Elektron ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati
Download 26.47 Kb.
|
Elektron ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanishning
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati.
Elektron ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati Ajiniyoz nomidagi NMPI Pedagogika fakulteti Maktab menejmenti yoʻnalishi 3-kurs talabasi D. Abdurahimova Abdurahimovadilnoza70@gmail.com Maktab menejmenti yoʻnalishi 3-kurs talabasi G. Saparbayeva gulimaksetovna@gmail.com Har bir iqtisodi tobora rivojlanib borayotgan davlat ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratib, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlar tadbiq etmoqda. Yurtimizda ham keng ko’lamda olib borilayotgan ijtimoiy sohalardagi islohatlarning asl maqsadi ham yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga va yangicha, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalana olish imkoniyatini oshirishga, jahon ta’lim siyosatida o’z o’rniga ega bo’la oladigan mutaxasislarni yetishtirishdan iboratdir. Shu jumladan, bilim olishning elektron tizimi ham hozirgi davrda ta’lim sohasida rivojlanib kelayotgan alohida e’tiborga molik yoʻnalishdir. Ta’lim olishning elektron tizimi tabiiyki, oʻqituvchi va oʻquvchilardan axborot texnologiyalaridan foydalana bilishni talab qiladi va axborot kammunikatsiyasining yanada rivojlanishiga zamin yaratadi. Kompyuterlarni ta’lim tizimida qoʻllash gʻoyasi ancha ilgari paydo boʻlgan boʻlsa-da, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qoʻllash, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo boʻlgach, toʻliq ma’noda amaliyotga joriy etila boshlandi. Multimedia vositalarini ta’limda qoʻllash quyidagilarga imkoniyat yaratadi: • ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash; • oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish; • ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (oʻzlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, oʻzini oʻzi tarbiyalash, oʻzini oʻzi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qoʻllay olishi, oʻrganishga boʻlgan qiziqishi, mehnatga boʻlgan munosabati); • ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish; • kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi; • ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish; • ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish; • mustaqil oʻquv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil oʻqib va rivojlanib boradi; • ta’lim oluvchilarda, oʻzlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez oʻzgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini hosil qilish [1]. Ta’lim olishning elektron tizimi oʻquvchilarning oʻz ustida individual shugʻullanish imkonini yaratadi va bilim olish samaradorligini oshiribgina qolmay, ta’lim oluvchilarning oʻzlari bilmagan holda axborot-texnalogiyalarini ham oʻrganishlariga zamin yaratadi. Elektron ta’lim tizimi ta’lim olishdagi koʻpgina yangi imkoniyatlarni yaratib beradi. Jumladan, oʻz uyingda boʻla turib ham, oʻzing istagan xorijiy oliy ta’lim muassasasida tahsil olish imkoniyatini, yangicha texnalogiyalarni yaratish, ijod qilish, o’z yutuq va kamchiliklaringni ko’ra bilish va ular ustida mustqil ish olib borish kabi imkoniyatlarni yaratadi. Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda, innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta’limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta’lim olish mumkin. Zero, an’anaviy ta’lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda[3]. Masofaviy o’qitish texnalogiyalari tobora ommalashgan sari axborot texnalogiyalarini bilishga bo’lgan talab ham ortib bormoqda. “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barcha sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi”, dedi – Shavkat Mirziyoyev. Shu texnologiyalarni yanada kuchaytirish, sohani yanada jadal rivojlantirish uchun 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgrisida”- gi farmonida ham oʻz isbotini topdi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qoʻyiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni shakllantirish faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baholash, oʻqituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi [2]. Albatta axborot texnalogiyalaridan o’z maqsadlari yuzasidan foydalana bilgan foydalanuvchi qisqa vaqt ichida o’zi istagan marraga erishadi hatto bilimlarini yanada oshiradi. Xulosa qilib aytganda, elektron ta’lim tizimida axborot texnalogiyalarining ahamiyati alohida boʻlib, u har bir ta’lim oluvchidan oʻz ustida mustaqil shugʻullanishni va shuning bilan birgalikda foydalanuvchilardan oʻziga oʻzi ma’lum talablar qoʻyishni, kompyuter va texnalogiyalardan yetarli darajasida foydalana bilishni talab etadi. Mana shu talablar bajarilar ekan foydalanovchi o’zi istagan, hayol qilgan barcha ijodiy ishlanmalarini amalga oshirish imkoniyatini yaratib boradi. Shuni alohida ta’kidlab oʻtishimiz lozimki, jadal rivojlanib kelayotgan hozirgi bir davrda, har bir sohada axborot texnalogiyalaridan foydalana bilish kasbiy talabga aylanib kelayotgani barchamizga ayon. Elektron ta’lim tizimidagi barcha axborotlar elektron shaklda boʻlganligi sababli, foydalanuvchilar oʻz-oʻzidan axborot texnalogiyalaridan ma’lum darajada foydalanadilar. Bu albatta foydalanuvchilardan vaqt va mablagʻ talab qiladi, ammo nimadandir voz kechmasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati. Otamuratov Obidjon Toirjonovich “Internauka” International Scientific Journal http://www.inter-nauka.com/ Iroda Mavlonberganova Ilhomjon qizi, Umida Mavlonberganova Ilhomjon qizi “Ta’lim menejmentida axborot texnalogiyalarining oʻrni” Gulnoza Hamrayeva “Ta’limda zamonaviy axborot texnalogiyalari-yangi imkoniyatlar” Download 26.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling