1-mavzu. Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasisifatida Reja
-mavzu. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi
Download 59.78 Kb.
|
oraliq uchun Ped.tex
- Bu sahifa navigatsiya:
- -mavzu. Pedagogik texnologiyalar tasnifi
- Pedagogik texnologiya turlari.
5-mavzu. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi
Reja: Pedagogik jarayon tizim sifatida. Pedagogik texnologiya tizimli yondashuv sifatida. Ta’lim texnologiyalarining tarkibiy qismi. Pedagogi ktexnologiyalar tasnifi: qo’llanilish darajasiga ko‘ra; falsafiy asoslariga ko'ra; asosiy omillari bo'yicha; ilmiy kontseptsiyalar bo‘yicha; bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish turiga ko‘ra va b. Pedagogik texnologiyaning asosiy belgilari vatasnifi«Pedagogik texnologiya» tushunchasining qo`llanilishi, shuningdek, asosiy e’tiborni faqat ta’lim jarayonini samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish lozimdir. «Ta’lim texnologiyasi» tushunchasi «ta’lim metodikasi» tushunchasiga nisbatan kengdir. Ta’lim metodi — o`quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo`naltirilgan o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo`lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o`quv predmetini o`qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini ifodalaydi. Ta’lim texnologiyasi — ta’lim maqsadiga erishish jaraenining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyixalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma —boskich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo`lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yo`qori darajada boshqarishni ifodalaydi. 1. Ta’limning yo’l va vositalari:Ta’lim usullari; ta’lim shakllari; ta’limning yo’llari, texnikalari; ta’lim vositalari. 2. Muloqotning yo’l va vositalari:2.1. Ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan birga tezkor qaytar aloqa asosida bevositao’zaro harakati:(1) ta’lim beruvchi - o’quv axborot manbai, undan foydalanishning tashkilotchisi hamdanazoratchisi;ta’lim oluvchi - axborot iste’molchisi, ta’sir o’tkaziladigan boshqaruv ob’ekti;(2) ta’lim beruvchi - o’quv axboroti manbai bo’lib, maslahatchi, ta’lim jarayoniningsub’ektlari o’rtasida axborot almashinuvining muvofiqlashtiruvchisi;ta’lim oluvchi- o’quv axborotini egallash va uni ishlatish bo’yicha shaxsiy mustaqilijodiy faoliyat sub’ekti.2.2. Vaqt bo’yicha bo’lingan qaytar aloqa bilan ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilanbirga bavosita o’zaro harakati:(1) ta’lim beruvchining ta’lim manbalari bilan ta’lim oluvchilarni eng kamishtiroklaridagi o’zaro harakati;(2) ta’lim beruvchining bir ta’lim oluvchi bilan, ikkita ta’lim oluvchi o’rtasidagi: faolo’zaro harakat;(3) ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari o’rtasida: ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarguruhi bilan; ta’lim oluvchi guruhlar o’rtasida: faol o’zaro harakat.3. Axborotning yo’l va vositalari:axborotni yetkazish - monolog, dialog, ‘olilog;axborotni olish (qaytar aloqa) - tashxis, baholash, kuzatuv.4. Boshqaruvning yo’l va vositalari:Bashoratlash; rejalashtirish; nazorat; baholash; axborotni yig’ish, uning to’’lanishiva tahlil; o’zgaruvchanlikni va yo’nalishni aniqlash; boshqaruv xulosasini qabul qilish; o’zgartirish kiritish. Ta’lim texnologiyasinngi kontse’tual asoslari. TTning bu qismida quyidagilar yoritiladi:o’quv fanining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, auditoriya soatlarining umumiy hajmi va o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq ularni mavzular bo’yicha taqsimoti, ish turlari;o’quv fanining mazmuni, o’quv fanining namunaviy dasturiga muvofiq o’quvfanining mavzu mazmuni bayon etiladi;o’quv mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning kontse’tual holatlari - ta’lim berish, muloqot, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlashning asosi bo’ladigan, ta’lim texnologiyasini loyihalash va rejalashtirishning kontse’tual asoslari. 3. Ma’ruza, amaliy va seminar mashg’ulotlariga loyihalangan ta’lim texnologiyasi. Har bir ta’limiy texnologiya ta’lim texnologiyasi, ta’limning texnologiya xaritasi, texnologiyaxaritasiga ilovalardan iborat bo’ladi.3.2. O’quv fani bo’yicha o’qitish rejasining tuzilishi va mazmunli tarkibi Aniq fan va mavzu bo’yicha mashg’ulotning ta’lim modeli jadval ko’rinishida bo’lib, unda quyidagilar ko’rsatiladi:dastlabki ma’lumotlar: o’quv mavzusi, vaqti, talabalar soni;shakl (ma’ruza, seminar va boshq.) va ko’rinishi (masalan, muammoli ma’ruza va bosh.),o’quv mashg’uloti rejasi/tuzilishi, uning maqsadi, o’quv faoliyatining ko’zlanayotgan natijalari,Pedagogik vazifalari; tanlangan ta’lim modeli: usullar, shakllar va o’qitish vositalari;ta’lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan, guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar;monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo’l va vositalari: nazorat turi (yozma va og’zaki), nazorat shakli ( tezkor-so’rov, test olish, taqdimot, o’quvto’shiriqlari va boshq.) 6-mavzu. Pedagogik texnologiyalar tasnifi Reja: Pedagogik texnologiyalar turlari, ana’anaviy va zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o‘yin texnologiyalar, jadallashtiruvch ita’lim texnologiyalar, muammol ita’lim texnologiyasi. Pedagogik texnologiya turlari. Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladiUzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud. Hozirda mavjud bo`lgan pedagogik texnologiyalarni bir qancha belgilariga qarab turlarga ajratiladi. Bu belgilar haqida gapirishdan oldin shuni eslatib o`tishimiz kerakki, pedagogik texnologiya doimo kompleks xarakterga ega bo`lib, u faqat bittagina omildan, metoddan, tamoildan foydalanmaydi.Bilish faoliyatini boshqarish bo`yicha pedagogik texnologiyalar turlari: Ta’lim oluvchiga yondashuv turi bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha nomlanadi: Qo`laniladigan asosiy metod bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi: Tashkili yshakllarig ako`ra pedagogik texnologiyalar quyidagit urlarga bo`linadi: Bundan tashqari shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo`naltirilganlik bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi. Muammoli ta’lim-o‘quvchilar faoliyatini nazariy va amaliy muammolarni va ushbu muammoli vaziyatlar kuchi orqali yaratilgan muammoli topshiriqlarni hal etish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishga asoslangan holda tashkil etish usulidir. Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarning bahslari, mushohadalarida amalga oshiriluvchi analiz-sintez faoliyatiga asoslanadi. Bu ta’limning tadqiqotchilik turidir. Muammoli ta’lim bosqichlari: Muammoli vaziyat yaratish. Vaziyatlarni taxlil qilish asosida muammolarni quyadi. Farazlarni yuzaga chiqarish almashtirish va tekshirish jarayonlarini mujassam etuvchi muammolarni hal etish. Yechimni tekshirish. Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi: O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi. O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi. O‘quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi: 1. Talabalar qo‘yilgan vazifaning yechilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydshtr. 2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar. 3. Vazifaning nazariy jihatdan yechilishi mumkin bo‘lgan yo‘li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo‘llash qiyinligi orasida ziddiyat yuz beradi. 4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim yetishmasligi o‘rtasida ziddiyat yuz beradi. Download 59.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling