|
An’anaviy ta’lim
|
Zamonaviy ta’lim
|
1
|
Yangi avlodga bilim va tajriba berish
|
Talabalarning shaxsiy barkamolligini ta’minlash va rivojlantirish
|
2
|
Talabalarni hayotga tayyorlash
|
Qiyinchiliklarsiz yashashga o‘rgatish
|
3.
|
Hozirgidan kelgusida yaxshi bo‘lishga tayyorlash
|
Doimiy o‘zgarish jarayonida yashashga o‘rgatish
|
4
|
Ta’lim maqsadi – bilim olish
|
Ta’lim maqsadi – o‘zini rivojlantirish, barkamollilik
|
5
|
Talabalar maqsadini tayyor holda oladilar
|
O‘zining huquqiy maqsadlarini qo‘yishi va unga erishish yo‘llarini tanlash
|
6
|
Talabalar nazorat turlaridan qochadilar
|
Obyektiv va o‘z vaqtda nazoratga intilish
|
7
|
O‘quv muassasalari o‘zaro o‘xshash
|
Har bir o‘quv muassasasi yuksalish sari intiladi.
|
8
|
Aniq o‘qituvchi
|
O‘qituvchi tanlash imkoniyati
| Klaviaturada tez yozishni o'rganish texnologiyasi - Klaviaturada tez yozishni o'rganish texnologiyasi
- Kompyuterda matn yozayotganingizda, Telegramda, Instagramda yoki Odnoklassnikida xabar yozish vaqtida, yoki klaviaturada yozish bilan bog’liq boshqa bir mashg’ulot davrida bir monitorga, bir klaviaturaga, keyin yana monitorga, undan keyin esa yana klaviaturaga qarayverib ko’zingiz tolib ketgan vaqtni eslay olasizmi? Klaviaturaga qaramasdan yoza olish matnlarni tez yozib, vaqtni tejashi bilan bir qatorda, zamonaviy ilmlardan biri hisoblanib, kompyuterda ishlashingizni ancha osonlashtiradi.
- Boshlang’ich darajada bo’lganlar klaviaturada yozayotganda bir harfni 5-10 soniya davomida ham qidirib topa olishmasligi mumkin. Ammo klaviaturaga qaramasdan yozish ko’nikmasini o’zlashtirsangiz, ko’zingizni monitordan uzmagan holda qaysi harf klaviaturaning qaysi qismida turganligini tez va aniq eslay olasiz va qaramagan holda harflarni tezlik bilan tera olasiz. Kimlar uchundir klaviaturaga qaramasdan yozish faqat kinolarda bo’lishi mumkin bo’lgan mo’jizaviy holat bo’lsa, astoyidil xohlab, harakat qilganlar, mashq qilishdan to’xtamaganlar uchun bu ayni haqiqiy mashg’ulot bo’lishi turgan gap. Klaviaturaga qaramay yozishni o’zlashtirish juda oson. Muhimi, qaysi barmoq qaysi harfni bosishi keraklini eslab qolish va juda juda juda ko’p mashq qilish. Klaviaturaga qaramasdan yozish ko’nikmasini o’zingizda shakllantirishingiz uchun bu ilmning bir nechta asosiy tushunchalarini ko’rib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |