Электрон таълим платформаларини ривожлантириш
Download 228.38 Kb.
|
h2R3DhWzjsJzB1ok0rbdn7UyTT7msJWcGyWw1Au8 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Raqamli iqtisodiyotning ta’lim muhitini shakllantirish
O‘zbekiston Respublikasi hukumati uchun raqamli iqtisodiyot dasturini to’g’ri tuzish va uni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish juda jiddiy masala hisoblanadi, chunki bu sohada ortda qolish jahon iqtisodiyoti yangi trendlarga muvofiq mamlakatni raqobatbardoshlikni yo‘qotishga mahkum qiladi va uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib keladi. Aynan davlat barcha manfaatdor tomonlar (davlat hukumat organlari, biznes, fuqarolik jamiyati va ilmiy-ta’lim jamiyatlari) vakillarini raqamli iqtisodiyotni yaratish va rivojlantirishga jalb qilgan holda raqamli iqtisodiyotni optimal boshqarish mexanizmini yaratishi lozim.Yaqinda Jahon iqtisodiy forumida e’lon qilingan The Future of Jobs tadqiqoti ma’lumotlarini ham keltirib o‘tamiz, unga ko‘ra, 2022 yilga kelib, «jahon mehnat bozorida 2 million ish o‘rni qo‘shiladi, lekin 7,1 million ish o‘rni yo‘qolib ketadi. Ish o‘rinlari intellektual vayuqori texnologiyali sohalarda paydo bo‘ladi, iqtisodiyotning real sektorida va ma’muriy ishlar sohalarida qisqaradi»Hisobot mualliflrining hisob-kitoblariga ko‘ra, «2022 yil uchun katta ma’lumotlar texnologiyasi matematika va hisoblash texnikasi sohasida ish o‘rinlari sonini 4,59%, boshqaruv sohasida 1,39%, moliya sektorida 1,34% va sotuvlarda 1,25% oshiradi. Lekin xuddi shu katta ma’lumotlarsohasi ofis xodimlari ish o‘rinlari sonini 6,06% qisqartiradi. Shu bilan bir paytda, buyumlar internet kompyuter ixtisosliklarida bandlikning 4,54%, loyihalashtirish va muhandislik ishlanmalari bo‘yicha 3,54% o‘sishiga olib keladi. Lekin shu omilning o‘zi asbob-uskunalarga texnik hizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va o‘rnatish bo‘yicha mutaxassislar bandligini yillik 8%, ofis xodimlarining esa 6,2% qisqartiradi.2. Raqamli iqtisodiyotning ta’lim muhitini shakllantirish
Download 228.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling