Elektron biznes va mobil tijorat


Download 20.2 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi20.2 Kb.
#1016732
Bog'liq
Soatov Turabek


Mavzu: Elektron biznes va mobil tijorat.

Reja:


  1. Elektron pul.

  2. Elekteron to’lov tizimi.

  3. Internet banking.

  4. Elekteron karmon.

  5. Mobil aloqa.

Elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilgan boʻlishi kerak. Markaziy bank va banklar (emitentlar) ularni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablagʻlari summasiga almashtirishga chiqaradi. Jismoniy va yuridik shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va elektron pullar tizimi agentlari elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin. Jismoniy shaхslar elektron pullarni toʻgʻridan-toʻgʻri emitentdan yoki elektron pullar tizimining operatori yoхud agenti orqali oladilar.
Elеktron to‘lov tizimi bo‘yicha intеrnеt orqali xizmat ko‘rsatadigan kompaniyalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning eng yirigi bu – Paypal tizimidir. 1998 yili tashkil etilgan PayPal ayni paytda jahonning 200ga yaqin mamlakatida faoliyat olib boradi va 160 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan mijozlariga ega. Tizim 17ta milliy valyutada ish yuritadi.
Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.
Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.
Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda elektron hamyon internetda onlayn xaridlarni amalga oshiradigan va u yerda frilanser, ya'ni erkin yollangan xodim (kopirayter, tarjimon, dizayner, dasturchi) sifatida faoliyat yuritadiganlar uchun ideal to'lov vositasi hisoblanadi.
Bunday hamyon yordamida Siz elektron pullar bilan turli xil hisob-kitoblarni amalga oshirishingiz mumkin. Bu elektron pullarning haqiqiy pul mablag'lariga aylanishi va bank hisobvarag'iga yoki bank kartasiga o'tkazilishi oson va oddiy.
Elektron hamyon - elektron pullarni saqlaydigan hamda internetdagi xaridlar va xizmatlar uchun haq to'lash, hatto pulni bank hisobvarag'iga yoki bank kartasiga o'tkazish yoki naqd pul olish imkonini beruvchi kompyuter dasturidir. O'tkazmalar bir zumda amalga oshiriladi, ko'plab elektron pullar tizimlari hisob-kitoblar va o'tkazmalarni turli valyutalarda amalga oshirish imkonini beradi.
Mobil telefon va mobil aloqa muhiti. Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo‘lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti– tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir-birlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida simsiz havo orqali uzatiladi.
Mobil aloqa xizmati operatorlari.Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zining mobil tarmog‘ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi.






Download 20.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling