Elektron raqamli imzo


Download 3.85 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi3.85 Kb.
#1576612
Bog'liq
ax

Elektron raqamli imzo

Elektron raqamli imzo

Elektron raqamli imzo qanday olish mumkin?

Elektron raqamli imzo nega kerak?

Hulosa


Elektron raqamli imzo – davlat idoralari bilan o‘zaro munosabatni o‘rnatishda jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron xatti-harakatlarini tasdiqlash uchun zarur bo‘ladigan, mas’ul davlat organi tomonidan taqdim etilgan, elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo.
Sodda tilda aytsak, bu – shaxsning raqamlardan iborat elektron imzosi va uning kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi.

Bugungi kunga kelib, rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda:

  • Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi;
  • Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti;
  • Davlat bojxona qo‘mitasi;
  • Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi;
  • Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi;
  • “INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi.
  • My Gov.uz
  • Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin.

    Agar siz jismoniy shaxs sifatida elektron raqamli imzo olmoqchi bo‘lsangiz, Yagona portaldagi “Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish” xizmatidan foydalanib olishingiz mumkin.

    Arizachiga elektron hujjat ko‘rinishida va qog‘oz shaklidagi hujjat ko‘rinishida yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlari beriladi.

Elektron raqamli imzo nega kerak?

Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash, masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan, hujjatni imzolagan shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi bilan o‘ziga xosdir.

Elektron raqamli imzo yordamida bugun Yagona portal orqali ko‘rsatilayotgan 240 dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin.


Download 3.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling