«paxta chigitini maydalash usullari va maydalash jihozlari tahlili» Annotatsiya
Download 68.52 Kb.
|
Shaxrizoda Murodjonova Muxsinjon qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar.
Shaxrizoda Murodjonova Muxsinjon qizi Farg'ona Politexnika Instituti Yengil sanoat va to'qimachilik ishlab chiqarish jihozlari yo'nalishi 1-bosqich talabasi «PAXTA CHIGITINI MAYDALASh USULLARI VA MAYDALASH JIHOZLARI TAHLILI» Annotatsiya. Ushbu maqolada paxta chigitini maydalash usullari, maydalash jarayoniga ta'sir etuvchi omillar, chigitni maydalashni ahamiyati, maydalagichlar tahlili yoritilgan. Kalit so‘zlar. Maydalash, maydalagich, urug‘, qobiq, mag‘z, pichoq, ajrtatish O‘zbekiston Respublikamizda hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil yanvar-noyabr oylarida yog‘-moy uyushmasi tizimidagi korxonalar tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb 4,4 trillion so‘mni tashkil etdi yoki o‘sish sur'ati 106,8 foizga teng bo‘ldi. Natura ko‘rinishida 199,2 ming tonna o‘simlik moyi, 31,4 ming tonna margarin mahsulotlari ishlab chiqarilishi ta'minlandi va aholi istemoli uchun yo‘naltirildi. Investitsiya dasturi doirasida 9 ta loyiha bo‘yicha 25,5 million dollar miqdorida sarmoya o‘zlashtirildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 115,1 foiz o‘sish sur'atiga erishildi. Loyihalarning amalga oshirilishi bois 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. O‘tgan yil davomida qariyb 19 million dollar miqdorda sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lsa, mahalliylashtirish dasturiga asosan 17,4 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishildi. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, moyli xomashyolarni qayta ishlab sifatli maxsulot olish korxonaning iqtisodiy ko’rsatgichini yaxshilaydi. Moyli urug‘lar hujayralarida moy bir tekis taqsimlangan. Ko‘p miqdordagi moy mag‘zida to‘plangan, urug‘ va mag‘izni o‘rab turuvchi qavatlarda moy kam miqdorda bo‘lib, bu moylar tarkibi jihatdan mag‘iz tarkibidagi moydan farq qiladi. Turli moyli urug‘larda mag‘iz va qobiq o‘rtasidagi o‘zaro nisbat turlicha bo‘lib, u naviga va o‘stirilgan tabiiy iqlim sharoitiga qarab o‘zgarib turadi. Yuqori sifatli moy, shrot va kunjara olishda moyli urug‘ni chaqish hamda uning qobig‘ini ajratish asosiy va muhim jarayon hisoblanadi. Mag‘iz va qobiqning o‘zaro munosabati uning qobig‘ini ajratib qayta ishlaganda, qurilmalarning ish unumdorligiga, olinayotgan mahsulotlar sifatiga va sheluxa, shrot, kunjara va moyning chiqishiga ta’sir qiladi. Moyli urug‘lar, urug‘ qavati, mag‘iz qavatining xarakteri va bog‘liqligini mustahkamligiga ko‘ra ikki guruhga: ● qobiqli moyli urug‘lar, ● qobiqsiz moyli urug‘larga bo‘linadi. Qobiqli moyli urug‘larga kungaboqar, paxta chigiti kabilar kiradi va ular qayta ishlashda mag‘iz urug‘ qobig‘idan ajratilib so‘ng qayta ishlanadi. Agar moyli urug‘ qobig‘ini ajratmasdan qayta ishlansa undan olingan moyning sifati past bo‘lib, mazasi va hidi yomonlashadi, kislota soni va rangi katta bo‘ladi, saqlash muddati qisqaradi. Tekshirishlardan shu narsa ma’lumki qobig‘i ajratilmasdan qayta ishlangan chigitdan olingan shrotning moyliligi, qobig‘i ajratilgan olingan chigitdan olingan shrotning moyliligidan katta bo‘ladi. Chunki qobiq mo‘rt bo‘lib u moyni o‘ziga yutadi va buning natijasida moyning chiqishi kamayib, chiqitga chiqishi ko‘payadi. Qobig‘ini ajratishning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu maydalash va presslash, ekstraksiyalash jarayonlarini yengillashtiradi. Chunki qobiqning mexanik mustahkamligi mag‘izning mustahkamligidan bir necha marotaba katta bo‘lib u qurilmalarning yeyilishini tezlashtiradi va foydali ishlashini kamaytiradi. Yuqori sifatli moy va oqsili ko‘p bo‘lgan shrot olishda imkon qadar maksimal miqdorda mag‘iz qobig‘ini ajratish kerak. Ayniqsa oziq-ovqat uchun ishlatiladigan soya shrotini olishda, xantaldan meditsinada va oziq-ovqatda ishlatiladigan xantal kukuni tayyorlashda qobiqni ajratish birinchi darajadagi ishlar bo‘lishi zarur. Moyli urug‘ mag‘zidan qobig‘ini ajratish jarayoni bu urug‘ni chaqish yoki maydalash va maydalangan massani fraksiyalarga ajratish bo‘lib, bu jarayonni yaxshi amalga oshirishda quyidagi yordamchi jarayonlarning ahamiyati katta. Bularga urug‘larni o‘lchami bo‘yicha ajratish, mag‘iz va qobiqning o‘zaro bog‘liqligini susaytirish, mag‘izni mexanik qarshiliklarga chidamli qilish va boshqalar. Urug‘larni po‘chog‘idan ajratish ikki bosqichda amalga oshiriladi, birinchi bosqichda po‘chog‘i chaqiladi, ikkinchi bosqichda po‘choq mag‘izdan ajratiladi. Urug‘larning po‘chog‘ini sindirganda hosil bo‘lgan massaga rushanka deyiladi, u butun mag‘iz, qobiq, po‘choq, mag‘iz bo‘lagi, moy changi, chaqilmagan va bir qism chaqilgan urug‘dan tashkil topgan. Rushanka tarkibidagi komponentlarning o‘zaro nisbati turlicha bo‘lib, ular urug‘ning turiga, uning o‘lchamlari, namligiga, qayta ishlashga tayyorlash sharoitiga va maydalashda qanday qurilmalardan foydalanishiga bog‘liq. Texnologik normalarga muvofiq rushankaning sifati quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak. Kungaboqar urug‘ini qayta ishlashda rushanka tarkibida maydalanmagan urug‘ 25% dan, mag‘iz bo‘laklari 15% dan, moy changi 15% dan oshmasligi o‘rta tolali paxta chigitini qayta ishlashda ikki bosqichli maydalashda, birinchi maydalashdan keyin butun urug‘ 30% dan, ikkinchi maydalashdan keyin 0,8% dan oshmasligi, ingichka tolali paxta chigitini maydalaganda rushanka tarkibidagi butun urug‘lar 15–20% dan oshmasligi kerak.Hozirgi vaqtda urug‘larni chaqishning yangi usullarini sanoatga tadbiq qilish ustida ishlar olib borilmoqda, bu usullarga: 1. Aeroshelusheniya – havo yoki gazni tovush va tovush tezligidan yuqori tezlikda harakatlantirish orqali urug‘ning qobig‘ini yorish va undan mag‘izni ajratish. 2. Urug‘ qobig‘i ichida turli usullar (yuqori chastotali elektromagnit maydonida, bosimni bir necha marotaba o‘zgartirib, urug‘ ichida impuls hosil qilish) yordamida ortiqcha yuqori bosim hosil qilib urug‘ni chaqish. Bu usullarni tadbiq qilishdan maqsad imkon qadar mag‘izni sindirmasdan qobiqni ajratish va qobiq bilan chiqitga chiqadigan mag‘iz miqdorini kamaytirish, mag‘izni maydalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik. Moyli urug‘lar qobig‘ining mustahkamligi uning namligiga bog‘liq bo‘lib, namligi miqdoriga qarab ularni maydalash uchun sarf bo‘ladigan energiya miqdori ham turlicha bo‘ladi. Paxta chigitining namligi katta bo‘lsa bunday chigit maydalanish vaqtida gardishlar orasiga tushganda elastik deformatsiyalanib kesilmaydi, maydalangan mag‘iz bo‘laklari qobig‘iga yopishib qoladi uni qobiqdan ajratish qiyin bo‘ladi, buning natijasida rushanka tarkibida kesilmagan urug‘lar miqdori ko‘payib mag‘izni sheluxa bilan birga chiqitga chiqishiko‘payadi. Quruq chigit yaxshi chaqiladi, lekin bunda mag‘iz maydalanib sheluxaga yopishib qoladi, mag‘iz chang hosil qilib havo bilan aralashib chiqitga chiqadi. Maydalanadigan paxta chigitining optimal namligi 10–12% bo‘lishi kerak. Maydalash vaqtida qobiq bilan mag‘izning namligi o‘rtasidagi farq 1–2% bo‘lishi kerak, shunda rushanka tarkibida mag‘iz shuncha kam maydalaniladi, moy changlari kam hosil bo‘ladi. Maydalashda urug‘larning o‘lchami ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘lchami katta bo‘lgan urug‘lar yaxshi, o‘lchami kichik bo‘lgan urug‘lar qiyin maydalanadi. Imkon qadar urug‘larni maydalanmasdan oldin o‘lchami bo‘yicha fraksiyalarga ajratilsa ular bir tekis maydalanadi. Bulardan tashqari urug‘ning bir tekis maydalanishiga qobiqning qalinligi, mag‘iz bilan qobiq oralig‘idagi havo bo‘shlig‘ining o‘lchami, mag‘iz bilan qobiqning o‘zaro va maydalash uchun ta’sir etayotgan tashqi kuchning yo‘nalishi ta’sir etadi. Paxta chigitining 57–61% mag‘izdan, qolgan 39–43% sheluxadan iborat. Sheluxa pishiq strukturali va mag‘izga juda zich joylashgan bo‘lib, urilganda yokisiqilganda sinmaydi. Sheluxani mag‘izdan ajratish uchun pichoqli juda kuchli mashinalar kerak. Bu ish shelushilka (guller) degan pichoqli yoki gardishli mashinalarda bajariladi. Chigitni sheluxadan ajratish jarayoni ikki bosqichdan iborat: birinchi bosqichda chigit gullerdan o‘tkaziladi va separatorda mag‘iz sheluxadan ajratiladi. Birinchi bosqich maydalashda 25% chigit butun qoladi. Mag‘izdan ajratilgan sheluxa va butun qolgan chigit ikkinchi bosqichda gullerdan o‘tkaziladi va separatorda mag‘iz sheluxadan ajratiladi. Ikkinchi marotaba gullerdan o‘tganda 0,25% gacha butun chigit qolishiga ruxsat beriladi. 1-rasmda gardishli va pichoqli gullerlar ko‘rsatilgan. Gardishli gullerning cho‘yan korpusida sifatli po‘latdan yasalgan ikki dona gardish bor. Ularning biri qo‘zg‘almaydigan, ikkinchisi qo‘zg‘alib aylanib turadi. Bu ikkala gardishning oralig‘i 7 gayka va kontrgaykali vint yordamida rostlab turiladi. Har qaysi gardishga bolt yordamida oltitadan cho‘yan pichoq o‘rnatilgan. Bu pichoqlarning sirti o‘tkir nov shaklida taram-taram qilib ishlangan. Shu novlar chigitni chaqadi (yoradi). Gardish aylangan vaqtda novlar bir-biri bilan uchrashib, orasiga tushgan chigitni chaqadi. Qurilmaga chigit bir xil miqdorda ta’minlagich orqali uzatib turiladi.Hozirgi vaqtda AS–900 va MSHV tipidagi gardishli gullerlar ishlatilmoqda. Pichoqli shelushitel qurilmasi ingichka tolali paxta chigitini maydalashda ishlatiladi. Sheluxa bilan birga kam moy yo‘qolishi va kunjara tarkibidagi oqsilni kamaytirib yubormaslik uchun chigitni maydalashda quyidagilarga e’tibor berish kerak: 1) chigitda namlik yetarli bo‘lishi; 2) chigit ustida qolgan tuk va momiq miqdori ko‘p bo‘lmasligi; 3) chigitning sifati standartda ko‘rsatilgandek bo‘lishi (kuygan, qizigan va buzilmagan bo‘lishi); 4) chigit bilan aralashib kelgan chang, momiq va boshqa chiqindilar miqdori kam bo‘lishi; 5) separatorning hamma qismi normal ishlashi kerak. Download 68.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling