Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/30
Sana09.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#261544
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
6 mavzu



Mavzu: ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH 

TEXNOLOGIYALARI 

Reja: 

1. 


Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha 

2. 


MS Excelda formulalar ustida amallar bajarish   

3. 


MS Excelda diagrammalar hosil qilish 

 

     Tayanch so‘z  va  iboralar:  Jadval,  Elektron  ,  Excel, ishchi  varaq,    ustun, 



satr,  katakcha,  diapazon,  formula,  murakkab  formula,massivli  formula,  funksiya, 

diagramma, summa, guruhlash, tartiblash, filtrlash. 

 

1. 

Elektron jadvallar haqida umumiy tushuncha 

  Excel  –  bugungi  kunda  eng  ommaviylashgan  elektron  jadvalli    dasturdir. 

Undan ishbilarmon va olimlar, buxgalterlar va jurnalistlar foydalanadilar. 

  Uning  yordamida  turli  ro‗yxatlar,  kataloglar  va  jadvallar  yuritiladi, 

moliyaviy va statistik hisobotlar tuziladi, jamoat fikrini so‗rash natija-lari va savdo 

korxonasi  holati  haqida  ma‘lumotlar  hisob-kitob  qilinadi,    ilmiy  tadqiqotlar  

natijalari   qayta  ishlanadi,  uchyotlar  yuritiladi. 

  Excel  jadval  ustunlari  va  satrlari  bo‗yicha  yig‗indini  hisoblaydi,  foizlarni, 

o‗rta  arifmetiklarni  hisoblaydi,  unda  turli  standart  funksiyalar  -  moliyaviy, 

matematik, mantiqiy va statistik funksiyalardan foydalanish mumkin. 

  Jadval  –  har  bir  element  boshqa  elementlarga  nisbatan  tutgan  o‗rni  bilan 

aniqlanadigan ma‘lumotlar majmuasidir. 

  Jadval  bir  necha  ustunlar  va  qatorlardan  iborat  bo‗lib,  ular  kesishgan  joy 

kataklardan iborat. Kataklarga, jadvalning bir katagini boshqa katakga bog‗liqligini    

aniqlaydigan belgilar , matnlar va formular yoziladi.  

  Elektron jadval – jadval shaklida ifodalangan ma‘lumotlarga ishlov berishga 

mo‗ljallangan  amaliy  dasturlar  majmuasi.  Elektron  jadval  bilan  ishlash 

quyidagilarga imkon beradi: 

- xilma xil ma‘lumotlarni qulay shaklda taqdim qilish; 

-  jadval kataklaridagi yozuvlarni o‗zgartirish; 

- Vertikal  va  gorizontal  yo‗nalish  bo‗yicha  raqamlar  qiymatlarining 

yig‗indisini avtomatik tarzda hisoblash , kataklardagi yozuvlar  o‗zgarganda qayta 

hisoblash; 

- Argumentlari katakdagi yozuv bo‗lgan funksiyalar qiymatini aniqlash.  

Jadvallarni shakllantirish turlicha bo‗lishi mumkin, ma‘lumotlarni formatlash 

imkoniyatlari eng yaxshi tekst – protsessorlaridagi kabidir. Shriftlarni o‗zgartirish, 

alohida satr, ustun yoki kataklarni alohida rang bilan ajratish, jadval ma‘lumotlari 

bo‗yicha grafiklar va diagrammalar tuzish, jadvalga rasmlar qo‗shish mumkin. 

  Dasturning  keyingi  versiyalari  juda  keng  imkoniyatlarga  ega.  Excel  jadval 

ma‘lumotlari ustida bajara oladigan matematik, mantiqiy, buxgalteriya va statistik 

funksiyalarning o‗zi  ikki yuzdan  ortiq.  

  Excel dasturida obyekt sifatida quyidagi elementlarni bilishimiz shart: 

- Excel ilovasi; 

- Ishchi kitob; 



- Ishchi varaq; 

- Diapazon yoki varaqdagi jadval; 

- Katak; 

- Diagramma varag ‗idagi diagramma; 

- Diagrammadagi qator; 

- Diagrammadagi alohidagi ma‘lumot. 

 


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling