Elektron o’quv resurslari yaratish texnologiyasi ” kurs ishi mavzu: «Ta’lim samaradorligini oshirishda yordam beruvchi zamonaviy metodlar va ularning amaliyotda qo’llanishi»
Download 0.98 Mb.
|
Mamatqulov Abduvahob Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion faoliyat
5. Individual-ijodiy yondoshuv (unga ko’ra har bir pedagog faoliyatini o’rganilayotgan mavzu, o’quv materialining mohiyati, shuningdek, o’z imkoniyatlari, salohiyati, mahorati, ish tajribasidan kelib chiqqan holda ta’lim va tarbiya jarayonlarini ijodiy ishlanmalar asosida tashkil etadi).
Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g’oyalarning mavjud g’oyalarni inkor etishi natiajasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat. Mohiyatiga ko’ra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan- texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Yangilik qo’llashga tayyorgarligi; Pedagogik yangiliklarni qabul qilinishi; Novatorlik darajasi; Kommunikativ qobiliyatlarning rivojlanganligi; ijodkorligi Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo’naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to’ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. M.Jumaniyozovaning e’tirof etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo’ladi: ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; mualliflik konseptsiyalarini yaratish qobiliyati; tajriba – sinov ishlarini re’jalashtirish va amalga oshira olish; o’zidan boshqa tadqiqotchi – pedagoglar tajribalarini qo’llay olish; hamkasblar bilan hamkorlik; fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olishlik; ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; yangiliklarni izlab topish va ularni o’z sharoitiga moslashtirib borish; V.A.Slasteninning fikriga ko’ra innovatsion yondashuv quyidagilarga ega bo’ladi: ijodiy faollik; faoliyatga yangilik (o’zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan tayyorgarlik; yangicha fikrlash; yuksak muomala madaniyati Yuqoridagi malakali pedagoglarni fikrlariga tayangan holda shunday xulosag kelish mumkin. Har bir mutaxassisligi doirasida faoliyat yuritayotgan pedagog, o’zini sohasi bo’yicha amalga oshirilayotgan innovatsion yangiliklarga befarq bo’lmasligi zarur. Ma’lum bir ma’lumotlarni, yangiliklarni olish natijasida erishilgan bilimlarni sinov – tadqiqot ishlarida sinab ko’rishi ta’lim sifatini oshirishga yordam beradi.Yangilik yaratishga imkoniyat tug’ldimi, uni albatta amalga oshirish zarur. Kichik darajada bo’lgan taqdirda ham. Siz bajargan kichik ishingiz yillar o’tib, ulkan natijalar berishi mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling