Электрон таълим платформаларини ривожлантириш


Download 228.38 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2023
Hajmi228.38 Kb.
#1765757
1   2   3
Bog'liq
h2R3DhWzjsJzB1ok0rbdn7UyTT7msJWcGyWw1Au8 (1)

Hozirgi paytda ko’pchilik mamlakatlarning bir qator etakchi OTMlari, tashqi cheklovlar va ichki to‘siqlarga qaramay, raqamli iqtisodiyot da’vatlariga mos ravishda javob bera oladigan ta’lim muhitini shakllantirishga kirishdilar. Raqamli iqtisodiyot sohasida ta’lim berish va kadrlar tayyorlash sohasida asosiy o‘zgarishlardan biri - keng insonparvarlik tamoili hisoblanishi lozim ekanligi sababli, birgalikdagi ta’lim dasturlari ishlab chiqish uchun gumanitar va texnik OTM salohiyatini birlashtirish istiqbolli yo‘nalishga aylanashi mumkin.

Prezidentimizning 2018 yil 21-sentyabrdagi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI 2019-2021 YILLARDA INNOVATSION RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA” gi qarorlarida “Mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshlik darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson (aqliy) kapitalini rivojlantirish – strategiyaning bosh maqsadidir” deb ta’kidlab o‘tganlar. 92 Oldimizga qo‘yilgan buyuk vazifalarni hal etish uchun biz ta’limda, sog‘liqni saqlashda va oilada yangi innovatsion g‘oyalar va ularni samarali amalga oshirish yo‘l xaritasi va bu bilan bog’liq chora - tadbirlarini ishlab chiqishimiz zarur.

Prezidentimiz boshchiliklarida raqamli iqtisodiyotga o‘tishimiz jarayonida bilimlarni innovatsiyalarga aylantirib, samarali ishlatib, muvaffaqiyatli bo‘lishga ham sifatli o‘rgatish mexanizmlarini hozircha ishlab chiqqanimiz yo‘q. Bunda quyidagilarni qayd qilishimiz lozim: birinchidan, O‘zbekistonni innovatsion yo’nalishda rivojlantirish uchun ijtimoiy sohaga (INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH) bo’lgan investitsiyalar real sektorga nisbatan yuqori bo’lishi kerak, ya’ni, yangicha o‘ylash, yangicha fikrlash va yangicha hayot tarzini shakllantirish uchun yangicha terminlarni kiritish kerak bo’ladi, ya’ni: aqlli oila, aqlli mahalla, aqlli tibbiyot, aqlli ta’lim, aqlli din, aqlli talaba, aqlli tadbirkor... Bularning barchasi aqlni, qobiliyatni takomillashtirish va samarali ishlatishning o‘z yo‘l haritalarini ishlab chiqish zarur.

Ikkinchidan, innovatsiyalar strategiyasini maqsadi - barcha sohalarda sifat ko‘rsakichlarini o‘stirish (ayniqsa inson kapitalini sifatini o‘stirishda), shundagina turmush darajasining sifati o‘sadi va bizning kadrlarimiz dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘la oladi. Shuning uchun Sifat, Sifat va yana Sifat degan shior mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi asosiy maqsad bo‘lishi kerak.


Download 228.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling