Электрон таълим платформаларини ривожлантириш
Download 228.38 Kb.
|
h2R3DhWzjsJzB1ok0rbdn7UyTT7msJWcGyWw1Au8 (1)
Elektron ta’lim platformalarini rivojlantirish1.Kadrlar salohiyati - raqamli iqtisodiyotdning asosiy omili2. Raqamli iqtisodiyotning ta’lim muhitini shakllantirishRaqamli iqtisodiyotda inson faoliyatining asosiy sohalari samarali rivojlanishining muhim sharti – unga mos keluvchi institutsional muhit shakllantirish hisoblanadi.Kadrlar va ta’lim bilan bog‘liq quyidagi asosiy yo‘nalishlar korib chiqamiz: raqamli iqtisodiyot kadrlari tayyorlash uchun sharoitlar yaratish; raqamli iqtisodiyotni chuqur bilimga ega kadrlar bilan ta’minlashi lozim bo‘lgan ta’lim tizimini yanada takomillashtirish; raqamli iqtisodiyot uchun kerakli bo’lgan oliy malakali mutaxassislarni o’rta va oliy ta’lim muassasalarida tayyorlashni yo’lga qo’yish; raqamli iqtisodiyot uchun kerakli bo’lgan o’zbek tilidagi zamonaviy ilmiy va amaliy adabiyotlar yaratishni ko’zda turish; raqamli iqtisodiyot talablariga tayanishi lozim bo‘lgan mehnat bozorini tashkil qilish mexanizmlarini ishlab chiqish; zarur chuqur bilimga ega bo‘lgan dasturchilar va texnik xodimlarni tayyorlashni yo’lga qo’yish; kadrlarning O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ishtirokini moliyalashtirish va motivatsiyalash tizimini yaratish.Raqamli iqtisodiyotda davlatlarning asosiy aktivi inson kapitali bo‘ladi. Ammo, umuman ham inson emas, balki asosiy aktiv yangi texnologiyalar sohasida chuqur bilimlarga ega, ularni hayotga tadbiq eta olishga qodir, eski narsalarni takomillashtira oladigan konkret odamlar hisoblanadi. Hattoki, konkret odamginaham emas, balki chuqur bilimga ega shaxslarni umumiy jamoaviy intellektga birlashtirish va faollashtirishga qodir bo‘lgan odamlar guruhi davlatlarning asosiy aktivi bo’lib hisoblana boshlaydi. Shu munosabat bilan tan olish mumkinki, kelajak iqtisodiyotida asosiy ishlab chiqarish omillari bo’lib, inson va axborot kapitali hisoblana boshlaydi, bunda asosiy omil va harakat qiluchi kuch inson kapitaliga tegishli bo‘ladi.Davos iqtisodiy forumi asoschisi va prezidenti, raqamli iqtisodiyotda asosiy ishlab chiqarish omili baribir kapital emas, balki kadrlar salohiyati bo‘lishini DAVOS 67 eksperti Klaus Shvab asoslab bergan 5 . U o‘z fikrini kelajak olamda nafaqat to‘rtinchi sanoat inqilobi bilan, balki texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lmagan omillar, jumladan, demografik muammolar, geosiyosiy o‘zgarishlar va yangi ijtimoiy-madaniy me’yorlar bilan ham asoslanadigan yangi ixtisosliklar va kasblar paydo bo‘lishi bilan izohlaydi. Shu sababdan, kapital mavjudligi emas, balki aynan chuqur bilimga ega kadrlar taqchilligi innovatsiyalar, raqobatbardoshlik va o‘sishni chegaralab turadigan cheklov hisoblanadi. Shvabning qayd etishicha, ko‘rsatilgan muammolar«yuqori malaka» tushunchasining o‘zini to‘rtinchi sanoat inqilobi nuqtai-nazaridan qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi.Download 228.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling