baraban hamda ikkita – kutaruvchi va aylantiruvchi elektr magnitdan iborat. Raqam tergichda terilgan birinchi rakam impulslari taʼsirida koʻtaruvchi elektr magnit oʻz magnitini tegishli marta tortadi va uning tirakchasi barabanning koʻndalang tishlaridan biriga taqalib, oʻqni va, demak, choʻtkani shuncha qadamga koʻtaradi (qidirgich nomidagi "qadamli" soʻzi shundan kelib chiqqan). Ikkinchi raqam impulslari taʼsirida aylantiruvchi elektr magnit xuddi shu tariqa chutkani buradi, mas, agar 73 raqami terilsa, ku-taruvchi elektr magnit choʻtkani 7 qatori qarshisiga, aylantiruvchi elektr magnit esa kontaktni 3 katori qarshisiga toʻgʻri keltiradi.Bitta dekada-qadamli qidirgich 100 abonentli (100 dan 99 gacha) ATSga xizmat koʻrsatishi mumkin.Katta sigʻimli (koʻp raqamli) ATSda ulash jarayoni murakkabroq, unda bit-ta emas, ketma-ket ulangan bir nechta qidirgich qatnashadi. Agar ATSga 100 dan 1000 gacha abonentlar ulangan bulsa, ular uch qiymatli raqamga ega boʻladi. Birinchi raqam terilganda birinchi qidirgich koʻtarila boshlaydi (uning kon-taktlariga abonentlar liniyalari oʻrniga boshqa qidirgichlar ulangan boʻladi, bu qidirgichlarning kontaktlariga esa te-gishli yuzliklardagi abonentlarning liniyalari ulanadi). Birinchi raqam te-rilib, raqam tergich diski dastlabki vaziyatiga qaytgach, birinchi qidirgich 125choʻtkalarining ikkinchi harakati boshla-nadi. Chutka to bush yuzliklar qidirgichi liniyasida toʻxtagunga qadar avtomatik tarzda harakatlanaveradi. Ikkinchi va uchinchi raqamlar terilganda ikkinchi qidirgich choʻtkalari chaqirilayotgan abo-nent liniyasini topadi.Maʼlum abonentlar guruhi qidirgichini topish uchun xizmat qiladigan qidirgich guruh qidirgichi deb ataladi. Masalan, 10000 abonentli AT-Sga ikkita guruh qidirgichi ketma-ket ulanishi kerak. Ulardan biri birinchi raqamni terganda, ikkinchisi esa ikkinchi raqamni terganda ishlaydi. Guruh qidirgichlari sonini oshirgan sari is-tagancha koʻp abonentlar orasida aloqa oʻrnatishga imkon tugʻilaveradi.Hozirgi vaqtda ancha takomillashgan – koordinatali ATS keng tarqalgan. Ularda qidirgich vazifasini koordinatali ulagich bajaradi. Bunday qidirgichning asosi koordinatalar toʻri boʻlib, u bir necha ayqashuvchi tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) yoʻllar (koordinatalar)dan iborat. Bu yoʻllar elektr magnit taʼsirida oʻz oʻqi atrofida maʼlum bur-chakka burila oladi. Yoʻllar tutashgan nuqtalarda kontakt guruhlari joylash-gan: ayqashuvchi yoʻllar burilgan paytda kontaktlar tutashib, abonentlar liniyalarini ulaydi.Mikroelektronika rivojlanishi munosabati bilan kvazielektron ATSlar ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmoqda (kvazielektron soʻzidagi lot. "kvazi" – "goʻe" soʻzi elektron stansiyalar haqida gap ketayotganligini bildiradi). Bun-day ATS larda abonentlar liniyalarini ulash ishlarini maxsus elektron hisoblash mashinalari boshqaradi. Bun-day stansiyalarda mikroelektronika ele-mentlaridan keng foydalaniladi. Bu esa stansiyani yigʻishni osonlashtiradi va tezlashtiradi, stansiya egallaydigan joyni ancha tejaydi va uning puxta ishlashini ta’minlaydi. Ammo bunday stansiyalarda chaqiradigan va chaqiriladigan abonentlar liniyalari kontakt plastinalar yor-damida ulanadi. Shu bois ATS tamomila elektron ATS emas, balki kvazielektron ATS deb yuritiladi. Bu kontakt plasti-nalar inert gaz toʻldirib kavsharlangan mitti shisha kolbaga joylashtiril-gan; plastinalar kolbaga mahkamlangan elektr magnit chulgʻami hosil qiladigan magnit maydon ta’sirida tutashadi. Bun-day qurilmalar gerkon (germetiklangan kontaktlar, rasmga q.) deb ataladi. Ular mikroelektronika elementlari kabi tez ishga tushadi. Hozir tuliq elektron ATS ham ishlab chiqilmoqda va amalda joriy qilinmoqda. Ularda ulashlarni boshqarish ham, ulashlarning oʻzi ham elektron tarzda yuz beradi.Shahar ATS va shaharlararo avtoma-tik telefon stansiyalari (SHATS) mavjud. SHATSning qidirgichlaridagi kontakt maydoniga abonentlar liniyalari emas, turli shaharlarni bir-biriga ulovchi koʻp kanalli tizimlarning kanallari ulanadi. Boshqa shahardagi abo-nentni chaqirayotgan abonent ma’lum raqamni (mas, 8 raqamini) teradi. Shunda u oʻz apparatidan SHATS qidirgichi choʻtkalariga boradigan liniyani ulaydi. Navbatdagi 3 ta raqam (mas, 095), ya’ni biror shahar kodi terilsa, chaqirayotgan abonent chaqirilayotgan shahar SHATS ga bogʻlanadi. Navbatdagi 7 ta raqamni te-rib, shahar ATS qidirgichlariga ta’sir qilinadi, shunda chaqirayotgan abonent telefon apparati chaqirilayotgan abonent telefon appa-ratiga ulanadi Download 107.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling