Elektron hukumatning asosiy tamoyillari


Elektron hukumatning asosiy tamoyillari


Download 31.05 Kb.
bet3/9
Sana02.06.2024
Hajmi31.05 Kb.
#1836548
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
umrzoq iqtisodiyotda axborot texnologiyasi

Elektron hukumatning asosiy tamoyillari.  

  • hukumatning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: – davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi; – elektron davlat xizmatlaridan murojaat etuvchilarning teng ravishda foydalanishi; – «Yagonaoyna» tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish; – davlat organlarining hujjatlarini bir xillashtirish; – elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish; – elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini izchil tarzda takomillashtiribborish; – axborot xavfsizligini ta’minlash.

Elektron hukumat imkoniyatlarini amalga oshirish maqsadida ko‘pgina davlatlar elektron xukumatni rivojlantirishni o‘zlarining siyosiy rejalariga kiritmoqdalar. Jahon tajribasidan ma’lumki, dastlabki e’tibor AKTdan foydalanish orqali davlat ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan edi. Shu bilan birga, elektron xukumat xizmatlariga davlat tomonidan cheklangan investitsiyalar ta’siri natijasida, 2000 yilning o‘rtalarida fuqarolarga yo‘naltirilgan yondashuvlar o‘zgara boshladi. Ushbu harakatlar natijasida xukumat xizmatlarini yetkazib berish jarayonida fuqarolarning davlat xizmatlariga turli ehtiyojlarining mosligini ta’minlash birinchi o‘ringa qo‘yilganligi orqali sezilarli o‘zgarishlarga erishildi.
Bugungi kunda elektron hukumat nafaqat davlat sektori vazifalarini va jarayonlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun bir muhim vosita, balki hukumatni o‘zgartirishga va xizmat ishlab chiqish va yetkazib berish uchun yangi yondashuvlarni yaratishda asosiy omil hisoblanmoqda. Umuman olganda, onlayn xizmatlarning ko‘payishi, ushbu xizmatlardan yanada kengroq foydalanish, o‘z navbatida elektron hukumat tizimining ta’siri katta ekanligidan dalolat beradi. Shunday qilib, elektron hukumat, hukumat shaffofligi va ichki samaradorlikka bevosita ta’sir etib, barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun elektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilarining muhim ommasi shakllanishini talab qiladi.

Elektron hukumat xizmatlari foydalanuvchilarining muhim ommasining ko‘payishi, ana’naviy xizmat ko‘rsatish usulidan voz kechib, elektron hukumat xizmati ko‘rsatish usuliga o‘tib ketishlari talab etiladi. Bu jarayon osonlik bilan amalga oshmaydi, albatta. Jahon banki elektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilari uchun onlayn xizmatlarni ko‘paytirish hamda ulardan foydalanish muhimligi haqidagi izlanishlarni olib bordi va quyidagini aniqladi:

  • Elektron hukumat xizmatlari foydalanuvchilarining muhim ommasining ko‘payishi, ana’naviy xizmat ko‘rsatish usulidan voz kechib, elektron hukumat xizmati ko‘rsatish usuliga o‘tib ketishlari talab etiladi. Bu jarayon osonlik bilan amalga oshmaydi, albatta. Jahon banki elektron fuqarolar va elektron biznes ishtirokchilari uchun onlayn xizmatlarni ko‘paytirish hamda ulardan foydalanish muhimligi haqidagi izlanishlarni olib bordi va quyidagini aniqladi:
  • 5-10 yil oldin birinchi marotaba elektron hukumatni joriy etgan ko‘pgina davlatlar shunday xulosaga keldilarki, jamoaga, elektron hukumat tizimi ushbu sohaga davlat tomonidan taklif etilayotgan sarmoyalar yordamida davlat xizmatlarini Internet tizimida onlayn ko‘rinishda taqdim etishiga qaramasdan mavjud e-xizmatlardan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda. Elektron hukumat tizimini joriy etish, uni ishlatishda aholining aksariyat talab-ehtiyojlarini qondira olsa, ular tomonidan qo‘llab-quvvatlanish imkoniyatlari bo‘lsagina ushbu yangi tizim muvafaqiyatga erisha oladi.

Download 31.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling