1-mavzu. Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasisifatida Reja


Download 59.78 Kb.
bet1/6
Sana02.04.2023
Hajmi59.78 Kb.
#1320357
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oraliq uchun Ped.tex


1-mavzu. Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasisifatida
Reja:

  1. Pedagogik texnologiya fan sifatida.

  2. Pedagogik texnologiyaning asosiy kategoriyalari.

  3. Pedagogik texnologiyaning metodologika soslari.

Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ularyordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. «Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga–XVIIasrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo`ldi.Bunday murakkab va mehnat talab mashina va jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xomashyo, materiallar, yarimfabrikat va mahsulotlarni olish,ishlov berish, qayta ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq,ketma-ket va aniq bajariladigan harakat,operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi.Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlabchiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiyadeb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi. «Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shuasosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi.«Texnologiya» va «Pedagogika»ningfansifatidabirtarixiy davrda shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir. PT – bu Ta`lim beruvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir.Pedagogik nashrlarda
«texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma’lumot texnologiyasi» va hok. O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «Ta`lim beruvchi– moddiy muhit – ta`lim oluvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirishmetodikasiyokienergiyaningsaqlanishqonuninifizikakursiningelektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.
PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di. Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarningturg’unligi,samaradorligi,oldindanloyihalanishzaruratibilanmetodikadanfarqlanibturadi.SHubilanbirgalikdama’lumvaqtdavomidaPT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi.
Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quvmaqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi.



Download 59.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling