manzilga ega. Misol uchun, agar katak F ustuni va 7 – qatorda joylashgan bo‗lsa,
uning manzili F7.
Diapazon - ba‘zi-bir adabiyotlarda blok yoki maydon deb yuritiladi.
Diapazon — to‗g‗ri to‗rtburchak ichida joylashgan kataklar to‗plamidir.
Diapzonni ko‗rsatish uchun uning yuqori chap va o‗ng pastki kataklari
ko‗rsatiladi va ular ikki nuqta bilan yoziladi, masalan B3 katagidan F4
katagigacha bo‗lgan diapazon B3:F4 deb yoziladi. Lekin asosan diapazonga nom
berish orqali ishlash harakat qilish zarur. Misollar
B2:D4 – diapazonida 9 ta katak bo‗lib, ular B2, B3, B4, C2, C3, C4, D2, D3,
D4
B2:B5 - diapazonida 4 ta katak bo‗lib, ular B2, B3, B4, B5;
B2:E2 - diapazonida ham 4 ta katak bo‗lib, ular B2, C2, D2, E2.
Umumiy holda Excel 2007 da quyidagi imkoniyatlar jamlangan:
- yangi ko‗rinishdagi interfeys;
- ishchi varaq kengaytirilgan;
- katta hajmdagi fayllar bilan ishlashi;
- katakga nisbatan formatlash soni ko‗paytirilgan;
- bekor qilish qadami 100 tagacha;
- formulaning uzunligi 8000 tagacha;
- formulada 64 tagacha ichma-ich joylashuv mumkin;
- formulani avtotugatilishi;
- diagrammaning tashqi ko‗rinishlari yaxshilangan;
- ishchi kitob mavzulari;
Do'stlaringiz bilan baham: |