Tarmoqli vositalar-o‘quv jarayonining telekommunikatsion komponentlarini qo‘llab quvvatlash uchun, shuningdek elektron o‘quv nashrlarni yaratishda telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Tarmoqli vositalar tarkibiga telekommunikatsiyaning standart vositalari kiradi va ularning yordami bilan joylashish o‘rnini ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quv materiali sifatida lokal va global kompyuter tarmoqlarining axborot resurslari jalb qilinishi mumkin.
Bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratlarni pedagogik testli nazorat qilish tizimi – test nazoratida harakatga keltirilgan pedagogik, uslubiy, texnikaviy, tashkiliy resurlar birligi.
Gipermatnning ma’lumotli (axborotli) maqolasi –maqola mavzusi, matnning o‘zi va tegishli axborot maqolalariga giper jo‘natish ro‘yxati belgilangan sarlavhadan tuzilgan gipermavzuli hujjatning komponenti.
Elektron nashr sahnasi-mazmunida alohida tuzilish komponentlari aniq bo‘lgan mazmuniy, mantiqiy jixatdan foydalanuvchi bilan elektron nashr o‘zaro harakatining dasturiy rejasi.
Atama – berilgan fan sohasiga moslashtirilgan va yirik ilmiy aniqlovchiga ega bo‘lgan maxsus tushunchani aks ettiradigan so‘z yoki so‘z birikmasi.
Testlashtirish-statik asoslangan shkala va me’yorga tayanadigan, miqdoriy baho bilan yakunlanadigan testlar asosida o‘lchash yoki shakllantirilgan baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |