Elektron biznesdagi tovar va xizmatlarning xususiyatlari 1
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
EB Yakuniy sh
Elektron hukumat
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot- kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. Elektron hukumat” tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va boshqalar) shugʻullandilar. Elektron tijoratning paydo bo’lishining shart-sharoitlari. Elektron tijoratning paydo bo‘lishi uchun iqtisodiy va texnik shartlar mavjud bo‘lgan. Iqtisodiy shart-sharoitlar XX asr ishlab chiqarishdagi texnologik operatsiyalarni bajarish uchun meyoriy vaqtni qisqartirishga doimiy hatti-harakatlar bilan tavsiflangan: XX asrning I-chi choragida - ommaviy ishlab chiqarish tamoyillarini joriy etish XX asrning II-chi choragida - ishlab chiqarishni kengaytirilgan mexanizatsiyalash; XX asrning III-chi choragida - ishlab chiqarishni avtomatlashtirish; XX asrning IV-choragida – mahsulotlarni loyihalashtirishi va ishlab chiqarilishini moslashuvchan avtomatlashtirilgan tarzda boshqarish. Shunday qilib, o‘tgan asrda mehnat unumdorligining keskin o‘sishi kuzatildi, bu esa ijtimoiylashtirilgan mahsulot tannarxidagi ijtimoiy mehnat xarajatlarning ulushini sezilarli darajada kamaytirdi. Ammo, oxirgi iste‘molchi ushbu yutuqlarni to‘liq his qilmadi. Tijorat siklining asosiy bosqichlari: tovarlar va xizmatlar bozorini o‘rganish; tovarlar va xizmatlarning xususiyatlarini boshqarish; tovar va xizmatlarning xususiyatlari to‘g‘risida bozorni xabardor qilish; tovar va xizmatlarning belgilangan xususiyatlaridan foydalanishga bozorni tayyorlash; tovarlar va xizmatlarga buyurtmalarni qabul qilish, qayta ishlash va bajarish; tovar oqimlari va ombor zaxiralarini optimallashtirish; mijozlar va etkazib beruvchilar bilan o‘zaro hisob-kitoblar; sotishdan keyingi xizmat. Shunday qilib, iqtisodiy shart-sharoitlar tijorat tsikllarida yuzaga keladigan xarajatlarni kamaytirish va ularni ishlab chiqarish tsikllarini 16 avtomatlashtirish natijasida erishilgan standartlarga yaqinlashtirishning ob‘ektiv zaruratda edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling