Elektron o’quv resurslari yaratish texnologiyasi ” kurs ishi mavzu: «Ta’lim samaradorligini oshirishda yordam beruvchi zamonaviy metodlar va ularning amaliyotda qo’llanishi»


Download 0.98 Mb.
bet2/24
Sana05.01.2022
Hajmi0.98 Mb.
#231192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Mamatqulov Abduvahob Kurs ishi

TOPSHIRIQ

1. Ishni himoyaga topshirish muddati: “ ” yanvar 2020 yil.

2. Ishga oid dastlabki ma'lumotlar: ma'ruza matn, internet manbalari, dasturiy ta'minot, maxsus adabiyotlar, multimedia vositalari va texnologiyalari.

3. Hisoblash – tushuntirish yozuvlarining mazmuni (ishlab chiqiladigan masalalar ro‘yhati: kirish, 1- bob – Zamonaviy ta’lim jarayonini optimallashtirish va integratsiyalash taxlili ,

2 - bob – Ta’lim samaradorligini oshirishda ko’maklashuvchi zamonaviy metodlar va ularning amaliyotda qo’llanishi .

4.Topshiriq berilgan sana: 14.09.2019 yil.

Rahbar _____________________ (topshiriq oldim) talaba ____________

(imzo) (imzo)

5. Kurs ishining har bir bo‘limida bajariladigan ishlarga maslaxatlar


Qism


Maslaxatchi o‘qituvchining

F.I.Sh.


Imzo, sana


Topshiriq berildi


Topshiriq

olindi


Kirish

Asosiy qism



Pozilova Sh




6.Ishni bajarish grafigi.






Ish qismlarini nomi


Bajarish muddati


Rahbar (maslaxatchi) belgisi


1

Masalaning qo’yilishini ishlab chiqish








2

Ishga doir ma'lumotlar bazasini yig‘ish








3

I–bob.








4

II–bob.







5

Yakuniy xulosa ustida ishlash








6

Dastlabki himoyasi








7

Himoya qilish.








Rahbar____________________________2020 yil «___» _______________


Talaba ____________________________ 2020 yil «___» _______________
MUNDARIJA


Kirish …………………………………………………………………………..

5

I BOB. ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONINI OPTIMALLASHTIRISH VA INTEGRATSIYALASH TAXLILI

    1. Innovatsion ta’lim texnologiyalarini va ularni rivojlanish bosqichlari..




    1. Ta’lim jarayonini optimallashtirishda Jahon tajribasini o’rganish……




    1. Ta’lim samaradorligini oshirishda Bulutli Texnologiyalaridan foyda-lanish………………………………………………………………….




II BOB. TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA KO’MAKLASHUVCHI ZAMONAVIY METODLAR VA ULARNING AMALIYOTDA QO’LLANISHI

2.1. Metodlar harakteristikasi va ularni qo’llash tartibi……………………




2.2. Hippani Animator 5 dasturiy vositasi yordamida eng effektiv metod-larni multimediali ko’rinishda yaratish…………………………………………




Xulosa…………………………………………………………………………..




Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……………………………………………...




KIRISH

Hоzirgi ijtimоiy-iqtisоdiy sharоitda O`zbekistоn ta’lim tizimi оldida turgan vazifalardan biri -ahоlining keng tabaqasiga sifatli va tushunarli ta’lim berishdan ibоrat. Ko`zatishlar shuni ko`rsatmоqdaki, Respublikamizda an’anaviy ta’lim tizimi uddasidan chiqmaydigan, ta’lim xizmatiga zarurat tug’ilayotgan shaxslar kоntingenti paydо bo`lmоqda.

Masоfaviy ta`limda talaba va o`qituvchi fazоviy bir-biridan ajralgan hоlda o`zarо maxsus yaratilgan o`quv kurslari, nazоrat shakllari, elektrоn alоqa va Internetning bоshqa texnоlоgiyalari yordamida dоimiy mulоqоtda bo`ladilar. Internet texnоlоgiyasini qo`llashga asоslangan masоfaviy o`qitish jahоn axbоrоt ta`lim tarmоg`iga kirish imkоnini beradi, integratsiya va o`zarо alоqa tamоyiliga ega bo`lgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi.

Masоfaviy o`qitish barcha ta`lim оlish istagi bo`lganlarga o`z malakasini uzluksiz оshirish imkоnini yaratadi. Bunday o`qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o`quv-uslubiy materiallarni o`zlashtiradi, nazоratdan o`tadi, o`qituvchining bevоsita rahbarligida nazоrat ishlarini bajaradi va guruhdagi bоshqa «vertikal o`quv guruhi» talabalari bilan mulоqоtda bo`ladi.

Ma`lum sabablarga ko`ra, ta`lim muassasalarining kunduzgi bo`limlarida tahsil оlish imkоniyati bo`lmagan, masalan, sоg`ligi taqоza etmaydigan, mutaxassisligini o`zgartirish niyati bo`lgan yoki yoshi katta, malakasini оshirish niyati bo`lgan kishilar uchun masоfaviy o`qitish qulay o`qitish shakli hisоblanadi.

Masоfaviy o`qitishda turli xil axbоrоt va kоmmunikatsiya texnоlоgiyalaridan fоydalaniladi, ya`ni har bir texnоlоgiya maqsad va masala mоhiyatiga bоg`liq. Masalan, an`anaviy bоsma usuliga asоslangan o`qitish vоsitalari (o`quv qo`llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asоslansa, interaktiv audiо va videо kоnferentsiyalar ma`lum vaqt оrasida o`zarо mulоqоtda bo`lishga, elektrоn pоchta to`g`ri va teskari alоqa o`rnatishga, ya`ni xabarlarni jo`natish va qabul qilishga mo`ljallangan. Оldindan tasmaga muhrlangan videоma`ruzalar talabalarga ma`ruzalarni tinglash va ko`rish imkоnini bersa, faksimal alоqa, xabarlar, tоpshiriqlarni tarmоq оrqali tezkоr almashinish talabalarga o`zarо teskari alоqa оrqali o`qitish imkоnini beradi.

Ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan bog’lash, Ta’lim sifatini oshirish yo’lida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qator islohotlar va yil dasturlari taklif qilinmoqda. Masalan, 2018-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar haqida ham so‘z bordi. Prezident axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar ko‘pligi, erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko‘rsatkichda ekanligini qayd etdi.

Misol uchun, axborot texnologiyalari sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi Janubiy Koreyada – 9 foiz, Yaponiyada – 5,5 foiz, Xitoy va Hindistonda – 4,7 foiz, O‘zbekistonda atigi 2,2 foizni tashkil etadi. Buni axborot-kommunikatsiya rivojlanish indeksi reytingdagi 176 ta mamlakat ichida O‘zbekiston 95-o‘rinni egallagani isbotlab turibdi. Internet tarmog‘iga ulanish qamrovini kengaytirish va tezligini oshirish, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya sohasida yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan aloqa o‘rnatish, “Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

“Internetdan 20 million aholi foydalanadi, deb hisobot bergansizlar. Biroq, milliy internet orqali taklif etiladigan xizmatlar doirasi juda cheklangani sababli aholining aksariyat qismi internetdan faqat Telegram’da yozishma uchun foydalanadi, xolos”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda MDH davlatlari bo‘yicha internetning o‘rtacha tezligi biznikidan 10 marta yuqoriligi qayd etildi. Aloqa operatorlari chekka hududlarda, avtomobil va temir yo‘llarga yaqin hududlarda telekommunikatsiyalarni kengaytirishga sarmoya kiritmayotgani ta’kidlandi. Mutasaddilarga internet narxini keskin arzonlashtirish, tezligini kamida 4 barobarga oshirish, 2020-yilgacha esa MDH davlatlari darajasiga yetkazish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha zarur topshiriq berildi.

Bugun “Xavfsiz shahar” yagona kompleksini yaratish dasturiga muvofiq loyihaning konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida 16 mingdan ortiq kameralar o‘rnatish, Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va Situatsiya markazlarini tashkil etish belgilangan. Shuningdek, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz hudud”, “112” tizimi, oliy ta’lim muassasalariga imtixon topshirish jarayonlariga videokuzatuv hamda yo‘l harakati qoidalari buzilishlarini ro‘yxatga olish tizimlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va buning uchun milliy kadrlar tayyorlash ishlari hali talab darajasida emasligi qayd etildi, mutasaddilarga dunyoning yirik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korporatsiyalar bilan tenglasha oladigan milliy operator va dasturchilarning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi. “O‘zbektelekom” kompaniyasining ishlash samaradorligini oshirish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xalqaro telefon so‘zlashuvini noqonuniy amalga oshirayotgan subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, xalqaro tajriba asosida pochta tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqib, yanada rivojlantirish, axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bugungi kungi shart sharoitlardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash lozimki, har bir bilim olishni istagan bilimga chanqoq zehnli insonlar uchun samarali va optimal ta’lim tizimini yangilash hamda ularning iqtidorlarini to’g’ri yo’naltirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling