Elektron biznesdagi tovar va xizmatlarning xususiyatlari 1


Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana04.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1158715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
EB Yakuniy sh

Elektron tijorat va biznesning me’yoriy-huquqiy 
bazasi
 
O‘zbekistonda bu sohaga doir me’yoriy-huquqiy baza 
yaratilgan. Rivojlangan mamlakatlarda elektron tijoratga 
biznes yuritishning ajralmas bo‘lagi sifatida qaralsa, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda uni muqobil biznes 
yuritish usuli deb qaraladi. soha rivojlanishida «Elektron 
raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat almashinuvi 
to‘g‘risida»gi va «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi 
Qonunlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 2015-yilda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari ishlab chiqildi, 
2016 — 2018 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida 
electron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha 
tadbirlar kompleksi doirasida ishlar ham boshlab 
yuborilgan. Konsepsiyada 2018-yilga qadar elektron 
tijorat sohasida:elektron tijoratning to‘lov operatsiyalari 
sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, 
elektron tijorat sektorini tavsiflovchi indikatorlarni 
shakllantirish, axborot vositachilari faoliyatini tashkil etish 
tartibini ishlab chiqish, elektron tijorat qatnashchilarining 
mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarini kamaytirish bo‘yicha 
qonunchilikni takomillashtirish, elektron tijoratda eksport 
bitimlarini hisobga olish 
tizimini ishlab chiqish, elektron tijorat doirasida xalqaro 
pochta jo‘natmalarini bojxonada rasmiylashtirishni 
tartibga solish va boshqa masalalarni hal etish belgilangan. 
 


 
Elektron tijorat modellari 
Elektron tijoratni tashkil etish modellari o'zaro ta'sir 
qiluvchi sub'ektlar tomonidan tasniflanadi. Quyidagi uchta 
sub’yekt ko'rib chiqiladi: 

Biznes (Buseness, B ); 

Iste'molchi (Consumer, C ); 

Davlat (Government, G ) . 
Bitimlar ishtiroqchilar va o'zaro ta'siri boyicha electron 
tijorat tashkilotning to'qqizta modelini ajratish mumkin

B2B ( Business - to - Business ) ; 

B2C ( Business - to - Consumer ) ; 

B2G ( Business - to – Government) ; 

C2B ( Consumer - to - Business ) ; 

C2C ( Consumer – to - Consumer) ; 

C2G ( Consumer - to - Goverment ) ; 

G2B ( Government - to - Business ) ; 

G2C (Government -to- Consumer ) ; 

G2G ( Government - to - Government ) . 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling