Elektron ta’lim va uni tashkil etish asoslari


Download 168.28 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi168.28 Kb.
#1343232
Bog'liq
Murtazayeva Tohira


O'zbekiston Respublikasi
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
Navoiy davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta'lim yo'nalishi
1-bosqich h talabasi Murtazayeva Toxiraning
Axborot texnologiyalar fanidan tayyorlagan Amaliy ishi
ELEKTRON TA’LIM VA UNI TASHKIL ETISH ASOSLARI.
Reja:
1. Masofali ta’lim va uni tashkil etish asoslari. Masofaviy o’qitishning nazariy va didaktik asoslari
2. Masofaviy ta’lim modellari
3. Masofali ta’limning yutuqlari va kamchiliklari
Masofali ta’lim va uni tashkil etish asoslari. Masofaviy o’qitishning nazariy va didaktik asoslari
Yigirmanchi asrning oxirlarida ta’lim, ishlab chiqarish va kishilik jamiyatining turli
jabhalariga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, vositalari kirib kela boshladi.
Internet global kompyuter tarmog‘ining rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimini
takomillashtirishning yangi yo‘nalishlarini ochilishiga sabab bo‘ldi. Birinchidan, o‘quv
muassasalari texnik ta’minotining keskin o‘zgarishi, dunyoviy axborot resurslarga keng yo‘l
ochilishi o‘qitishning yangi shakl va usullaridan foydalanish zaruratini keltirib chiqardi.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga
kirib kelishi an’anaviy o‘qitish usullariga qo‘shimcha ravishda yangi o‘qitish shakli – masofaviy
o‘qitish yaratilishiga omil bo‘ldi.
Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro
maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa
texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga
asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi,
integratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni
bajaradi.
Masofaviy ta’lim modellari.
Masofaviy ta’lim (MT) - bu o‘qituvchi va o‘quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqtorqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta’lim turi.
Bu ta’lim turining bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta’lim tashkil qilinishiga sabab bo‘lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardangeografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va
axborotlashtirish darajasi, transport vakommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta’limuchun mutaxasislar mavjudligi, ta’lim sohasida informatsion va kommunikatsion
texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta’lim sohasidagi odatlari
➢ Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o‘qiydiganlar bilan ishlash
uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o‘qituvchiga biriktirilgan bo‘linadi.
Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa mintaqaviy bo‘limlar bo‘lishi
shart. SHunday o‘quv kurslarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘quv shaklini va formasini
tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk
Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta’limni olish mumkin.
➢ Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim o‘quvchilari bilan
ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o‘quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va
ularni baxolash mezonlari mavjud. SHunday o‘quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni
masofaviylarga qaraganda ko‘p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi
yo‘nalishlarning izlanishlarida qo‘llaniladi.
Bu modelga misol qilib YAngi Angliya va Avstraliya
Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin.
Download 168.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling