1-mavzu. Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasisifatida Reja


-mavzu. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi shaxsi


Download 59.78 Kb.
bet4/6
Sana02.04.2023
Hajmi59.78 Kb.
#1320357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oraliq uchun Ped.tex

4-mavzu. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi shaxsi
Reja:

  1. O‘quvchi shaxsi ta’lim jarayonining obyekti va subyekti sifatida.

  2. Shaxs qiyofasining tuzilishi va uning to‘rt darajasi: temperament, psixik jarayonlarning o‘ziga xosligi, tajriba va shaxs o‘nalganligi.

  3. Aqliy harakat usulari

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng bizning hayotimiz hamma sohasida chuqur o‘zgarishlari amalga oshirildi. Bu o‘zgarrishlar butun ta’lim mazmunini qayta tashkil etishni, ta’lim muassasalari faoliyatini, maqsad va vazifalarini hamda ularni boshqarishni o‘zgartirishni talab etdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston yangilanish va taraqqiyot yo‘li” kitobida “...yakuniy maqsad kuchli demokratik davlat va ochiq tashqi siyosatli fuqarolik jamiyati qurish bo‘lishi kerak. Faqat ana shunday jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib hayotini, uning huquq va erkinligini kafolatlashi, milliy Mustaqillik davrida ta’lim sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ta’lim sohasida bir qator hujjatlar qabul qilindi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda jahon ta’lim hamjamiyatiga kirishga yo‘naltirilgan ta’lim yangi tizimini tashkil qilish oli borilmoqda. Bu jarayonda o‘quv-tarbiyaviy ishlarni pedagogik nazariyasi va amaliyotida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi sharoitlarda o‘qituvchi, rahbar zamonaviy innovatsion texnolo­giya­lar, g‘oyalar, yo‘nalishlarni bilishi kerak, ilgari ma’lum bo‘lganlarni qayta kashf etishga bekorchi vaqt sarflamasligi kerak. Bugungi kunda ta’lim texnologiyalari keng turlarini o‘rganmay turib pedagogik bilimli mutaxas­sis bo‘lish mumkin emas, “Pedagogik texnolo­giya­lar” kursini o‘rganish va lek­siya­lar ana shularga mo‘ljallangan.


Shaxs tajribasi sathi. Bu sath bilim, malaka, ko‘nikma, odat kabi sifatlarni o‘z ichiga oladi.Shaxsning yo‘nalganlik sathi. Bu shaxsning shunday sifatini, unda insonning atrof-muhitga munosabati aks ettiriladi, mazmuni bo‘yicha ijtimoiy sifatlarini birlashtiradi. Shaxsning xulqini yo‘naltiruvchi va boshqaruvchi psixologik asosiy uning qiziqishlari, qarashlari, ishonchi, ijtimoiy ko‘rnsatmalar, qadriyatlari, odob-axloq prinsiplari va dunyoqarashi hisoblanadi. Yo‘nalganlik (ehtiyojlar va Men-konsepsiyasi bilan birga) shaxsni o‘zini boshqarish mexanizmining (shartli ravishda SHO‘BM) asosini tashkil etadi. Shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik qarashlari va xususiyatlari kerakli BMKlar to‘plami bilan birgalikda estetik va ma’naviy sifatlari doirasini tashkil etadi (shartli ravishda SEN). Aytib o‘tilgan bir-biri bilan bog‘liq qatlamlar sifatida, uning markazida biologik tashkil topgan sifatlari joylashib qobig‘ini “yo‘nalganlik”-insonning ijtimoiy mohiyati tashkil etadigan ko‘rinishda tasavvur qilish mumkin. Biroq shaxs tuzilishida bir qator sifatlar hamma darajalarda ham bir xil namoyon bo‘lmaydi. Bu sifatlar, aniqrog‘i sifatlar guruhi: ehtiyoji, xarakteri, qobiliyati va shaxsning “Men” konsepsiyasi darajalari bilan birga shaxsning ma’lum sifatlari hamma guruhlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va murakkab yaxlit tizimni tashkil etib bir-birini o‘rnini to‘ldiradi.
Hamma jonli organizmlar yashash, oziqlanish birinchi ehtiyojini, avlodni davom ettirish, xavfsizlik masalalarini hal etishga intiladilar.
Inson bu masalalarni hal etishda juda katta ishlarni bajargan, murak­kab sivilizatsiyani yaratgan fan, texnika, madaniyat, san’atning birlashu­vi­dan iborat.
Insonni sivilizatsiya hozirgi davr darajasiga olib kelgan psixologik individual jarayon – bu fikrlashdir. Fikrlash – insonning atrof-dunyodagi obyektlar va hodisalarni hamda ularning boІliqliklarini o‘rganish, hayotiy muhim vazifalarni hal etish, noma’lumni izlash, kelajakni ko‘ra bilish jarayonidan iboratdir.
Fikrlash – bu ongning ishlash jarayoni, miyaning undagi bo‘la va oli­nayot­gan axborotlarni qayta ishlab chiqishi va natija olishidir.
Fikrlashni amalga oshirish usullarini aqliy harakatlar usullari (AHU) deb ataydilar. Ularni quyidagi tarzda turlarga ajratish mumkin:
Fikrlash asosiy vositalari xususiyatlari bo‘yicha: predmetli-amaliy, ko‘rgazmali-obrazli, abstrakt, intuitiv.
Jarayonning matiqiy tuzilishi bo‘yicha: qiyoslash, analiz, abstrakt­lash­ti­rish, umumlashtirish, sintez, turlarga ajratish, induksiya, deduksiya, inversiya, refleksiya, gipoteza, tajriba va boshqalar.


Download 59.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling