Elektron platformalar va ularda ishlash reja


Kredit-modul tizimi jarayonlarini monitoring qilish


Download 47.65 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi47.65 Kb.
#1718800
1   2   3   4
Bog'liq
Elektron platformalar va ularda ishlash 3-ma\'ruza

Kredit-modul tizimi jarayonlarini monitoring qilish.
Kredit-modul tizimini qog‘oz shaklidagi hujjatlar asosida tashkil qilish ish hajmini keskin oshirib yuboradi. Jarayonlarning ayrimlarini HEMIS tizimida, ayrimlarini OTM ning raqamli platformalarida va boshqa tizimlarda tashkil etish maqsadga muvofiq.
Masalan, HEMIS tizimida kredit-modul tizimi jarayonlarini monitoring qilishda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
mutaxassisliklar kvalifikatsiyasining umumiy bazasini shakllantirish;
qabul kvotalarni kiritish;
talabalarning yutuqlarni kiritish;
talabalar akademik almashinuvini amalga oshirish;
talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish;
talabalarni o‘qishdan chelashtirish va tiklash;
sport va musobaqa g‘oliblarning ma’lumotlarni umumiylashtirish;
har bir o‘quv yili uchun alohida o‘quv rejalarni shakllantirish;
akademik guruhlarni shaklllantirish;
talabalar ma’lumot bazasini yaratish;
talabaning shaxsiy profilini shakllantirish;
rahbariyat, dekan, professor-o‘qituvchi va boshqa ma’sul hodimlar profillarini bo‘yicha shaxsiy kabinet yaratish va “rol” berish;
baholash reytingini yaratish (reyting daftarchasi, davomat jurnali, transkript);
imtixonlar: oraliq va yakuniy baholashlarni belgilash va o‘tkazish;
o‘qiyotganlik haqidagi ma’lumot olish;
diplom va diplom ilovalarning bazasini shakllantirish;
YADA komissiyasi ro‘yxatni shakllantirish;
bitiruv malaka ishi va magistrlik dissertatsiyalarining mavzularini shakllantirish;
akademik yozuvlarni shakllantirish;
akademik ma’lumotnoma olish;
o‘quv varaqasi olish; tanlov fanlari ro‘yxatini shakllantirish;
diplom ilovasini shakllantirish (o‘zbek va ingliz tillarida);
kafedralarda o‘qituvchilariga yuklamalarni taqsimlash va shaxsiy dars jadvalini shakllantish;
o‘qituvchi reytingini aniqlash;
auditoriya fondini shakllantirish;
dars jadvallarini shakllantirish;
baholash qaytnomasini shakllantirish va yuritish;
jamlanma qaydnomani shakllantirish;
akademik qarzdorlar ro‘yxatini shakllantirish;
GPA ko‘rsatkichlarini hisoblash;
tizimga kirish qaydnomasini va hisobotini yuritish;
tizim orqali axborot almashuvini amalga oshirish (xabar yuborish va qabul qilish).
OTM larning platformalarida HEMIS tizimida ko‘zda tutilmagan quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin.
Masalan:
talabaning shaxsiy o‘quv trayektoriyasini shakllantirish;
talabaning fan o‘qituvchilarini tanlashini tashkil qilish;
talabaning shaxsiy dars jadvalini shakllantirish;
o‘quv rejalarni shakllantirish va tasdiqqa tayyorlash;
kafedralar yuklamalarini "rokirovka" qilish, ya’ni o‘quv yili bo‘yicha tekis taqsimlash;
kafedralar o‘quv yuklamalarini shakllantirish;
kafedra o‘quv yuklamalarini va shtatlarini professor-o‘qituvchilarga taqsimlash;
professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini shakllantirish;
professor-o‘qituvchilarning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz-shogird"yuklamalarini shakllantirish va ular asosida kafedraning yillik rejasini shakllantirish;
professor-o‘qituvchilar va kafedralarning yillik hisobotlarini avtomatik tarzda chop qilish va h.k.
OTM platformasida boshqa ish turlarini ham raqamlashtirish va HEMIS tizimiga muvofiqlashtirish mumkin. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, kredit-modul tizimini raqamli tizimda tashkil qilish yuqori samara beradi.


Download 47.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling