Test topshirig‘i-testning minimal tashkil etuvchi birligi bo‘lib, topshiriq turiga bog‘liq ravishda tanlash uchun javoblar to‘plamiga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin.
Masofadan o‘qitish-o‘quv yurtidan uzoq masofadagi jismoniy shaxsga o‘qituvchilarning doimiy maslahat olish bilan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlaydigan zamonaviy pedagogik, kompyuterli va telekommunikatsion texnologiyalar, uslublar va vositalar majmuasi.
YAgona axborotli ta’lim fazasi-ta’lim oluvchilar, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari boshqaruvi va jamiyatni axborotli ta’minlashning yagona texnologik vositalari bilan ta’minlaydigan kompyuterli texnikadan foydalanishga asoslangan dasturli telekommunikatsion muhit. Ushbu muhit ta’lim jarayoni va ta’lim muassasasini boshqarishni axborot bilan qo‘llab-quvvatlashga, ta’lim jarayonining borishi va natijalari, shuningdek ta’limdan tashqari tadbirlarni axborotlashtirishga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |