Elektron jadval muharrirlari. Elektron jadval muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari. Asosiy tushunchalar: katak, diapazon, sahifa, satr va ustun


Download 1.86 Mb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1631037
  1   2   3   4
Bog'liq
5- excel

Elektron jadval muharrirlari. Elektron jadval muharrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari. Asosiy tushunchalar: katak, diapazon, sahifa, satr va ustun.

Tuzuvchi: A.Meyliev

Reja:

  • Reja:
  • 1. Microsoft Excel 2010 dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.
  • 2. Microsoft Excel 2010 dasturini yuklash.
  • 3. Microsoft Excel 2010 dasturini darchasi.
  • 4. Jadvalli hisoblashlar.

Tayanch so'z va iboralar: satr, ustun, adres, varaq, formula, main, saralash.

  • Tayanch so'z va iboralar: satr, ustun, adres, varaq, formula, main, saralash.
  • Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft Office 2010 paketidagi asosiy vositalardan biri jadval muharriri deb ataluvchi MS E xcel 2010dasturidir.
  • MS Excel 2010 Windows operatsion qobig'i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo'ljallangan.
  • Elektron jadvallar asosan iqisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko'rishga ham katta yordam beradi.
  • Shuning uchun Excel 2010 dasturini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan Excel 2010 bilan ishlay olish ko'nikmasiga ega bo'lish talab etiladi.
  • Inson o'z ish faoliyati davomida ko'pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo'lgan ishlarini bajarishga majbur bo'ladi.
  • Microsoft Excel 2010 dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
  • Microsoft Excel 2010 elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uyro'zg'or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling