Elektron biznesni himoya qilish usullari Reja
Download 23.88 Kb.
|
Axborot xavfsizligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.“Elektron biznes” fanining paydo bo‘lishi muomalaga yangi atamalari.
Elektron biznesni himoya qilish usullari Reja 1.Elektron biznes fanining paydo bo’lishi . 2.Elektron biznes tizimi 3.Elektron biznes tizimi infratuzilmasining asosiy elementlari 4.Elektron biznesning maqsadi va vazifalari 1.“Elektron biznes” fanining paydo bo‘lishi muomalaga yangi atamalari. kategoriyalar va tushunchalar kiritilishi bilan bog‘liq. Hozirda yangi tushunchalar paydo bo‘ldi: elektron magazin, elektron vitrina, elektron pullar, elektron to‘lov tizimlari, elektron raqamli imzo va Bugungi kunda “Elektron biznes”, “Internet-biznes”, shuningdek, “elektron savdo” kabi asosiy tushunchalarning turlicha ta’riflari ma’lum. Har bir muallif o‘zining kasbiy tayyorgarligi va olgan tajribasiga ko‘ra mazkur tushunchaga aniq ma’no kiritadi. “Elektron biznes” va “elektron savdo” tushunchalarining klassifikatsiyasi Yuqorida keltirilgan “elektron biznes” hamda “Internet-biznes” tushunchalarining ta’rifi elektron biznesni zamonaviy tizimining barcha elementlarini to‘liq aks ettirmaydi. Ularda mazkur tizimni amal qilishning maqsadli yo‘nalishi mavjud emas, shuningdek, biznesni amalga oshirishdagi prinsipial o‘zgarishlar aks ettirilmagan. “Internet-biznes” tushunchasi faoliyat turlarini faqatgina savdo va reklama bilan cheklab qoladi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyatidagi operatsiyalarining katta hajmi mazkur tushunchaga kiritilmagan (mahsulotni taqsimlash haqidagi bitim, savdo vakolati, faktoring, lizing, loyihalashtirish, konsalting, investitsiya bitimlari, foydalanish va konsessiya haqidagi kelishuv, birgalikdagi faoliyat va boshqalar). “Elektron biznes” tushunchasiga eng ma’qul ta’rif N.Solovyanenko tomonidan keltirilgan. Elektron biznes – bu biznesni an’anaviy turlariga nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsadida eng ilg‘or axborot texnologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir. Ushbu ta’rifga ko‘ra, elektron biznes – bu faqatgina elektron savdo emas. Elektron biznes – bu Internet tarmog‘ida yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan savdogina emas. Uning tarkibiga turli biznes – operatsiyalarining katta miqdori kiradi. Elektron biznes yordamida firma asosiy maqsadida ifodalangan iqtisodiy va moliyaviy maqsadlarga erishish ta’minlanadi. “Elektron biznes” atamasi har xil texnologiyalarni o‘z ichiga oladi, ular: EDI Electronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashinuvi, elektron pochtasi, Internet, intranet kompaniya ichida ma’lumot almashish, ekstranet tashqi dunyo bilan ma’lumot almashish. Elektron biznes – bu elektron usulda amalga oshiriladigan ishbilarmonlik operatsiyalarining har qanday shakllarini o‘z ichiga oladigan umumiy konsepsiyadir. Download 23.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling